Kurs ishi mavzu: Vokal turkumlaridagi shakillarning ahamiyati, Mixail Ivanovich Glinka romanslari misolida Bajardi



Download 2,87 Mb.
bet10/24
Sana18.02.2022
Hajmi2,87 Mb.
#451494
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24
Bog'liq
Vokal turkumlaridagi shakillarning ahamiyati, Mixail Ivanovich Glinka romanslari misolida

Alohida nomerlardan tashkil topgan operalar. Operaning bu turi janr paydo bо‘lgan davrdan boshlab XVII,XVIII va XIXasrlar mobaynida yashab keldi va hozir ham о‘z ahamiyatini yо‘qotgani yо‘q. Uning asosiy fazilati shundan iboratki,bu turda har bir nomerga ravshan,yengil qabul qilinadigan tinglovchi xotirasini qamrab oladigan shaklga solish imkoni mavjud. Bundan tashqari,operaning bu turi har bir ijrochining partiyasiga ishtirok etuvchi shaxslarning xarakteristikasini bо‘rttiruvchi, bir yoki bir necha pyesalarga mujassamlashtirilgan yirik nomerlar kiritish imkonini beradi. Uning asosiy kamchiligi shuki, mazkur turning ayrim nomerlari ijro etilayotgan vaqtda voqealar rivoji ancha-muncha chо‘zilib ketadiki, buni kо‘pchilik kishilar opera san’atining muqarrar ravishda bajarilishi kerak bо‘lgan shartlik belgisi deb hisoblaydilar.
U yoki bu darajada uzluksiz rivojlanish natijasida yaxlit musiqa asari yaratilib,shu tariqa о‘z ichida alohida tugallangan pyesalarga ajratilmaydigan musiqali dramalar. Musiqali dramaning asosiy fazilati shundan iboratki, unda musiqadagi uzluksiz rivojlanish hamda sahna asarlari uchun о‘ziga xos hisoblangan dramatik vokealarning kechishi bir-biriga muvofiq keladi. Biroq, operaning asosiy sharti — oddiy nutq о‘rniga kuylash — о‘zgarmay qoladi, chunki gap musiqa asari tо‘g‘risida boryapti. Shuning uchun musiqali drama janrining asoschisi bо‘lgan R. Vagner asarlaridayoq nisbatan uzun bо‘lgan solo va hatto ba’zan ansambllar vujudga keltirish tendensiyasi belgilab о‘tilgan ediki, u bunday chо‘ziq asarlardan umuman chetlanar, ularni gо‘yo teatr asari tamoyillariga tо‘g‘ri kelmaydigan usul deb hisoblar edi.
Bu bilan ma’lum darajada vokal musiqa uchun zarur bо‘lgan qо‘shiq unsurlarini kiritishga erishiladi. Birok, umuman olganda Vagnerning musiqali dramalarida simfonik rivojga erishish vazifasi kо‘proq orkestr ijrosida bajariladigan musiqa zimmasiga yuklatilar edi; vokal partiyalar esa kо‘pincha musiqa eng yuksak avj nuqtasiga kо‘tarilgan paytlarda kuychan rechitativ xarakterida paydo bо‘ladi. Buning natijasida qо‘shiqchilikka asoslangan asarning kamchiligi juda sezilarli bо‘lib qolaveradi. Bunga asosiy deb hisoblasa bо‘ladigan yana bir nuqson — musiqaning qо‘nimsizligi, muttasil uchraydigan qismlarning yaqqol belgilab qо‘yilmaganligi va barcha asosiy musiqali tuzilmalarga xos takror-reprizalarning yо‘qligi kelib qо‘shiladi. Bularning hammasini birga qо‘shib olganda, ular shaklning favqulodda murakkab bо‘lishiga olib keladi, uni xotira birdan qamrab olishi va tasavvurga sig‘dirishi qiyin bо‘lib qoladi.
Musiqali dramalarni ba’zan ommaviy bо‘lmagan asar degan iboralarning paydo bо‘lishiga ham ana shu kamchiliklar sabab bо‘lsa kerak.
Rus musiqali drama san’atida qadimgi turdagi opera va XIX asr ixtirosi — musiqali dramani bir-biriga tenglashtirish tag‘in ham aniqroq belgilandi. Musorgskiyning asosiy teatr asarlarida hamda Rimskiy-Korsakovning bir qator operalarida musiqali drama ruhida berilgan oqimli rechitativ rivoji bilan tugallangan nomerlarga muvofiq keladigan solo, ansambllar hamda xorlar о‘rtasida birmuncha muvozanatga erishildi. XIX-asrdagi musiqa san’atining umumiy intilishlaridan kelib chiqib, ayniqsa xalq musiqasining bevosita ta’siri ostida, rus rechitativi nihoyat darajada kuylashtirib yuborilgan, yuqorida eslatib о‘tilgan yakka ijro (solo), ansambl va xor parchalaridagi musiqaning ashulalilik xarakterida yuzaga kelishi tag‘in ham sezilib turadi.

Download 2,87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish