Kurs ishi mavzu: O’zbekistonda “Elektron hukumat” tizimi faoliyatini rivojlantirish yo’nalishlari Topshirdi: 921-20 guruh talabasi Toshtemirov D. Qabul qildi: To’ychiyeva N. Jizzax sh


Interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatishda "Elektron hukumat" tizimining faoliyati



Download 163 Kb.
bet6/10
Sana02.08.2022
Hajmi163 Kb.
#846293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
kurs ishi2semestr (2) (2)

4.Interaktiv davlat xizmatlarini ko'rsatishda "Elektron hukumat" tizimining faoliyati.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 27-iyundagi PQ-1989-son Qarori bilan O‘zbekiston Respublikasida “elektron hukumat” tizimini rivojlantirish bo‘yicha quyidagi vazifalar belgilab olingan:“Elektron hukumat” tizimining axborot tizimlari komplekslari va ma’lumotlar bazalarini yaratish bo‘yicha chora-tadbirlar hamda loyihalar ro‘yxati Kompleks dasturi tasdiqlangan.
Kompleks dastur – O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan 22 ta loyiha va 6 ta tadbirlarni o‘z ichiga oladi.
Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirishning Kompleks dasturini amalga oshirishni muvofiqlashtiruvchi Respublika komissiyasi tashkil qilingan. O‘zbekistonda “Elektron hukumat” tizimini joriy etishning o‘ta muhim ahamiyatga ega bo‘lgan loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha grafiklar ishlab chiqilgan.
Mazkur grafiklarda loyihalarni amalga oshirish yuzasidan quyidagilarni amalga oshirish belgilangan:
-Loyihani amalga oshirish konsepsiyasini ishlab chiqish.
-Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ishlab chiqish.
-Dastlabki texnik iqtisodiy hisob-kitoblarni ekspertizadan o‘tkazish.
-Texnik topshiriq ishlab chiqish.
-Loyihani amalga oshiruvchini aniqlash bo‘yicha tanlovlar o‘tkazish.
-Loyihani amalga oshirishdan iboratdir.
“Elektron hukumat” tizimini joriy qilishning istiqbolli rejalari doirasida 2014-2016-yillarda idoralararo integratsiyalashgan platformani yaratish loyihasi amalga oshiriladi. Bu platforma barcha davlat organlari axborot tizimlarini birlashtiradi, aholiga ma’lumot olish, ariza topshirish va boshqa xizmatlardan foydalanish bo‘yicha idoralar o‘rtasida ma’lumot almashishga xizmat qiladi.
-Davlat organlarining aholi va tadbirkorlik sub’ektlari bilan o‘zaro axborot almashinuvlari, muloqotlari, shuningdek bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatish 2013 yilda ishga tushirilgan Yagona portal orqali amalga oshirilmoqda.
-Dasturga muvofiq, “elektron hukumat” tizimi foydalanuvchilarini identifikatsiya qilish maqsadida ochiq kalitlar bazasida Yagoan identifikatsiya tizimini yaratish loyihasini tashkil qilish ko‘zda tutilgan. Jismoniy va yuridik shaxslar, transport, kadastr, ko‘chmas mulk, ma’lumot va klassifikatorlar jam qilingan milliy ma’lumotlar bazasi va reyestri, axborot tizimlarini rivojlantirish “elektron hukumat”ni samarali etishning muhim bosqichi hisoblanadi.
-Shundan so‘ng, aholi va tadbirkorlarga davlat organlari xizmatlaridan elektron shaklda foydalanish, davlat organlariga o‘z faoliyatlarini optimallashtirish, samaradorligini oshirish imkoniyati yaratiladi.
-2013-2020-yillarda O‘zbekiston Respublikasida telekommunikatsiya texnologiyalari, tarmoqlari va aloqa infratuzilmasini rivojlantirish dasturi O‘zbekistonda axborot jamiyatini yanada rivojlantirish, mamlakatning jahon axborot makoniga yanada integratsiyalashuvida yangidan-yangi imkoniyatlarning yaratilishida muhim huquqiy hujjat bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zbekistonda Elektron hukumatni joriy qilishning yakuniy maqsadi quyidagilardan iborat hamda u mukammal davlat boshqaruvi elektron apparatini yaratish hisoblanadi.
-interaktiv xizmatlarini taqdim etilish imkoniyatlarining kengligi;
-hukumat organlari faoliyati hisobotlarining berib borilishi va oydinligi;
-xizmatlardan oson foydalanish imnkoniyatlari va yakka tartibligi;
-siyosiy jarayonlarda fuqarolarning faol ishtiroki va xabardorligi;
erkin axborot almashuvi;
-aholi va tadbirkorlik faoliyati uchun davlat xizmatlarini taqdim etishda qulay sharoitlar yaratish;
-fuqarolarni o‘z-o‘ziga xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirilishini qo'llab-quvvatlash;
-barcha saylovchilarni boshqaruv jarayonlarda va davlat boshqaruvida ishtirok etish imkoniyatlarini oshirishdan iborat.
“Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish markazining asosiy vazifalari quyida keltirilgan.
-Jahon tendensiyalari va xorijiy davlatlar tajribasining tahlil va tadqiqoti asosida “Elektron hukumat” tizimini keyinchalik rivojlantirish va takomillashtirishni strategik yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
-“Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirishning me’yoriy-metodik ta’minlanishini tashkil qilish, davlat organlarida foydalanilayotgan axborot tizimlari, axborot resurslari va ma’lumotlar bazalarini ishlab chiqish va integrasiyalashda kelishilgan loyihalashtirish mexanizmini ko‘zda tutadigan “Elektron hukumat” tizimini shakllantirishda yagona texnologik yondashuvni ta’minlash;
-Davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan, innovatsion biznes jarayonlarini boshqarish mexanizmlarini joriy qilish, takomillashtirish va optimizatsiyalash bo‘yicha takliflar tayyorlash, davlat organlarining funksional va operatsion jarayonlari faoliyatini tizimli qayta tashkillantirish;
-“Elektron hukumat” tizimini samarali tatbiq qilish uchun yo‘naltirilgan tahlilni o‘tkazish va amaldagi me’yoriy- huquqiy bazalarni takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash;
-“Elektron hukumat” tizimi miqyosida davlat organlari faoliyatidagi axborot kommunikatsiya texnologiyalarining samaradorligini baholash tizimini joriy etish, tizimli monitoring o‘tkazish, axborot kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish va rivojlantirish holatini baholash, shu jumladan, axborot texnologiyalari va resurslari samaradorligini joriy etilganligini o‘rganish;
-“Elektron hukumat” tizimi loyihalarini amalga oshirish doirasida yo‘naltirilgan indikatorlar va ko‘rsatkichlarni aniqlash, Interaktiv davlat xizmatlarini samarali taqsimlanishi va foydalanishining asosiy ko'rsatkichlarini aniqlash metodikasini ishlab chiqarish.
Interaktiv davlat xizmatlari: interaktiv xizmatlarni tashkil etish, interaktiv xizmatlar turlari, bazaviy interaktiv davlat xizmatlari.
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (Yagona portal) — foydalanuvchilarning interaktiv davlat xizmatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlardan erkin foydalanishini, shuningdek elektron shaklda davlat xizmatlari ko‘rsatishni ta’minlovchi Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining Hukumat portalidagi ma’lumot-axborot portali.
Yagona portal foydalanuvchilar tomonidan interaktiv davlat xizmatlaridan, shu jumladan pulli asosda erkin foydalanish maqsadida tashkil etilgan. Yagona portalning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: foydalanuvchilarga davlat organlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilish uchun imkoniyat berish;

  • foydalanuvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi boshqa loyihalar bilan integratsiyalash;

  • foydalanuvchilarning davlat organlari bilan o‘zaro hamkorligi samaradorligini oshirish;

  • davlat organlariga murojaat qilinganda foydalanuvchilar uchun byurokratik

to‘siqlarni qisqartirish va ularni bartaraf etish;

  • «Elektron hukumat»ni yanada rivojlantirish va davlat boshqaruviga zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etishda ko‘maklashish.

Yagona portal zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish asosida interaktiv davlat xizmatlari olishda foydalanuvchining shart-sharoitlarini rivojlantirish va imkoniyatlarini kengaytirish uchun mo‘ljallangan.
Hozirgi kunda yagona portalda taqdim etilayotgan interaktiv davlat xizmatlari Litseniyalash va ruxsatnomalar, elektron to‘lovlar, Bank va Moliya xizmatlari, Uy-joy va kommunal xo‘jaligi sohasi, Axborot texnologiyalari va aloqa, Konsullik xizmatlari, Mehnat, Tadbirkorlik, Sug‘urta, Ko‘chmas mulk, Sog‘liqni saqlash, Soliqqa tortish, Arxiv, Investitsiyalar va savdo, Madaniyat va Sport, Intellektual mulk, Transport, Bojxona, Huquq va Ta’lim yo‘nalishlarida, jami - 20 ta tematik bo‘limlarga birlashtirilgan bo‘lib, ular ham o‘znavbatida tarkibiy qismlarga bo‘linadi:
Foydalanuvchilar YAIDXPda shuningdek alohida bo‘lim-ilova orqali, vazirliklar, davlat tashkilot, idora va muassasalarining ro‘yxatiga o‘tish va ularning aloqa manzillari, rahbariyat qabul jadvallari, on-layn murojaat shakllari bilan tanishishlari, giperilovalar orqali kerakli tashkilot yoki idoraning rasmiy veb-saytiga o‘tishlari mumkin. Ishonch telefonlari bo‘limi ham portalning o‘ziga xos jihatlaridan biri bo‘lib, bu yerda hozircha 20 ta muassasaning ishonch telefonlari qayd etilgan. Undan tashqari YADXIPning o‘zida ham Qo‘ng‘iroqlar markazi (Sallcenter) tashkillangan bo‘lib, internetga ulanish imkoniyatiga ega bo‘lmagan fuqarolar mazkur funksiyadan foydalanib, o‘z murojaatlarini bayon qilishlari imkoniyati mavjud.
Portaldan foydalanuvchi fuqaro, o‘ziga zaruriy masalada taklif, shikoyat yoki ariza bilan, mazkur masalaga aloqador mas’ul davlat idorasiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat etishi mumkin. Bunda murojaat etuvchi fuqaro, istagiga ko‘ra o‘z murojaatining ko‘rib chiqilishi jarayoni qaysi bosqichga yetganligi haqida SMS ma’lumotlari orqali xabardor bo‘lib turishi, murojaatiga javobni istasa elektron pochta orqali, xohlasa, oddiy pochta orqali olishi mumkin.
Interaktiv xizmatning mazkur shakli hozircha YAIDXPning eng ommabop xizmat turib o‘lib turibdi. Portal asosiy sahifasida, kelib tushgan va ko‘rib chiqilgan murojaatlarning statistikasini kuzatish shunday xulosaga kelishga asos bo‘lmoqda.

Download 163 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish