Kurs ishi mavzu: O’zbekiston iqtisodiyotining hududiy tarkibi Topshirdi: Azizov Saidxon Qabul qildi: Tagayev Behzod Toshkent-2022 Reja



Download 4,27 Mb.
bet1/33
Sana23.06.2022
Hajmi4,27 Mb.
#693944
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33
Bog'liq
Kurs ishi


Mirzo Ulug’bek nomidagi
O’zbekiston Milliy Universiteti
Iqtisodiyot fakulteti
Inson resurslarini boshqarish yo’nalishi
1-kurs talabasi Azizov Saidxonning
O’zbekiston Iqtisodiyoti fanidan yozgan

KURS ISHI


Mavzu: O’zbekiston iqtisodiyotining hududiy tarkibi

Topshirdi: Azizov Saidxon


Qabul qildi: Tagayev Behzod

Toshkent-2022



Reja:
1. O’zbekiston iqtisodiyotini hududiy tashkil etish.
2. Toshkent iqtisodiy geografik rayoni.
3. Mirzacho’l iqtisodiy geografik rayoni.
4. Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni.
5. Zarafshon iqtisodiy geografik rayoni.
6. Janubiy iqtisodiy geografik rayon.
7. Quyi Amudaryo iqtisodiy geografik rayoni.
O’zbekiston iqtisodiyotini hududiy tashkil etish
Mamlakatimiz hududining har bir qismi geografik o’rnining betakrorligidan, birinchi navbatda, tabiiy sharoiti va boyliklari, aholining mehnat faoliyati hamda turmush tarzining o’ziga shakllangan. Iqtisodiyot asosan joyning mahalliy tabiiy boyliklariga bog’liq ravishda rivojlangan. Transportning takomillashuviga qarab, iqtisodiyot ba’zi joylarda chetdan keltirilgan xomashyo asosida shakllangan. Malakali kadrlar asosan yirik shaharlardagi ta’lim muassasalarda tayyorlanadi. Shunga muvofiq malaka talab ishlab chiqarishlar shaharlarda rivojlansa, boshqa joylar qishloq xo’jaligi yoki sanoat xomashyosi yetkazib beradi. Mamlakatning ayrim qismlari o’rtasida mehnatning ana shunday taqsimlanishi geografik yoki hududiy mehnat taqsimoti deyiladi.
Hududiy mehnat taqsimoti quyidagi holatlardagina sodir bo’ladi:

  • ishlab chiqarilayotgan mahsulot mahalliy ehtiyojdan ancha ko’p bo’lishi;

  • uni ishlab chiqarish mamlakatning boshqa qismlaridan arzonga tushishi;

  • ishlab chiqarishning xomashyo zaxirasi ko’p yillarga yetarli bo’lishi;

  • mahsulot ayirboshlanganda transport xarajati arzon bo’lishi;

Ma’lum vaqt o’tib hududlarning ixtisoslashuvida o’zgarishlar ro’y berishi mumkin. Masalan, Qashqadaryo hududida neft va gaz konlari ochilib, ishga tushirilgach, bu hududda yangi ixtisoslashgan ishlab chiqarish shakllanadi. O’zbekiston mustaqillikni qo’lga kiritgandan so’ng don mahsulotlari bilan o’zini o’zi ta’minlash vazifasi qo’yildi. Natijada viloyatlarda ko’plab g’alla ekila boshlandi. Oqibatda shu viloyatlar paxtachilikdan tashqari g’allachilikka ham ixtisoslashdi.
Mehnatning geografik taqsimlanishi asosida o’z ixtisoslashuviga ko’ra bir-biridan farq qiluvchi hududlar – iqtisodiy geografik rayonlar yuzaga keldi:
1. Toshkent iqtisodiy geografik rayoni.
2. Mirzacho’l iqtisodiy geografik rayoni.
3. Farg’ona iqtisodiy geografik rayoni.
4. Zarafshon iqtisodiy geografik rayoni.
5. Janubiy iqtisodiy geografik rayoni.
6. Quyi Amudaryo iqtisodiy geografik rayoni.
Iqtisodiy geografik rayonlar uchun butun mamlakat miqyosida ixtisoslashuv o’ziga xos bo’lib, mahsulot almashinuvi juda keng qamrovda amalga oshadi. Bunday rayonlarning bir necha ixtisoslashgan tarmoqlari bo’lishi ham mumkin.
Mamlakat miqyosida ixtisoslashgan tarmoqni qanday aniqlash mumkin? Buning uchun izlanayotgan ixtisoslashuv koeffitsientini K deb olamizda, quyida formulani tuzamiz:

bunda: M - rayon mahsulotining mazkur tarmoq bo’yicha mamlakatdagi salmog’i, A – mamlakat aholisi sonida rayon aholisining salmog’I. Agar K ko’rsatkich birdan katta bo’lsa, bilingki, rayon bu tarmoqqa ixtisoslashgan ekan. Ixtisoslashish ko’rsatkichining katta yoki kichikligiga qarab, iqtisodiy rayonning ixtisoslashuvini bilsa bo’ladi. Bundan tashqari, ixtisoslasish imkoniyati transportga va mahsulotni tashish xarajatlariga ham bog’liq.
Rayondagi ishlab chiqarish korxonalarining muayyan qismigina ixtisoslashgan tarmoqlarga kiradi. Qolganlari esa ixtisoslashgan tarmoqqa xizmat qiluvchi, yordamchi tarmoqlarni tashkil etadi. Masalan, paxta yetishtirishga ixtisoslashgan xo’jaliklarda yordamchi tarmoq sifatida beda, jo’xori, kartoshka ham yetishtiriladi, chorvaning muayyan turi boqiladi yoki mashinasozlik ixtisoslashgan tarmoq bo’lsa, metal quyish korxonalari, mahalliy energetika kabilar yordamchi korxona hisoblanadi. Rayon aholisini oziq-ovqzt mahsulotlari, kiyim-bosh, madaniy-maishiy buyumlar bilan ta’minlovchi korxonalar xizmat ko’rsatish tarmog’ini tashkil etadi.
Iqtisodiy rayonning rivojlanganlik darajasini unda qanday hududiy ishlab chiqarish majmualari (HICHM) mavjudligi va qay darajada shakllanganidan bilish mumkin. U mamlakat miqyosida mablag’larni anchagina iqtisod qiladi, ijtimoiy mehnat unumdorligini oshiradi, tabiat muhofazasi, xalqimiz turmush, mehnat, dam olish sharoitlarining yaxshilanishini ta’minlaydi.
HICHM – ishlab chiqarish sohasidagi barcha tarmoqlarga qarashli har xil korxonalarning bir umumiy hududdagi o’zaro bog’langan uyg’unligidir.
Bunga o’zaro bog’langan korxonalarni yagona transport, energetika va qurilish bazalari bilan uyg’un joylashtirilish hisobiga, shuningdek, tabiiy boyliklardan va ishchi kuchlaridan, ikkilamchi xomashyo hamda chiqindilardan oqilona foydalanish hisobiga erishiladi. HICHMlar tabiiy boyliklari ko’p hududlarni tezroq va tejamliroq o’zlashtirishga imkon beradi. Har bir HICHM egallagan maydoni va tarmoqlarining tarkibiga ko’ra boshqasidan farq qiladi. Tarmoqlararo majmualar takomillashganlik darajasi bo’yicha ham bir-biridan farqlanadi. Masalan, agrosanoat majmuyi hamma viloyatlarda shakllanib bo’lgan. Rangli metallurgiya majmuyi faqat Toshkent viloyatida eng takomiliga yetgan. Samarqand va Buxoro viloyatlarida shakllanishning quyi boshqichida, Xorazm viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasida deyarli yo’q. Hududiy ishlab chiqarish majmualarining o’zaro aloqadorligidan iqtisodiy rayon shakllanadi.
Iqtisodiy rayon: a) geografik o’rni o’ziga xos; b) mamlakat miqyosida ixtisoslashgan; d) majmuali xo’jalik shakllangan; e) tabiiy boyliklar hamda ishchi kuchi bilan ta’minlani-shida boshqa rayonlardan farqlanuvchi hududlardir.
Iqtisodiyotning yuksalishi bilan tarmoqlararo majmualar mukammallasha boradi. Natijada hududiy aloqalar ham takomillashib, iqtisodiy rayonlar qayta tuzilishi mumkin. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz hududini shartli ravishda oltita iqtisodiy rayonga bo’lish mumkin. Mazkur iqtisodiy rayonlar O’zbekistonning ikki va undan ortiq ma’muriy birliklaridan iborat.
Mustaqillik yillarida milliy iqtisodiyotning hududiy jihatdan muvozanatlashganligini ta’minlash va mintaqaviy nomutanosibligini kamaytirish O’zbekistonda davlat siyosatining ustuvor vazifasiga aylandi. Keyingi yillarda mamlakatda sodir bo’layotgan tarkibiy o’zgarishlarda hududlarning roli sezilarli darajada oshdi. Hududlarning iqtisodiy salohiyati va raqobatbardosh-ligini oshirishga yo’naltirilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshirilgan.
O’zbekiston hududlarining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va iqtisodiy o’sish sur’atlaridagi tafovutlar bir qator obyektiv sabablar – bozor islohotlarining dastlabki davrdagi hududiy rivojlanish darajasi, hududning investitsion jozibadorligi, iqtisodiy geografik rivojlanishi, infratuzilmaning rivojlanganlik darajasi, innovatsion salohiyati va boshqa ko’pgina omillar bilan izohlanadi.
Respublika YaIMni shakllantirishda YaHMning ulushi bo’yicha Toshkent shahri 15,5% ko’rsatkich bilan yetakchilik qiladi (1-rasm). Toshkent va Samarqand viloyatlari mos ravoshda 9,1% va 7,1% ko’rsatkich bilan keying o’rinlarni egallaydi. YaHMning eng kam ulushi Sirdaryo, Jizzax, Xorazm viloyat-larida va Qoraqalpog’iston Respublikasida qayd etilgan. Endi biz bu hududlarni ketma-ket o’rganamiz.

1-rasm. YaIMni shakllantirishda hududlarning ishtiroki (YaIMga nisbatan %da, 2017-yil)

Download 4,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish