Kantata. Oratoria. Ovozlar va orkestr (organ) uchun yozilgan musiqali-dramatik asarlar oratoriya deb ataladi. Operadan farqli о‘laroq oratoriyalar konsert sharoitida yoki cherkovlarda ijro etishga mо‘ljallangan bо‘ladi.
Eskicha oratoriyalarning syujeti kо‘proq diniy kitoblar(Tavrot, Injil, Avliyolar hayoti, xristian afsonalari)dan olingan. Xristosning azob-uqubatlariga bag‘ishlangan oratoriyalar Passionlar (“Ehtiroslar”) deb ataladi. Bunday oratoriyalar bilan bir qatorda dunyoviy oratoriyalar ham mavjud. Oratoriya shakli umuman olganda opera shakliga о‘xshaydi. Oratoriya о‘z ichida tugallanib, aniq chegaraga ega bо‘lgan qismlarga (uvertyura, ariyalar, duetlar, xorlar) bо‘linadi. Kо‘pincha rechitativlari ham bо‘ladi. Bundan tashqari, cherkov oratoriyalariga ba’zan xorallar ham kiritiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |