Kurs ishi Mavzu: Korxonaning kuchli va kuchsiz tomonlarining oshkor bo'lishi namangan – 2021 kirish


-oldinga yoki orqaga integratsiya



Download 180,5 Kb.
bet5/7
Sana13.09.2021
Hajmi180,5 Kb.
#173526
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Kurs ishi

-oldinga yoki orqaga integratsiya

-jozibador chet el bozorlariga kirish to'siqlarini yengish

-raqobatchi firmalar bilan yaxshi munosabatlar

-talab o'sgan paytda ishlab chiqarishni kengaytirish qobiliyati

-yangi tehnologiyalr yaratsih va jalb qilish

Potensia ltashqi xavf xatar

-past xarajatliyangi raqobatchiningpaydo bo'lishi

-o'rinbosartovarlarni sotilish xajmini oshishi

-bozorning o'sish tezligini pasayishi

-chet el valyutasini kursini va xorijiy mamlakatlarning tashqi savdodagisiyosatininoqulay o'zgarishi

-yuqori xarajatli tehnik talablarning paydo bo'lishi

-iqtisodiy buhronlar paytidagi zaiflik

Rahbarlar tashkilotning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlaganlaridan keyin , strategiya ikki muhim bahoni berishlari kerak bo'ladi bazi kuchli tomonlar boshqalariga nisbatan ahamiyatli hisoblanadi. Chunki ular faoliyat ko'rsatkichlariga raqobatbardoshlikka ,samarali strategiyani yaratishka kuchliroq tasir etadi. Tashkilotnikuchli va kuchsiz tomonlarini baholash strategik balans xisobotiga o'shaydi . Bunda kuchli tomonlar -raqobatli aktivlar ,kuchsiz tomonlar-raqobatli majburiyatlari xisoblanadi .

Bozor imkoniyatlari -tashkilot strategiyasiga jiddiy ta'sir etuvchi omillardan xisoblanadi. Rahbarlar tashkilotni strategiyasini uni mavqei bilan taqqoslamay , uni o'sish va foydaliligini tahlil etmay turib ,aniqlay olmaydilar.

Bozot imkoniyatlari yani tashkilotga aniq mos keladigan imkoniyatlar -bu tashkilotning qulay raqobatbardoshlik potensialiga va resurslariga ega bo'lishidir . Imkoniyatlar va xavf-xatarlarnafaqat tashkilot vaziyatinibelgilaydi ,balkim xarakat yo'nalishini xam ko'rsatuvhi omil xisoblanadi.Strategiya tashkilotga mos bo'lishi uchun :

1) Tashkilot vaziyatiga mos keladigan bozor imkoniyatlaridan foydalanishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim

2)Tashqii xavfdan taminlash lozim , shu sababli SWOT-tahlili yaratiladi.

Raxbariyat tashkilotning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniq tasavvur etmaguncha , tashkilot vaziyatiga aniq mos keladigan strategiyani yaratishga tayyor bo'lmaydi.

Tashqi qulay imkoniyatlarni va xavf xatarlarni aniqlash. Bozor imkoniyatlari -tashkilot strategiyasiga jiddia ta'sir etuvchi omillardan xisoblanadi . Rahbarlar tashkilot strategiyasuni unimavqei bilan taqqoslamay , uni o'sish va foydaliligini tahlil etmay turib aniqlay olmaydilar .

Bozor imkoniyatlari yani tashkilotga aniq mos keladigan imkoniyatlar -bu tashkilotning qulay raqobatbardoshlik potensialiga va resurslariga ega bo'lishidir. Imkoniyatlar va xavf-xatar nafaqat tashkilot vaziyatini belgilaydi balki xarakat yo'nalishini xam ko'rsatadi. Strategiya tashkilotga mos kelishi uchun :

-Tashkilot vaziyatiga mos keladigan bozor imkoniyatlaridan foydalanishga yo'naltirilgan bo'lishi lozim ;

-Tashqi xavfdan ximoyani taminlash lozim . Shu sababli SWOT-tahlil yaratiladi.

2.3.Tarmqoning raqobat strukturasini aniqlashning ikkinchi davri bu musobaqadosh tashkilotlarning bozor mavqeini aniqlashdan iborat. Tarmoq qatnashchilarining raqobat mavqeini aniqlash usullaridan biri <>

Strategik guruhlarini kartasini yaratish-bu tarmoqdagi raqiblar mavqeini ko'rgazmali namoyon etish.

Aylana o'lchamlari raqobatchi guruhlar bozor ulishiga tahminan proporsional. Raqobatchilarning strategik guruhlari kartasini tuzish usuli har bir kompaniyaning tarmoqda egallagan mavqeini tasvirlaydi va bozorda ko'plab raqobatchilar mavjud bo'lib, ularni alohida mukammal o'rganish mumkin bo'lmaganda juda qo'l keladi.

Tashkilotlarraqobat mavqeini baholash uchun strategik guruhlar kartasini yaratsih usulida foydalanish. Bir strategik guruhga kiruvchi tashkilotlar bir necha belgilari bilan bir biriga o'xshashi mumkin. Tovarlar assortimentining va tovarlar tarqatilishi kanallarining o'xshashligi , bir xil vertikal integratsiyalashuv , istemolchilarga bir xil xizmat va texnik yordamlarni ko'rsatish , bir xil tovarlar bilan xaridorlarni jalb etish , tovarlarni bir xil sifat va narxlarda sotishshular jumlasidandir. Tarmqodagi raqobatchilar bir xil strategiyadan foydalanadigan bo'lsalar , ularni bitta strategik guruh deb qarash mumkin . Agar tashkilotlarning strategiyasi va bozor mavqei bir biridan farq qilsa , ularning xar birini alohida strategik guruh deyish maqsadga muvofiq.

Strategik guruhlar kartasini ko'rish va tashkilot qaysi guruhga tegishli ekanligini aniqlash murakkab muammo emas . Buning uchun :

# Tashkilotlarni bir-biridan farqlovchi raqobat xususiyatlarini aniqlanadi . Bunda narx va sifat ko'lamini (yuqori, o'rta, past), territorial qamrovini (mahalliy , regional , milliy va global tashkilotlar ), vertikalintegratsiya darajasini (qisman , to'liq va mavjud emas) , tovar assortimenti ko'lamini (tor,keng ), tovar tarqatilishini kanallarni (bitta , bir necha , yalpi )servis xizmat darajasini (minimal,cheklanga, to'liq) aniqlash lozim.

#Tashkilotlarni ikki o'lchamli grafikda yani, ularni differensial juft xarakteristikalari asosida joylashtiriladi.

#Bir strategik guruhga to'g'ri keladigan tashkilotlarni bitta strategik guruhga kiritish mumkin.

#Strategik guruhlarni butta aylana bilan qamrab olish, bunda aylananing radiusu tashkilotning bozor ulushiga mos kelishi.



Tarmoqdagi xarakatlanuvchi kuchlar va raqobat bosimi strategik guruhlarga har xil ta'sir etadi . Ba'zi guruhlar strategik qulay vaziyatka ega bo'lsa, boshqalari naoqulay sharoitga ega bo'lishi mumkin . Salbiya ta'sir ostida qolgan strategik guruhlar qulay bozor vaziyatiga ega bo'lish uchun qo'shni tarmoqqa o'tishka xarakat qiladi . Tashkilotlarning boshqa strategik guruhlarga o'tish xarakati tarmoqdagi raqobatni keskinlashtiradi. Raqobat kartasida guruhlar bir buriga qanchalik yaqin joylashgan bo'lsa , ushbu guruhlar tarkibiga kiruvchi tashkilotlar raqobati shunchalik shavqatsuz bo'ladi. Raqobat kartasida tashkilotlar bir-biridan uzoqda joylashgan bo'lsa, ular o'zaro raqobatda bo'lmaydi.
III bob. Pop tumani iqtisodiyotini rivojlantirish

3.1 Pop tumani Chodak qishlog'i axolisini turmush tarzini yaxshilash boyicha ma'lumotga keladigan bo'lsak. Pop tumani Cjodak qishlog'i 910 ga maydonda joylashgan bo'lib unda 9 ta mahalla fuqarolar yig'ini mavjud bo'lib , ushbu xududlarda jami 5883 xonadonda 7259 ta oilalarda 28696 nafaar aholi istiqomat qiladi .

Pop tumanida xar 1 kv. Km ga 76 kishi to'g'ri kelsa Chodak qishlog'ida esa 1 kv.kmga 2943 kishi to'g'ri keladi . Yani udhbu xududda aholi tumanning boshqa xududlariga nisbata 20-30 barobar zich joylashgan

1 Ichki turizm rivojlantirish

Chodak qishlog'i tumanning tog'li hududida joylashgan , dengiz sathidan 2000 metr balandlikda joylashgan xavosining toza va bir nechta tarixiy ziyoratgohlar joylashganligi ziyorat turizmi va ekoturizm soxasini rivojlantirishga asos bo'la oladi .

1.1 Ichki turizm sohasini holati



Chodak qishlog'ida -430 tadan ortiq dam olish maskanlari mavjuda. Dam olish maskanlari chodaksoy sohillarida joylashgan . Ular 2 ta mehmonxona , dam olish kottejlari ,kempinglar, uy mehmonxonalari,va aholi xonadonlaridagi dam olish so'rilari sifatida faoliyat yuritishadi. Dam olish mavsumi yiliga 5 oy davom etib yiliga o'rtacha 200 ming nafar kishi tashrif buyurishadi . Tashrif buyurivchilar asosan aholi xonadonlaridagi dam olish so'rilarida dam olishadi.

1.2 Mavjud zolatni yaxshilashga takliflar.

Chodak qishlog'idagi qo'shimcha 350 nafar Chodak soy va tog' yon bag'rilardagi joylashgan xonadonlarga zamonaviy so'ri, idish tovoq va san-uzellar qurish uchun xar bir xonadonlarga 20 mln so'm mqidorida imtiyozlar ajratildi.

1.3Erilishadigan natija

Dam olish maskani tashkik etish imkoni bo'lmayotgan 350 nafar xonadondagi 700 nafar ishsizlarni ish bilan ta'minlash bilan bir qatordan 1500 dan ziyod aholini turmush darajasini yaxshilanishiga omil bo'lib xizmat qiladi . Natijada chodak turizm zonasiga yillik sayyohlar oqimi 200 mindan 300 ming nafargacha ortadi.

2. Tikuvchilik tsexini tashkil qilish

2.1Mavjud xolatni yaxshilashka taklif.

Chodak qishlog'ida Olmaliq kom metallurgiay kombinati tashabbusi asosida 150 o'rinli tikuvchilik fabrikasi tashkil qilish.

2.2 Erilishadigan natija.



Chodak massivi xududidagi 07648 xarbiy qismga qarashlik 55-sonli tog' tayyorgarligi dala-o'quv mashq bazasi xozirgi kunda foydalanishda bo'lmaganligi sababli , Mudofaa Vazirligining Sharqiy Xarbiy okrugi qo'shinlari qumondonligi xisobidan tuman xokimligi zaxirasiga beg'araz o'tkazib berilsa , xududdagi yoshlarni va ayollarni tikuvchilik yo'nalishida bandligini taminlashga erishiladi.
3. Tumandagi yoshlarga bog' ajratish

3.1 Mahsus holatni yaxshilashga taklif



A373-sonli Xalqaro avtomagistral yo'lining Qo'shminor MFY xududida 2021-2023 yillarda 500 ga maydon ajratiladi.2021 yilda 200 ga maydon ajratilib Asaka Bank ATB tomonidan lizing va 100 ga maydonga viloyat hokimligi tomonidan intensiv bog' tashkil etishka mablag' ajratildi. Bog' "Nuran uz" MCHJ tomonidan quriladi

4.1Aholini uy joy va maktabgacha talim muasassai bilan taminlanganlik xolati

Chodak qishlog'ida 9 ta mahalla fuqarolar yig'inlarida jami 5883 xonadonda 7259 ta oilalar mavjuda ushbu xududda aholi tumanning boshqa xududlariga nisbatan 20-30 barobar zich joylashgan . Masalan,qishloqning zich joylashgan hududlaridan biri Istiqlol MFYda 2-3 sotiklikk 130 dan ortiq xonadonlarda 2 va undan ortiq oila bo'lib 650 dan ortiq aholi istiqmota qiladi.

4.2 Mavjud xolatni yaxshilashga taklif.

Chodak qishlog'ida aholini zichligi , fuqarolarni uy joyga bo'lgan talabini qondirish maqsadida , dastlab 5 ta xar bir 20 xonadondan iborat bir yo'lakli 5 qavatli turar joy binolari barpo etish . Mazkur uy joy chodak massivida xozirda foydalanuvda bo'lmagan O'rmon xo'jaligi tasarufidagi "A.Nabiyev"bolalar sog'lomlashtirish oromgohi xududida barpo etiladi . Mazku qurilish uchun Asakabank tomonjdan pudratchi va xonadon egalariga imtiyozli kreditlar ajratiladi.

Maktab yoshigacha bo'lgan bolalarni maktabgacha ta'lim muasassalarda qamrovini oshirish maqsadida 1 dona 150 o'rinli maktabgacha ta'lim tashkiloti qurish va sobuq Shoyi to'qish fabrikasini foydalanishda bo'lmagan qismini tuman hokimligi zaxirasiga beg'araz o'tkazish va uning negizida ko'p qavatli turar joy komplekslari va maktabgacha ta'lim tashkiloti barpo etish maqsadga muvofiq bo'ladi.


Infratuzilmani yaxshilash

5.1Ichimlik suvi

5.2Ichimlik suvi holati va ta'minoti

Chodak qishlog'ining 9 ta MFY xududida 2021 yil 1-yanvar xolatiga jami 5953 ta xonadonda jami 32169 nafar axoli isriqmomat qiladi , shunda aholining 7491 nafari yoki 23 foizi ichimlik suvi bilan taminlangan .

Asosiy ichimlik suvi manbai "Chodaksoy"soyi xisoblanadi. Qishloqda 3 ta suv olish va 2 ta suv tozalash inshootlari mavjud va 75,3 km ichimlik suvi tarmoqlari mavjud.

Shundan , Maydon, Maftunkor , Boyon, Bog'ishamol , Istiqlol MFYlarda yashovhi 23014 nafar aholi 2014 yilda rekonstruksiya qilingan Chodak-1 suv olish va Cjodak-2 suv to'plash va tozalash inshootlari orqali ichimlik suvi bilan taminlangan.

2020-yil INVESTITSIYA dasturi doirasida Chodak-1va Chodak-2 inshootlar oralig'iidagi 7.5 km uzunlikdagi diametri D-400 mm bo'lgan magistral quvur rekonstruksiya qilindi, Chodak-2 suv inshootidan "O'rta Xonobod"suv inshootiga 5 km D-200 mm quvurlar tortish ishlari bajarildi.

Ushbu MFYlarda ichimlik suvi ta'minotini yaxshilash uchun dastlabki xisob kitoblarga ko'ra jami 9899 mln so'm , jumladan 12.2km yaroqsiz xoldagi ichimlik suv tarmoqlarini to'liq rekonstruksiya qilish xamda suv inshootlariga zararsizlantirish uskunalari o'rnatish uchun 5229 mln so'm , 5060 ta xonadonlarni ichimlik suv tarmog'iga ulash uchun 7 km ichki ichimlik suv tarmog'iga ulash uchun 7 km ichimlik suv tarmoqlari tortishka 3170 mln so'm "O'rta Xonobod " suv to'plash inshootiga qo'shimcha 500 m³ bo'lgan toza suv saqlash xovuzi va filtr stansiyasi qirish uchun 1500,0 mln so'm mablag' talab etiladi.

5.3Mavjud xolatni yaxshilashka taklif.

Ushbu MFYlarda ichimlik suv ta'minotini yaxshilash uchun dastlabki xisob kitoblarga ko'ra jami 9899mln so'm , jumladan 12.2 km yaroqsiz xoldagi ichimlik suv tarmoqlarini to'liq rekonstruksiya qilish xamda suv insgootlariga zararsizlantirish uskunalari o'rnatish uchun 5 229 mln so'm 5060 ta xonadonlarni ichimlik suv tarnog'iga ulash uchun.

7 km ichki ichimlik suv tarmoqlari tortishka 3170 mln so'm "O'rta Xonobod" suv to'plash inshootiga qo'shimcha 2 ta xajmi 500 m³bo'lgan toza suv saqlash xovuzi va filtr stansiyasi qurish uchun 1500 mln so'm mablag' talab etiladi.

5.4 Erishiladigan natija

Yuqoridagi ishlarni amalga oshitilishi natijasida Chodak qishlog'ida yashochi 32169 nafar axolining 27344 nafari yoki 85 foizi ichimlik suvi bilan ta'minlanadi

Chodak qishlog'ida aholi bandligi haqida . Chodak qishlog'i xududidan 245 nafar yuridik shaxslar ro'yxatdan o'tgan bo'lib ulardan 2000 nafarga yaqin aholi ish bilan band aholi xisoblanadi , jumladan Lorgin biznes MCHJ tikuvchilik korxonasida 80 nafar , Chodak asl biznes MCHJ un ishlab chiqarish korxonasida 40 nafar xodim mehnat qiladi .

Shuningdek Olmaliq kon metallurgiyada kombinatiga qarashli Chodak kon boshqarmasida 900 nafar Qamchiq Avto yo'l korxonasida 200 nafar chodak qishlog'idagi aholi mehnat qiladi.

Aholini 600 nafariga yaqin qismi QAMCHIQ davonida texnik xizmat ko'rsatish , umumiy ovqatlanish xizmatlarida xamda savdo sotiq bilan band bo'lib kelmoqdalar.


3.1. 2021-2022 yillarda Pop tumani Yangi Xo'ja obod mahallasini ijtimoiy-iqtisodiu rivojlantirish boyichachora tadbirlar o'tkazildi. Bunda:

"Temir dadaftar"dagi ikkita oilalarni daftardan chiqarish choralari o'tkazildi . Ijro muddati esa 2021- yil fevral-iyun oylarida bo'lib utadi. Moliyalashtirish manbalari mablag' talab qilinmaydi .

"Ayollar daftari"dagi kiritilgan 31 ta ayollarni daftarlardan chiqarish choralarini ko'rish. Bunda: 6 ta ayolga davolanishi uchun moddiy yordam berish , 10 ta ayolga oilaviy sharoiti qiyinligi uchun moddiy yordam berish , va boshqa ayollarga moddiy yordam qilindi.

"Yoshlar daftari"ga kiritilgan 66 nafar yoshlarni ish bilan ta'minlash , jumladan:

-22 nafari imtiyozli kredit ajratish

-1 nafari kasbga o'qish istagida

-23 nafari yer ajratish

-9 nafari ishlab chiqarish sohasiga

-8 nafar o'z mutahasisligi bo'yicha

-3 nafari esa davolanish uchun moddiy yordam berish

Mahalladagi 15 ta kasb -hunarni o'rganishni istaydigan fuqarolarni kasbga o'qitish orqali bandiligini ta'minlash, jumladan:

-6 nafari tikuvchilik sohasida

-1 ta payvandchi

-3 tasi qandolatchil va boshqalar

Mehnatga layoqatlik 64 ta ishsiz fuqaroni ish bilan bandligini ta'minlash . Bunda:

-16 nafari o'z mutahasisligi bo'yicha ishka jalb qilish orqali

-18 nafari xudduda Namangan agro logistik MCHJ ga ishga joylashtirish orqali

-7 nafari tikuvchilik tsexlariga ishga joylashtirish orqali

-8 nafariga kredit ajratish orqali

-10 nafari mavsumiy qurilish ishlariga jalb qilish orqali

Tadbirkorlikni rivojlantirish va investitsiyalar jalb qilishni kengaytirish.

Xududda tadbirkorlik bilan shug'ullanishvistagini bildirgan 8 ta fuqarolarni imtiyozli kredit bn ta'minlash. Xuddudda asalarichilik bilan shug'ullanish istagi bor 5 ta fuqaroga imtiyozli kredit ajratish. Va bazi fuqarolarga o'z uyida ustoz-shogird yo'nalishida 5 fuqaroni 3 oy mobaynida kasbga o'qitishni tashkil qilish va ularni ish bilan ta'minlash.

Mahallada yoshlar o'rtasida sportni rivojlantirish maqsadida stadion uchun yer ajratish va stadion maydoni qurish uchun tashabbuskorni aniqlash. Bularning barchasi shu yilning Fevral-Sentabr oralig'ida amalga oshirish ko'zda tutilmoqda.
3.3"MAHALLABAY" ishlash tizimi Yangi Xo'jaobod MFY misolida

Mahalla to'g'risidagi umumiy ma'lumot



Aholi soni

2806

Xonadonlar soni

497

Oilalar soni

726

Ishsizlar soni

85

Mehnatga layoqatsizlar

0

Boquvchisini yo'qotgan oilalar

5

Tadbirkorlar soni

12

Faoliyat yuritmayotganlar soni

1

Maktablar soni

1

MTMlar sono

2

Ichimlik suvi bilan taminlanganlik darajasi

85

Elektr tarmog'i bilan ta'minlanganlik darajasi

100

Gaz ta'minoti bilan ta'minlanganlik darajasi

60

Temir daftardagi oilalar soni

2

Ayollar daftaridagi ayollar soni

31

Yoshlar daftaridagi yoshlar soni

66



Mahalladagi mavjud tadbirkorlikar


Limonchilik

24ta

Bog'dorchilik

18ta

Asalarichilik

8ta

Sabzavotchilik

15 ta

Tikuvchilik

5ta

Xizmat ko'rsatish

10ta

Mahallani rivojlantirish uchun takliflar



Limonchilik rivojlantirish uchun takliflar

10 ta talabgor

Asalarichilikni rivojlantirish uchun kredit ajratish

5ta talabgor

Bo'sh turgan bino negizida tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishka kredit ajratish

2 ta talabgor

Zamonaviy mini stadion tashkil etish

250 mln. So'm

Servis sohasida yangi loyihalar, go'zallik saloni, go'sht do'konlari

2ta loyiga 200 mln.so'm

-Aholini yashash sharoitlari yaxshilanadi

-Mahallada yangi 175 nafar ish o'rinlari yaratiladi

-"Ayollar daftari"va "Yoshlar daftari"ga kiritilgan ishsizlar doimiy ish bilan ta'minlanadi

-Limonchilik asalarichilik va tikuvchilik rivojlantiriladi

Mahalladagi mavjud muammilar

-Aholining yashash sharoiti talabga javob bermaydi

-Sport va sog'lomlashtirish obektlari mavjud emas

-Dorixonalar mavjud emas

-Go'sht do'konlari mavjud emas


Pop tumani Chodak qishlog'i aholisi turmush darajasini oshirish dasturi.

Chodak qishlog'i xudud ixtisoslashuvi/o'sihs drayverlari bular: turizm , chorvachilik , asalarichilik hisoblanadi. Bularga mavjud rezervlar 450 ta turizm obektlari, 1500 bosh echkilar , 500 ta oilalar asalarilar. Taklif etilayotgan loyixalarga keladigan bo'lsak; turizm yo'nalishida aholi xonadonlariga turizmni rivojlantirish maqsadida 10 mln so'mdan subsidiya ajratish; chorvachilik yo'nalishida PQ-3777 qaroriga asosan 300 ta xonadoblarning xar biriga 10 boshdan jun yo'nalishidagi Angor echkilarini tarqatish ; asalarichilik yo'nalishida PQ-3777 qaroriga asosan 300 ta xonadonlarning xar biriga 50 ta oiladan asalarilar tarqatish (25 ta yashik).

Chodak qishlog'idagi Infratuzilmani yaxshilash ;

-Chodak MFY xududidagi infratuzilmasini yaxshilash uchun xududga qarashli 7 km ichki yo'llarni yaxshilash .(5.8 mlrd so'm)

-Chodak MFY xududini toza ichimlik suvi bilan taminlashga 19 km ichimlik suvi tarmog'i tortish (3.2mlrd so'm)

-Chodak MFY xududini elektr energiya taminotini yaxshilashka 340 ta eskirgan tayanchlarni yangi beton tayanchlarga almashtirish. 3 ta transformator munkytni o'rnatish xamda markaziy ko'chalarga tungi yoritish chiroqlarini o'rnatish.(610mln so'm)

Natijadorligi shundan ko'rinib turadiki. Turizm yo'nalishida subsidiyalar ajratilishi orqali 400 ta xonadonlarga ishsiz fuqarolar o'zini o'zi ish bilan band qiladi.Xamda qo'shimcha ish o'rinlari yaratiladi xamda turizm sohasi rivojlanadi.

Angor echkilari va asalari oilalarini tarqatilishi xisobiga 600 ta xonadonlardagi ishsizlar ish bilan band qilinadi . Xamda chorva bosh sonlari va asalari oilalari yillik 2 barobarga ortishka erishiladi. Aholini turmush farovonligi darajasi ortishiga erishiladi


Xulosa.

Shunday qilib, hokimyatni modernizasiyalash sharoitida mintaqada turizm, aholini bandligini taminlash xizmatlarini boshqarish va rivojlantirish quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshirilishi maqsadga muvofiq: - mintaqada rivojlanishining o‘rta va uzoq muddatli Davlat dasturini ishlab chiqish va unda davlat tomonidan tartibga solish sub'ektlarining mas'uliyatlarini aniq belgilab berish; - tarmoqni monopoliyadan chiqarish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar tizimini amalga oshirish; - turizm rivojlanishining me'ѐriy-huquqiy asoslarini takomillashtirish; - firma turli xil ishlar, kredit sohasida takdim etilgan imtiѐzlar ko‘lamini kengaytirish va boshqalar. Qonunchilikning ham shaklan, ham mazmunan xalqaro standartlarga yaqinlashuviga olib keladi. Kompaniya faoliyat sub'ektlari jumlasiga yakka tartibda faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkorlarni ham kiritish lozim. Mintaqamizda kompaniya rivojlanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatuvchi kuyidagi omillarni ajratib ko‘rsatish mumkin: - mamlakatimizda siѐsiy va iqtisodiy barqarorlikning mavjudligi; - ko‘p asrlik tarixiy rivojlanishni o‘zida aks ettiruvchi o‘ziga xos madaniy merosning mavjudligi va respublikamizning diniy-tarixiy obidalarga boy ekanligi; Mamlakatimizning boshqa hududlarida turistik infratuzilma ob'ektlarini rivojlantirish uchun har bir hududning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda xorijiy va mahalliy turistlarga xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan kichik va xususiy mehmonxonalar tizimini rivojlantirish maqsadga muvofiq. Bunday chora-tadbirlarning amalga oshirilishi, bir tomondan, respublikamizda turizm sohasi geografiyasining kengayishiga olib kelsa, ikkinchi tomondan, mahalliy aholini ish bilan ta'minlashga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. Shu bilan birga mintaqada xususiy mehmonxonalar va restoranlar uyushmasini barpo etish maqsadga muvofiq bo‘lib, mazkur uyushma Uzbekistonda va xorijiy mamlakatlarda xususiy mehmonxonalar va restoranlar hukuqlari va manfaatlarini himoya qiladi, turizm bozorining mazkur segmentini tahlil qilish asosida uni takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritadi, xususiy mehmonxonalar hamda restoranlarga uzoq muddatli strategiyani ishlab chiqishga ko‘maklashadi. Yuqorida baѐn qilingan xulosalar va fikrlar asosida iqtisodiѐtni modernizasiyalash sharoitida mintaqada qishloqlarda uy sharoitida ishlash, boshqarish va rivojlantirishga zaruriyat sezadi. Shuning uchun ham milliy turizmni bozorda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi va uni iqtisodiѐtdagi ahamiyatini hisobga olib milliy turizm bozorini mulk shaklini qanday ko‘rinishda rivojlanishidan qat'iy nazar, u eng avvalo davlatning bevosita ѐrdami, qo‘llab-quvvatlashi asosida amalga oshirilishi kerak.Kurs ishi hokimiyatni yanada yaxshiroq tahlil qilishning nazariy asoslarini hamda tashkilotlarning raqobatbardoshligini baholash yondashuvlarini o'rganadi. Davriy adabiyotlardan olingan ma'lumotlar asosida O’zbekistonda sanoat raqobatbardoshligini tahlil qilishning asosiy xususiyatlari aniqlandi.

O’zbekistondagi qishloqlarda ish bilan taminlash o'ziga xosligi uning dinamikasida yotadi. Ushbu bozorning chegaralari yangi tashkilotlar, korxonalar va shunga mos ravishda yangi xaridorlarning paydo bo'lishi tufayli doimiy ravishda kengayib boradi. Agentliklar, firmalar, byurolar soni tobora ko'payib bormoqda va ular ko'rsatadigan xizmatlar yanada sifatli bo'lib bormoqda. Raqobat tobora kuchayib bormoqda va bu holatda tashkilotlar yanada sifatli tovarlar va xizmatlarni yaratib, keng qamrovli rivojlanish yo'lidan intensivroq yo'lga o'tishga majbur. Bozorga kirib, noldan muhim o'yinchiga aylanishning iloji yo'q. Dastlab siz kirayotgan sohani tahlil qilishga arziydi, aks holda tashkilotni rivojlantirish rejalarining to'liq bajarilmasligi (ba'zida, hatto "Bolalik" tashkilotining hayotiy tsikli bosqichiga etib borguniga qadar) va yo'qotish xavfi mavjud. kapital qo'yilmalar. Investitsiya kerak yaxshi mutaxassislardan, barqaror mijozlardan tanlangan va yaxshi muvofiqlashtirilgan guruh. Ammo ular hokimiyatni yaxshi, yaxshi nomisiz bo'lmaydi - aholi uchun imtiyoz.
Shunday qilib, taklif etilayotgan tadbirlar hokimyatning ijobiy imidjini yaratishga hissa qo'shishi mumkin, bu esa reklama agentligining bozor ulushini ko'payishiga olib keladi.

Foydalaniladigan asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar

Asosiy adabiyotlar.

1.Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan 

Senat tomonidan 2020-yil 7-avgustda ma’qullangan.

2.“Ta’lim toʻgʻrisida”gi Qonunning yangi tahriri.

3. Sh.M. Mirziyoev “Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik-har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak”. Toshkent: “O‘zbekiston”, 2017.

4. O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 y., 6-son, 70-modda.

5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori. “Oliy ta'lim tizimini yanada rivojlartirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”. Xalq so‘zi. 2017 yil 21 aprel', № 79 (6773)

6.Yo‘ldoshev N.Q. va b, “Strategik menejdment”. O‘quv-uslubiy majmua. –T.:TDIU, 2012y

Qo‘shimcha adabiyotlar

Malenkov Yu.A. Strategicheskiy menedjment. Uchebnik. – M.: Prospekt, 2009. – 224 str.

Vesnin V.R. Menedjment v sxemax i opredeleniyax: Uchebnoe posobie. – M.: Prospekt, 2009. – 120 str.

Danilin V.I. Finansoviy menedjment: zadachi, testi, situasii. Uchebnoe posobie. – M.: Prospekt, 2009. – 360 str.

Lapigin Yu.N. Strategicheskiy menedjment. Uchebnoe posobie. – M.: Eksmo, 2010. – 432 str.

Pop tuman hokimligi.




Download 180,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish