Marganes. Margnes Krebs siklidagi reaksiyalarda qatnashuvchi (olma va limon kislotasin degidrogenazasini, qahrabo-sirka kislotasin dekarboksilazasini) va nitratlarni qaytarilishidagi fermentlarni faollashtiradi. Shuning uchun margenes yetishmovchiligida o’simlik intensiv nafas olaolmaydi va nitratlardan azot manbasi sifatida foydalana olmaydi. Asosiy mikroelementlardan bo’lib Mn fotosintezni yorug’lik davrida suvni fotolizida ishtirok etadi
4N2O → 4 ON + 4N+4e-4 ON → 2 N2O + 4 ye-+ O2
-------------------------------------------4 N2O → O2+4 N +4 ye-+2 N2O
Mikroelement MnO-2dukkaklilarga xos bo’lgan element hisoblanadi. Mn nitratlarni qaytarishda ishtirok etadi. Dukkaklilarni asosiy vazifasi nitrogenaza fermenti ishtirokida havodagi N ni nitritgacha qaytaradi. O’simliklarni o’sib va rivojlanishida katta ahamiyatga ega bo’lgan-fitogarmon Indol sirka kislotasini oksidlashda ham ishtirok etadi.
Mis. Mis ham temir kabi nafas olishda va fotosintezda elektron transporti zanjirida qatnashadi. Masalan; Fotosintez elektron transport zanjirida mis tutuvchi ko’k rangli oqsil plastotsianin tarkibiga kiradi.
Misni ko’p qismi(barg tarkibidagi misni 75%) xloroplastlarda bo’ladi va shuning bilan birga fenollarga elektron biriktirishda yoki askorbin kislotani kaytarishda ishtirok etuvchi difenoloksidaza va askorbinatoksidaza fermentlari tarkibiga ham kiradi.
Bu fermentlarda mis oqsil bilan sulfigidril gruppa orqali birikkan bo’lishi mumkin. Bu jarayonlardan tashqari mis nitratreduktaza va proteaza fermentlarini faollashtiradi demak, oqsil va azot almashinuvida ham ishtirok etar ekan. Misni kuchli defitsidligida muddatidan ilgari barglari to’kilib ketadi, o’sishi tormozlanadi va bor, rux margeneslar o’z funksiyasini bajarmaydi.
Rux. Ko’pchilik fermenlarni faolligini va shuning bilan birga xlorofil sintezini, karboangidraza tarkibiga kiradi, CO2gidrotatsiyasini katalizlab, ko’mir kislotasi hosil bo’lishi, uni suvga va CO2parchalnishini reaksiyalarida ishtirok etadi. Bundan tashqari rux nafas fermentlar, fosfo-piruvat-gidrotaza, ketozo-1-fosfataoldolaza, geksokinaza, degidrogenaza, fosfoglitserin aldegidini faollashtiradi.Rux ishtirokida kaliy, marganes va molibdenni yutilishi kuchayadi. Rux IUK, hosil bo’lishini va triptofan sintezini tezlashtiradi. O’simlikka rux berilganda IUK hosil bo’lishi va o’sish tezlashadi.
Rux yetishamasligini dastlabki belgilari barg plastinkasini tomirlari bo’ylab, to’q ko’k rang paydo bo’ladi. Rux tanqisligi davom etssa, to’qmalar nobud bo’lib, o’sish nuqtasi parchalanib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |