2.2. “Zafarnoma” da Amir Temur tomonidan amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bayoni va ushbu asarga Xofizi Abru tomonidan yozilgan ”Zayl” (Ilova) qismi haqida
Kurs ishining ushbu qismida Amir Temur tomonidan amalga oshirilgan bunyodkorlik tadbirlari haqida gapirishdan oldin uning shaxsiga muallif tomonidan berilgan taʻrifni keltirsak, menimcha ushbu boʻlimni yoritishdi xizmati beqiyos boʻlgay. Ushbu asarning bir yuz beshinchi bobida yaʻni “Amir Sohibqiron hazratning oliyjanobligi va adlu ehsoni bayonida” qismida Amir Temur shaxsiga goʻzal taʻriflar berilgan. Men esa ushbu qismning maʻnosini oʻzgartirmagan holda havola etishni maʻqul deb bildim.
“U maqomda Sohibqiron hazratning oliyjanobligi, adl va ehsoni andak mushohada qilindi. <Biz bilgan narsalarimizga guvoh boʻlamiz>. 39degan iboraga muvofiq ularning zikri har qalay koʻp foydalarni oʻz ichiga oladi. Toki jahon ahliga bu hazratning adolati va yaxshi niyati maʻlum boʻlgay va jahon sultonlari unga iqtido qilgaʻaylar! Hazrati Amir Temur Eron imomlarining ulugʻlari va Turon sohiblarining fozillaridan iborat majlisda Sohibqiron ularning bilim boʻstonidan gul terar, diniy masalalarning buyuklaridan islomga oid mushkul muhimotlardan savollar qilar, ularning har birlari esa oʻz hollariga koʻra javob berardilar. Toʻgʻrisini aytganda, har bir masala boʻyicha maqsad nima ekanligini tegishli tarzda fahmlab bir soʻz aytar ediki, hamma unga hech tilyogʻlamaliksiz “podshohlar soʻzi- soʻzlar podshohi” der edilar. Sohibqiron ularga qarata sizlar menga rahnamolik qilinglar va men bajarishim vojib boʻlgan narsalarni aytinglar der edi. Ular bir biriga qarashib, “Xudoga shukurki, Sohibqiron hazrat oʻzlari hammaga yaxshi yoʻlni oʻrgatadilar” derdilar. Bunga javoban Amir Temur menga taxsin aytish va mening mijozimga muvofiq gapairishingiz menga xush kelmaydir, vazifa shuki, sizlar har tomondan kelgansizlar, u tomonning yaxshi va yomon ahvolini menga aytinglar va hech nimani mendan yashirmanglar der edi. Va ulamolar bu soʻzlar sidqidildan ekanligini bilgach, mamlakat ahvolidagi semizu oriq, yaxshiyu yomonlarni ochib soʻzlardilar. Va yana olampanoh bir guruh taniqli va diyonatli olimlarni tanlab, ularni har birini devoni aʻlo tomonidan bir amin bilan mamlakat chekkalaridan biriga yuborar, toki ular mamlakatning chekkalarida biror bir mazlumga ozor yetgan boʻlsa yoki biror zoʻravonlik yuz bergan boʻlsa tikanni mazlumlar oyogʻidan olib tashlash va barcha yomonlik va zulumlarni tugatish uchun yoʻllar edilar.40 Ushbu yuqorida Amir Temurning xislatlarini taʻriflagan Shomiyning soʻzlarini koʻrdingiz. Oʻykaymanki, hech qanday qoʻshimcha izohlarga oʻrin boʻlmaydi. Shu maqsadda Temur haqidagi ushbu taʻriflarni oʻzgartirmay, maʻnoni saqlagan holda yozishga qaror qildim.
Nizomiddin Shomiyning “Zafarnoma” asarida asosan Sohibqiron Amir Temurning harbiy yurishlari va davlat boshqaruvidagi ishlar talqin etilgan boʻlsa ham, uning mamlakatda amalga oshirgan bunyodkorlik ishlari haqida ham boʻlimlar va boblar ajratilib, mufassal bayon etishga harakat qilingan. Xususan ushbu kitobning ellik oltinchi bobi “Samarqandning shimolida bogʻ va koʻshk bino qilinganligi bayonida” deb nomlanadi va uni bayon etadi. Amir Temur 799/ 1396-1397-yillar sentabr oyida mamlakatdagi usta va mahoratli muhandislarni jam qilishni buyuradi. Va amirzoda Mironshoh Bahodirning qizi Begi Sulton nomiga muhtasham bir koʻshk, bir ayvon bino qildiradi. Nizomiddin Shomiy ushbu bogʻni quyidagicha taʻriflaydi” “…uning atrofini bogʻu boʻstonlar bilan bezadilar. U jannat kabi oromijon, Eram bogʻidek dilkusho edi. Olma, anor daraxtlari behi ogʻizdan suv keltirar, mevazor daraxtlar shohi oʻz gʻunchalari kosasidan binafshayu gul mushkuanbar sochardi”. Bayt:
Daraxtlari uddanu bargi esa zumurad,
Yerlari lojuvardu, anbar edi tuprogʻi.41
Amir Sohibqiron ul bogʻu saroy qurilishi bilan biro y mashgʻul boʻlib, soʻngra bu ishlarni davom ettirishni Shohruh Mirzoga topshirib oʻzi esa Keshga yoʻl oladi.
Ushbu kitobda Sohibqiron Amir Temurning yana bir bunyodkorlik ishi zikri bayon etiladi. Ushbu kitobning yetmish ikkinchi bobi “Oliy Hazratning Samarqand dorulmulkida bino qilgan jomeʻ masjidi bayonida” deb nomalanadi. Butun ayblardan xoli Tangri ilohiy kalom, osmoniy farmon boʻlmish Qurʻoni karimni masjidlarda oʻqimoqlikni buyurdi. Sohibqiron Amir Temur ham Alloh taologa yaqinlikka erishish maqsadida bir katta jomeʻ masjidi qurishga qatʻiylandi. Shahardagi butun bir muhandis, binokor, hunarmandlarni toʻplab, 1399-yil 10-may, muborak ramazon oyining toʻrtinchisida Samarqand mavzesida masjid qurishni amr etadi. Bu masjid bitgach unga Saddi Iskandardek mustahkam, Qubbayi Haramondek ulugʻvor, Xisravi Noshirvon toqini yiqqan kabi atamalar ishlatilgan. Ushbu masjidni taʻriflab Nizomiddin Shomiy quyidagi baytni keltiradi:
Do'stlaringiz bilan baham: |