Kurs ishi mavzu: Maktab yoshidagi bolalarda qo'rquvni psixokorreksiya qilishda qo'g'irchoq terapiyasidan foydalanish Bajardi



Download 66,3 Kb.
bet21/26
Sana11.01.2022
Hajmi66,3 Kb.
#350542
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
Kurs ishi mavzu Maktab yoshidagi bolalarda qo'rquvni psixokorre

Trening obyekti: talabalar jamoasi

Ishtirokchilar soni: 20 ta
KUTILAYOTGAN NATIJA

  • qo’g’irchoq terapiyasini turli hil usullaridan shaxs harakater hususiyatini barqarorlashtirishda foydalanishga erishish

  • Stress va uning oqibatlarini aniqlash hamda bartarf etishga muvaffaq bo’lish

  • qo’g’irchoq terapiyani qo’llash mobaynida guruhiy hamjihatlikni ta’minlab samimiylik muhitini hosil qilish

Trening qoidalari:

  • “Shu yerda va hozir".

  • "Yagona mikrofon".

  • "Seminarni boshidan oxirigacha o’tkazish"

  • “Ihtiyoriylik".

  • "Vaqtni tejash" yoki “Reglamentga rioya qilish”.

  • "Shaxsni baholamaslik”

  • “Faollik”

  1. DIAGNOSTIK QISM




Kunlar

Mashg’ulot turi

Ajratilgan vaqt

Kutilayotgan natija




KIRISH




“Yashirincha salomlashish”

12:20

12:23


Guruhiy normalar ishlab chiqiladi, trening samarali kechishini ta’minlash

Ishtirokchilar bir-birlari bilan tanishadilar kayfiyatini ko’tariladi



“Kutuvlarni aniqlash”

12:23

12:35


Ishtirokchi treningdan kutayotgan natijalarni aniqlanadi

ASOSIY QISM

“Oila sur’ati“


12:35

12:50



qo’g’irchoq orqali oilaviy munosabatlar aniqalshtiriladi va munosabatlarga o’smir stressiga sababchi bo’luvchi omillar aniqlashtirilinadi.

“Hikoyani top” o’yini


12:50

13:10


Jamoa o’zaro bir biriga nisabatan o’zaro yordam va o’zaro qo’llab quvvatlashni mustahkamlashdan iborat


XULOSA

"Musiqiy flewmob"



13:20

13:45


Ishtirokchilar faolligi va o’zaro ahilligini ta’minlash, musiqali harakatlar bilan ularga samimiy va ijobiy hislarni shakllantirish





“Chiroyli ta’rif”


13:45

14:10


shaxslar aro munosabatlani yo’lga qo’yish, agressiv xulq atvordan holi bo’lishga ko’maklashish, kelajak ustanovkalarini shakllantirishga yordam berish



  1. MASHG’ULOTLAR TAVSIFI


«Yashirincha salom»

Maqsad: O‘zida ijobiy ustanovkalarni tarkib toptirish, o‘z-o‘ziga adekvat baho berishni va muloqot madaniyatini shakllantirish.

Ishtirokchilarga uch xil xulq (ishonchli, sust va tajovuzkor) yo‘nalishi bo‘yicha vaziyatni tahlil qilish beriladi.

  1. Dugonangiz uchrashuvga kiyib chiqish uchun sizning eng yaxshi ko‘rgan ko‘ylagingizni so‘radi. Biroq siz berishni xohlamayapsiz.

  2. Sizga yoqqan narsani sotib olishingiz uchun pul yetmayapti, o‘rtog‘ingiz sizdan qarz olganiga ancha bo‘lgan, ammo yaqin orada berish niyati yo‘qqa o‘xshaydi. Undan qanday so‘raysiz?

  3. Yaqinda sotib olgan mashinangizni do‘stingiz bir muncha vaqt minib turishni so‘rayapti, mashina juda qimmat. Nima qilish kerak?

Vaziyat tahlil qilinadi.

"Avlodlar o‘rtasidagi nizo" o‘yini



Maqsad: O‘quvchilarda tolerant xulq-atvorni shakllantirish, shaxslararo munosabatlarni ijobiy rivojlantirish.

Bunda uch kishi ishtirok etadi — yigit, qiz va katta yoshli odam. Avlodlar o‘rtasida " Eh, hozirgi yoshlar..." qabilida taqlid uyushtiriladi. Yigit va qizning vazifasi: imkon boricha xushmuomalalik bilan nizodan qochish. Jyuri a’zolari har bir o‘quvchining harakatini baholab boradi.



"Botqoqlik o‘yini"

Maqsad: Jamoa o’zaro bir biriga nisabatan o’zaro yordam va o’zaro qo’llab quvvatlashni mustahkamlashdan iborat

Buning uchun kartondan yasalgan o‘rtacha kattalikda "likopchalar" kerak bo‘ladi. Ularning soni 9 ta bo‘lishi kerak. Guruh a’zolari qator bo‘lib, birin-ketin tarelkalarga oyoq qo‘yib botqoqlikdan o‘ta boshlaydilar, atrofda esa (ikkinchi guruh a’zolari) qaroqchi timsohlar yuradi. Timsohlar tarelkalarni olib ko‘yishga shay turadilar, maqsad har bir guruh a’zosi tarelkalardan oyoq uzmasligi, hech bo‘lmaganda bir oyoqning uchi bilan ularni bosib turishi kerak. Agar guruh a’zolari ittifoq bo‘lib harakat qilsalar, mag‘lubiyatsiz botqoqlikdan o‘tadilar, bironta likopchani timsohga bermaydilar.

Ishonch parvozi”

Barcha ishtirokchilar bir qatorga tizilishadi. Birinchi ishtirokchidan tashqari guruh a’zolarining hammasi ko‘zlarini yumishadi va bir-birlarining belidan ushlab olishadi. Birinchi ishtirokchining vazifasi — "paravoz"ni xona bo‘ylab to‘siqlar (yo‘llar) orasidan olib yurish, qolganlar esa oldindagi ishtirokchining harakatlariga mos ravishda to‘siqlar orasidan urinmay-surinmay ltishlari darkor.
Chiroyli ta’rif o’yini”
Maqsad: Ishtirokchilar bir biriga pozitiv emotisonal tariflar berishga o’rganishadi.

Boshlovchi inson o’ziga nisbatan chiroyli so’zlarni ta’riflarni eshitish qanchali yoqimli ekanligini aytib o’tadi. Keyin har bir ishtirokchi o’zidan keyingi ishtirokchiga chiroyli so’zlar va ta’riflar aytadi. Har bir ishtirokchi o’zi haqida biror ta’rif yoki pozitiv so’z eshitishi lozim.



XULOSA

Shaxslar aro munosabatlarda namoyon bo’luvchi xulq-atvor tiplaridan biri bu agressiyadir. Inson agressiyasini o’rganish , darhaqiqat serqirra mavzu bo’lib, ushbu fenomenning asl mohiyatini ochib berishga urinayotgan olimlarning diqqatini hozirgacha o’ziga tortib keladi. Agressiyani bartaraf etishda uni yuzaga keltiruvchi motivlar va kutuvlarni o’zgartirish va kishilar aro munosabatlarda turli salbiy holatlarni oqibatini kamaytirish maqsadida shaxsda bu holatlarga nisbatan immunitet hosil qilish muhimdir. Ayni bu narsaga turli psixogimnastik mashqlar va musiqali dasturlar, muhokamlar orqali erishishimiz mumkin.



XULOSA

Ma`lumki, psixologiyada qo`rquv, bu – sub`ekt o`zining xotirjam hayot kechirishiga ziyon etishi mumkinligi haqida, unga real tarzda tahdid solayotgan yoki tahdid solishi mumkin bo`lgan xavf-xatar haqidagi xabarni olishi bilan paydo bo`ladigan salbiy hissiy xolatdir. Eng muhim ehtiyojlari bevosita blokada (muhosara) qilinishi natijasida ro`y beradigan iztirob chekish hissiyotidan farqli o`laroq, kishi qo`rquv hissiyotiga berilganda muvaffaqiyatsilikka uchrashi mumkinligini faqat ehtimoliy tarzda biladi va ushbu (ko`pincha etarlicha ishonarli bo`lmagan yoki bo`rttirib yuborilgan) prognozga binoan harakat qiladi. Shu o`rinda «Qo`rqqanga qo`sha qo`rinadi» degan xalq maqolini eslatish mumkin. Qo`rquv hissiyoti stenik tusda ham, astenik tusda ham bo`lishi («Qo`rqqanidan oyoqlari qaltirardi»), yohud hissiy zo`riqishlar tarzida, yohud ruhan astoydil tushkunlikka berilgan va havotirlangan tarzda, yohud affektiv holatga tushgan tarzda (dahshatli qo`rquv hissiyotning eng so`ngi turidir) kechishi mumkin.

Bola emotsiyalarining rivojlanishi muayyan ijtimoyi vaziyatlar bilan bog`liq. Bolaning vaziyatni tushunishi, vaziyatni va undagi uzgarishlarni boshidan kechirishi muayyan emotsional xolatni xosil qiladi. Bolalardagi o`zgarish tormozlanishdan ustun kelishi mumkin. Bola ijobiy emotsiyalarning jushqin ifodalanishi tormozlay olmasligi tufayli qarama-qarshi emotsiyalar paydo bo`lishi mumkin. Masalan, jushqin hursandchilik, ko`pincha yig`lash va ko`z yoshi bilan tugaydi.

Agar bola extiyojlarini qondira olish imkoniyatiyatlariga ega bo`lsa, ijobiy kechinmalar (stenik) xosil bo`ladi. Bordi-yu, vujudga kelgan vaziyatga bola o`z extiyojlarini qondirish imkoniyatiga ega bo`lmasa, salbiy (astenik) emotsional kechinmalar paydo bo`ladi. Maktabga psixologik tayyorgarlikning asosiy komponentlaridan biri emotsional tayyorgarlikdir. Bu tayyorgarlik nafaqat maktabda ta`lim boshlashni hursandchilik bilan kutish, balki bu bilan birga oliy xissiyotlarning ancha rivojlangan bo`lishi, bola shaxsining emotsional xususiyatlari shakllangan bo`lishni taqozo qiladi.



Maktabgacha bo`lgan davrning yangi ma`lumotlari. Maktabda o`qishga tayyorgarlik ko`rish kompleksi yangi ma`lumotlar sanaladi:

  • kommunikativ tayyorgarlik;

  • kognitiv tayyorgarlik;

  • emotsional rivojlanish darajasi;

  • texnologik ta`minot;

  • shaxsiy tayyorgarlik.

Download 66,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish