Kurs ishi mavzu: “muzeylarning o’quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o’rni”. 5120300- “Tarix (mamlakatlar va mintaqalar)” Bajardi



Download 1,76 Mb.
bet1/7
Sana14.06.2022
Hajmi1,76 Mb.
#671450
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ma\'mura


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI “TARIX VA MADANIY ME’ROS” FAKULTETI
“BUXORO TARIXI” KAFEDRASI
“TARIXIY O’LKASHUNOSLIK” FANIDAN
KURS ISHI
MAVZU: “MUZEYLARNING O’QUV-TARBIYAVIY ISHLARDA TUTGAN O’RNI”.
5120300- “Tarix (mamlakatlar va mintaqalar)”


Bajardi: 2-kurs bakalavr talabasi Ismoilova Ma’mura
Ilmiy rahbar:
Topshirgan sana:
Himoya qilgan sana:

BUXORO-2022


MUNDARIJA
Kirish----------------------------------------------------------------------------------3
1-BOB.MUZEYSHUNOSLIK-ILMIY FAN.
1.1. Muzeyshunoslikning predmeti, asosiy tushunchalari va metodlari va turlari-------------------------------------------------------------------------------------5
2-BOB.O’ZBEKISTONDA MUZEYLAR FAOLIYATI.
2.1. O’zbekistonda muzeylar ishi tarixi. Buxoro o’lkashunoslik muzeyi tarixi-------------------------------------------------------------------------------------------11
2.2. Muzeylarning o’quv-tarbiyaviy ishlarda tutgan o’rni va ahamiyati------25
2.3. Tarixiy muzeylar, ilmiy tadqiqot faoliyati-----------------------------------30
Xulosa---------------------------------------------------------------------------------37
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati---------------------------------------------40
Ilovalar--------------------------------------------------------------------------------41


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O’zbekistonda davlat mustaqilligi qo’lga kiritilgach, shu zaminda asrlar osha istiqomat qilib kelgan avlodu-ajdodlarimiz orzu-umidlari ro’yobga chiqa boshladi. Bu esa istiqlol yo’lida to’kilgan qutlug’ qonning natijasi, xalq yo’lining qaror topishi hamda adolatning tantansi bo’ldi. O’zbekiston mustaqillikka erishganidan so’ng o’tgan yigirma uch yil ichida o’ta mashaqqatli va o’z o’rnida sharafli yo’lni bosib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I. A. Karimov ozodlikka erishgan dastlabki kunlarimizda “O’z istiqlol va taraqqiyot yo’limiz – bu gul bilan qoplangan yo’l emas, bu totalitarizm merosidan xalos bo’lish va poklanish, mafkuraviylik illati yetkazgan ziyon-zahmatlarni bartaraf etishning qiyin, uzoq davom etadigan yo’lidir”, deb aytgan so’zlari zamirida qanchalik chuqur hayotiy ma’no borligini yana bir bor anglaymiz. O’zbekistonda yosh avlodni har tomonlama sog’lom va barkamol ruhda tarbiyalash maqsadida qator islohotlar amalga oshirilib kelinmoqda. Shu maqsadda “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonuni va O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014 yil 6 fevraldagi PQ-2124-sonli “O’zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo’shimcha chora tadbirlar to’g’risida”gi Qarori qabul qilindi. Xalqimiz o’ziga xos taraqqiyot yo’lini tanlab, barcha sohalarda dunyoning eng rivojlangan mamlakatlari darajasiga etib olishdek ezgu mavsad sari intilmoqda. Uni amalga oshirish uchun yuksak malakali, ahloqiy barkamol mutaxassislar kerak. Shu jihatdan, aqlan yetuk, ahloqan pok va jismonan baquvvat insonlarni tarbiyalash masalasi davlatimiz oldida turgan muhim vazifalardan biri sanaladi. Bu borada ajdodlarimizning boy ma`naviy, ahloqiy merosining ahamiyati beqiyosdir. Darhaqiqat, buyuk siymolar bo’lmish ota-bobolarimiz qoldirgan ma`naviy merosni yozilgan Yangi ta`lim-tarbiya sohasiga tatbiq etish jamiyatimizning ahloqan barkamol a`zolarini shakllanishida samarali vositadir. Bu o’rinda O‘zbekistonda faoliyat ko’rsatayotgan muzeylar faoliyati alohida ahamiyat kasb etadi. O‘zbekistonning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhalarida bo‘lganidek madaniy sohada, shu jumladan, boy o‘tmish merosimizni o‘rganish, saqlash va uni keng xalq ommasiga targ‘ib etish borasida ham tub burilish yasadi. Vatanimiz ijtimoiy hayotidagi o‘zgarishlar, yangilanishlar qatorida O‘zbekiston hududidagi muzeylar faoliyatida ham yangi davr boshlandi. Respublikamiz Prezidentining “Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni 1998 yil 12 yanvarda qabul qilinib, u muzey va muzey xodimlarining hayotida katta ahamiyat kasb etdi. Mamlakatimiz hududida mavjud bo‘lgan muzeylar faoliyatini takomillashtirish, ularni xalqning ma'naviy axloqiy kamolotida tutgan o‘rnini yanada oshirish maqsadida “O‘zbekmuzey” jamg‘armasi tuzildi. Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xo‘jaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta'limi tizimida ja'mi 1200 dan ortiq muzeylar bo‘lib, ularning eng yiriklari poytaxtda joylashgan. Shu bilan birgalikda o‘nlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san'at arboblarining uy muzeylari ham faoliyat ko‘rsatmoqda. Muzeylar madaniy-ma'rifiy muassasa hisoblanib, uning vazifasi tarixiy hujjatlar, madaniy va ma'naviy yodgorliklarni to‘plash, tabiiy boyliklardan namunalar jamlash va saqlash, ularni ilmiy jihatdan o‘rganib ko‘rgazmalarga qo‘yish va keng xalq ommasiga havola qilishdan iborat. Muzeylar aholining keng tabaqalari o‘rtasida madaniy-ma'rifiy ishlarni olib boradi. Muzeylar faoliyati xalqning tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlanib borishi, qo‘lga kiritgan yutuqlari hamda qoldirgan boy madaniy-ma'naviy merosi xususida juda katta bilimlar beradi. Muzeylar madaniy-ma'rifiy muassasa sifatida ommaning ijtimoiy ehtiyojlarini qondirish, ularni ma'naviy kamolotga yetkazishning eng yetakchi vositalaridan hisoblanadi. Yurtimizda yangi-yangi muzeylarning tashkil etilishi, poytaxtdagi eng yirik va nufuzli Temuriylar davri tarixi, qatag‘on qurbonlari xotirasi, mamlakatimiz janubida joylashgan Termiz shahridagi Arxeologiya muzeyining ochilishi hukumatimiz tomonidan muzey va muzeyshunoslik sohasida nihoyatda katta ishlarning amalga oshirilayotganidan dalolat beradigan muzeylarning tashkil.
Mavzuning dolzarbligi yana shunda ko`rinadiki, ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning hozirgi bosqichida muzeylar faoliyatini umumiy tarzda tahlil etish, undan xulosalar chiqarish juda muhimdir. Mustabid-sovet tuzumi davrida milliy-ma`naviy qadriyatlarning toptalishi, aholi o`rtasida ruhiy tushkunlikning yuzaga kelishi, muzeylarga rahbarlik qilishdagi ma`muriy usullarning yanada takomillasha borishi mexanizmini ilmiy jihatdan tahlil etish hozirgi kun madaniy-ma`naviy jarayonlari uchun juda zarur, bu esa mavzuning dolzarblik darajasini yanada oshiradi deb hisoblaymiz.
Muzey katta ilmiy tadqiqot va tarbiyaviy ishlarni olib boradi; to'plangan ashyolarni restavratsiya qiladi va o'rganadi; ilmiy hujjatlarni tayyorlaydi, muzey ashyolarini saqlash va ta'mirlash tartibini yaratadi; monografiya, katalog va yo'l ko'rsatkichlar nashr etadi; maktab bilan hamkorlikda tadbirlar va sayohatlar tashkil tashkil etib, yoshlarni o'z tarixini bilishga ko'maklashadi. Tomoshabinlar bilan ishlashning eng muhim shakli ekskursiya bo'lib, muzeyda ekskursovodlar tayyorlanadi. Shundagina muzey haqida yosh avlodga ma'lumotlar yetarli darajada yetkaziladi. Nafaqat o'zbek yoshlari balki, chet eldan tashrif buyurgan sayyohlarga ham yurtimiz tarixini vayon qilishda yetakchi rol o'ynaydi. Muzeylarning Xalqaro kengashi (IKOM) tomonidan ishlab chiqarilgan 1974-yildagi Nizomga o'zgarishlar kiritilgan 1995-yildagi variation muzeyga quyidagicha ta'rif beriladi: Muzey- bu doimiy, tijorat va savdo-sotiq bilan shug'ullanmaydigan muassasadir, u jamiyat uchun xizmat qiladi hamda odamlar uchun ochiqdir. Muzey eksponatlarni to'playdi, saqlaydi, o'rganadi, targ'ib qiladi va ekspozitsiyaga qo'yadi.
"Tarixini bilmagan, kelajagini bilmaydi" aynan shu tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan jumlani anglamoq uchun muzeylar ish faoliyati asosiy o'rinlarni egallaydi. Muzeylar tarix ko'zgularidan biri hisoblanadi.

Download 1,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish