III BOB ASOSIY QISM
3.1 O'simliklarning oziqlanishi haqidagi ta`limotning rivojlanishi.
Tabiatda mavjud barcha jonivorlar, hamda, odam ham, yoki o‘simliklarni, yoki hayvonlarni yeb oziqlanadi. Boshqacha aytganda, jonivorlar o‘txo‘r va go‘shtxo‘r turlarga bo‘linadi. Lekin o‘simliklarchi? o‘simliklarning nima bilan oziqlanib, nimaning evaziga unib-o‘sishi haqidagi masala ming yillar davomida odamzotni qiziqtirib kelar edi. Ushbu masalaga oydinlik kiritilishi esa, shunchaki masalaning tagiga yetish bilan cheklanmasdan, balki, insoniyatni ochlik muammosidan xalos bo‘lishida ulkan xizmat qilgan kashfiyotlarga sabab bo‘ldi. O‘simliklarning oziqlanishi masalasi bilan eng qadimgi faylasuflar ham qattiq qiziqishgan. o‘simlik juda kichik urug‘dan qanday qilib ulkan daraxtga aylanishi, bunda urug‘ning boshlang‘ich vazni va undan unib chiqqan o‘simlikning yakuniy vazni orasidagi farq naqadar ulkan bo‘lishi olimlar uchun jumboq bo‘lib qolavergan. Aristotel o‘simliklarning o‘sishi masalasi haqida fikr bildirar ekan, "O‘simliklar o‘ziga kerakli moddalarni tuproqdan tayyor holda oladi, shu sababli o‘simliklar tanasida moddalar almashinuvi, yoki, hazm jarayonlari bo‘lmaydi, shunchaki tuproq o‘zining bor vazni bilan o‘simlik tanasiga aylanadi" - deb hisoblagan. Aristotelning obro‘si bilan mustahkamlangan ushbu yanglish fikr o‘rta asrlargacha ilm-fanda o‘rnashib qolgan bo‘lib, ko‘pchilik bundan ortiq gap aytishga jur'at eta olmas edi.
Qadimgi zamonlardayoq (yangi eradan avval 600-500 yillarda) dexqonchilik bilan shug`ullangan odamlar kul va chirindilarga boy tuproqlarda hosilning ko`proq bo`lishini bilganlar va bundan foydalanganlar. Keyinchalik o`simliklarni oziqlantirish to`g`risidagi tushunchalar rivojlanib bordi.
O`rta asrlarda yashagan gollandiyalik tabiatshunos Y.V.Van-Gelmont tajribalari ayniqsa diqqatga sazovor. U sopol idishga 91 kg quruq tuproq solib og`irligi 2,25 kg ga teng tol shoxchasini ekadi va yomg`ir suvi bilan sug`orib turadi. 5 yildan so`ng tolning og`irligi 77 kg ga yetadi. Idishdagi tuproqning og`irligi esa faqat 56,6 g ga kamayadi. Van-Gelmontning fikricha agar o`simliklar o`z tanasini tuproq hisobiga tuzadigan bo`lsa, u holda tol shoxchasi qancha ko`paysa, idishdagi tuproq shuncha kamayishi kerak edi. Lekin bu holat sodir bo`lmaydi. Shuning uchun ham u o`simliklar o`z gavdasini suvdan tuzadi degan xulosaga keladi. Shu tarika o`simliklar oziqlanishining «suv nazariyasi» vujudga keladi va uzoq muddat davomida e`tirof etildi.
Lekin bundan ancha avval Aristotel (eramizdan avvalgi 384-322 yillar) o`simliklar tuproqdan murakkab moddalarni surib oladi va ushalar hisobiga o`z tanasini tuzadi degan edi.
Bu tushunchani XVIII asrning oxiri va XIX asrning boshlarida nemis agronomi A.Teyer yanada rivojlantirdi. U «gumus nazariyasi»ni yaratdi. Unga ko`ra o`simliklar asosan suv va gumus moddalari bilan oziqlanadi. Tuproqda chirindi moddalar qancha ko`p bo`lsa, o`simliklar shuncha faol o`sish va rivojlanish qobiliyatiga ega bo`ladi.
O`simliklar uchun mineral tuzlarning ahamiyati fransuz agroximigi J.B.Bussengo (1837) ishlarida yanada aniqrok ko`rsatildi. Uning tasdiqlashicha toza qumda ham (suv, kul va mineral tuzlar solinganda) o`simliklar yaxshi o`sishi mumkin. Buni isbotlash uchun u vegetasion tajribalar o`tkazadi va birinchilar qatorida o`simliklar atmosfera azotini o`zlashtirolmaydi, balki boshqa elementlar qatorida ildiz orqali o`zlashtiradi, degan xulosaga keldi.
O`simliklarning mineral oziqlanish nazariyasini har tomonlama rivojlantirgan olimlardan nemis ximigi Y.Libix bo`ldi. 1840 yil Y.Libix o`simliklarning mineral oziqlanish nazariyasini rivojlantirish bilan bir qatorda gumus nazariyasini inkor qildi. Libix fikricha, tuproq unumdorligi faqat mineral moddalarga bog`liq. Y.Libix birinchi bo`lib tuproqqa o`g`itlar sifatida toza tuzlarni solishni taklif etdi. U mineral elementlarning ahamiyatini to`g`ri baholadi, lekin o`simliklar azotni havodan ammiak holida qabul qiladi, deb oylaydi. Keyinchalik u bu fikr xatoligini tushundi va o`simliklar azotni ildiz orqali nitratlar holida qabul qiladi degan fikrga qo`shildi. Biroq, shu bilan birga Libix tuproqdagi organik moddalarning ahamiyatini inkor qildi. Holbuki tuproq tarkibidagi gumus o`simliklarning o`sishi va rivojlanishi, tuproq mikroflorasini rivojlantirish va boshqalarda katta ahamiyatga ega. Y.Libix «minimum qonuni» va «qaytarilish qonunlari»ni taklif etdi. Bu qonunlar boyicha tuproqda o`simliklarga zarur mineral elementlar minimumga yetmasa, ularning foydasi ham bo`lmaydi. Qaytarilish qonunida esa o`simliklar o`z hosili bilan tuproqdan qancha mineral modda olsa, o`rniga shuncha qaytarish zarur, deb tushuntiriladi. Aks holda yildan yilga tuproq unumdorligi, demak hosildorlik ham kamayib boradi. Libixning fikrlari umuman to`g`ri. Agrotexnik tadbirlarni to`g`ri o`tkazish va tuproqni mineral elementlar bilan o`z vaqtida ta`minlash natijasida hosildorlikni oshirib borish mumkin.
Kinoyaga o‘ch hamkasblaridan farqli o‘laroq, Yustus Libix o‘z xatolarini ochiq tan ola biladigan, tanti inson edi. U o‘zining qayerda va nima uchun adashganligini ochiq tan oldi va xatosini tuzata bildi ham. Ko‘p o‘tmay Libix shuningdek havoda gazsimon ammiak yetarli miqdorda ekani va uning yomg‘ir suvlarida erib, karbonat angidrid bilan ta'sirlashib, tuproqda azotli birikmalar hosil qilishi haqidagi xulosasi ham noto‘g‘ri ekanini fahmlab yetdi va buni ham ochiq tan oldi. U o‘simliklar ehtiyoji uchun azotni ham mineral o‘g‘itlar tarkibida berib borish lozimligini tushundi va endi, kaliy va fosforli o‘g‘itlar bilan bir qatorda, azotli o‘g‘itlar ishlab chiqarish masalasi ustida ham ishlay boshladi. Libixning tuproq unumdorligi va o‘simliklarning hosildorligini ta'minlashga xizmat qiluvchi formulasining yakuniy ko‘rinishi quyidagicha bo‘lgan: kaliy, fosfor, azot va ohak.
Oxir-oqibat Yustus Libix haq bo‘lib chiqdi. U hayotlik chog‘idayoq, mineral tuzlar va yerni mineral o‘g‘itlash haqidagi ta'limotning to‘liq tan olinishini o‘zi ko‘rib guvoh bo‘ldi. Tuproqni sun'iy o‘g‘itlash orqali hosildorlikni orttirish, bu bilan esa, jamiyatni ochlikdan himoyalash imkoniyati paydo bo‘ldi. Natijada esa, mineral o‘g‘itlar orqali yetishtirilgan hosil evaziga oziq-ovqat xavfsizligi orttirildi. Oziq-ovqatlarning narxlari pasaydi. Oziq-ovqat xavfsizligining ortishi tufayli esa, jamiyatdagi hayot tarzi farovonlashdi. Ko‘payish tezlashdi. Chunki endi ochlik xavfi tobora kamaymoqda edi.
Buyuk olim Yustus Libix tomonidan tamal toshi qo‘yilgan qishloq xo‘jaligi kimyosi fani bugungi kunda ham insoniyatning ozuqa bilan ta'minlanishi yo‘lida xizmat qilib kelmoqda.
I.Knop va Y.Sakslarning 1859 yilda o`tkazgan tajribalari ham «gumus nazariyasi» ni inkor qildi. Ularning fikricha faqat 7 ta element: azot, fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy, magniy va temir bo`lsa, o`simliklarni suvda ham o`stirish mumkin. Shunday qilib, ular o`simliklarni vegetasion usullar bilan (tuproq, suv, kum) o`stirish mumkinligini isbotladilar va mineral oziqlanish nazariyasini tasdiqladilar.
O`simliklarni ildiz orqali oziqlanish g`oyasini P.A.Kostichev, V.V.Dokuchayev, K.K.Gedroys, D.N.Pryanishnikov va boshqa olimlar yanada rivojlantirdilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |