Kurs ishi mavzu: O’zbekiston iqtisodiyotining hududiy tarkibi Topshirdi: Azizov Saidxon Qabul qildi: Tagayev Behzod Toshkent-2022 Reja



Download 4,27 Mb.
bet24/33
Sana23.06.2022
Hajmi4,27 Mb.
#693944
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33
Bog'liq
Kurs ishi

QASHQADARYO VILOYATI
Qashqadaryo viloyati mamlakat hududining 6,4 foizini egallaydi. U yerda O‘zbеkiston aholisining 9,6 foizi yashaydi. Rеspublikamizdagi asosiy nеft va gaz konlari shu hududda joylashgan. Qashqadaryo yoqilg‘i sanoati yalpi mahsulot hajmi bo‘yicha mamlakatda 1-o‘rinda turadi. Shuningdеk, rеspublikada ishlab chiqariladigan elеktroenеrgiyaning 1/10 qismini, yеngil sanoat mahsulotlarining 7 foizdan ortig‘ini bеradi. Qulay tabiiy sharoiti tufayli ekin maydonlari katta. Viloyat jami ekin maydoni, xususan, g‘alla va paхta ekin maydonlari bo‘yicha rеspublikada birinchi o‘rinda turadi.
Iqtisodiy geografik o‘rni va tabiiy boyliklari. Bu viloyatda yillik o‘rtacha harorat O‘zbekistonning boshqa joylaridagidan birmuncha yuqori. Viloyatda 1 mln gektarga yaqin sug‘orishga yaroqli yer bor, biroq suv tanqis. Hatto suvdan eng samarali foydalanilganda ham ko‘p yerlarga suv yetib bormaydi. Shu tufayli aksar yerlarga bahorikor donli ekinlar ekilmoqda. Qashqadaryo vodiysi Qashqadaryo va uning chap irmoqlari – Oqsuv, Tanxozdaryo, Yakkabog‘ va G‘uzordaryo suvi bilan sug‘oriladi. Vodiyda Chimqo‘rg‘on suv ombori qurilib, Qashqadaryoning o‘rta va quyi oqimida suv sarflanishining tartibga solinishi hamda Eski Anhor kanali orqali Zarafshondan suv keltirilishi natijasida obikor yerlar maydoni ancha kengaydi.
Tuproq va iqlim sharoiti ingichka tolali paxta, sabzavot, kartoshka va mevalar yetishtirishga qulay. Biroq G‘uzordaryo kamsuv bo‘lib, faqat bahor (aprel)da to‘lib oqadi. Uning oqimini tartibga solish maqsadida Pachkamar suv ombori qurilgan. Shuningdek, vohada Hisorak suv ombori, deyarli 1 million gektar maydonni sug‘ora oladigan Amu–Qarshi mashina kanali qurilgan. Bu kanal yo‘lida bir yarim milliard kub metr suv sig‘adigan Talimarjon suv ombori, kuchli nasos stansiyalari barpo etildi. Nasoslar suvni 132 metr yuqoriga ko‘tarib beradi.
Aholisi. Tabiiy, tarixiy va iqtisodiy sharoitlar shahar hamda qishloqlarning katta- kichikligiga, aholi zichligi va xo‘jalik faoliyatining xarakteriga jiddiy ta’sir etgan. Aholi punktlari daryo yoqalab tarkib topgan. To‘rt-besh xonadondan iborat qishloqlar ulkan hudud bo‘ylab sochilib ketgan. Yaqingacha uylar terak, archa, qayrag‘och, tosh, tuproq, somon kabi mahalliy ashyolardan qurilar edi. Yangi yerlarni o‘zlashtirish jarayonida obod qishloqlar, shaharchalar qad ko‘tardi.
Qarshi cho‘li mintaqasida ixtisoslashgan paxtachilik, mevachilik, chorvachilik xo‘jaliklari tashkil etilgan. Paxta yetishtirish majmuyi takomillashgan rayonga aylandi. Viloyat qishloq xo‘jaligida bahorikor don xo‘jaligi, yaylov chorvachiligi, ayniqsa, qorako‘lchilik katta salmoqqa ega. Viloyat bug‘doy yetishtirish bo‘yicha qadimgi mavqeyini tiklamoqda. Pillachilik, mevachilik va sabzavotchilik ixtisosli xo‘jaliklarning qo‘shimcha tarmoqlaridir.
Paxta, asosan, Kitob–Shahrisabz botig‘i va Qarshi vohasida ekiladi. Kuzgi don ekinlari yozgi issiq kunlar boshlanmasdan pishib ulguradi. Tabiiy sharoit tok hamda danakli meva daraxtlari uchun ham qulay. Qarshi uzumi, ayniqsa, uning «maska» navi shirinligi bilan mashhur. Olma, nok, anjir, anor kabi issiqsevar mevali daraxtlar ham o‘stiriladi. Mevazorlar, sabzavot va poliz ekin maydonlari ham, asosan, Kitob–Shahrisabz botig‘ida bo‘lib, ulardan shu yerning o‘zida sharob, meva-sabzavot konservalari ishlab chiqariladi.

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish