Курс иши мавзу: “Коррупцияга қарши кураш механизмини такомиллаштириш йўллари”


Tibbiy va ta’lim xizmatlaridan tashqari



Download 195,13 Kb.
bet4/7
Sana13.07.2022
Hajmi195,13 Kb.
#787988
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Korruptsiyaga qarshi kurash mexanizmini takomillashtirish yo‘llari

Tibbiy va ta’lim xizmatlaridan tashqari, O‘zbekistonda davlat xizmatlarini taqdim etishning boshqa ko‘plab sohalarida ularning aholining mavjud ehtiyojlariga mos kelmasligi kuzatilmoqda. Xususan, bu suv, gaz, isitish, sug‘orish tizimlari, asfalt yo‘llar, ko‘priklar, parklar va o‘yin maydonchalari qurilishiga tegishli. Bu ushbu tuzilmalardagi korrupsiya darajasi boshqalarga qaraganda yuqori ekanligini ko‘rsatishi mumkin, chunki davlat mablag‘lari boshqa maqsadlarda ishlatilgan bo‘lishi mumkin yoki bunday xizmatlarning cheklanganligi sababli birinchi bo‘lib pora berganlarga xizmat ko‘rsatilish holatlarini jadallashtirishi mumkin.
Iqtisodiy faoliyatni tartibga solish. Xo‘jalik faoliyati mexanizmlarini litsenziyalash va tartibga solish korxonalarga mansabdor shaxslarning “imtiyozli rejim”dan o‘z maqsadlarida foydalanish imkoniyatini yaratadi. Natijada, “foyda”ni davlat amaldorlari bilan bo‘lishish mumkin, ular o‘z navbatida litsenziya berish yoki savdo-sotiqni himoya qilishni o‘z zimmalariga oladilar. Bugungi kunda O‘zbekistonda 355 turdagi faoliyat turlari mavjud bo‘lib, ularni amalga oshirish uchun tegishli litsenziya talab etiladi. Bundan tashqari, faoliyatning 140 turi turli davlat organlari tomonidan taqdim etiladigan ruxsat beruvchi hujjatlar bilan tartibga solinadi.
3.Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va korrupsiyani oldini olish.
Iqtisodiyot tarmoqlaridagi yashirin aylanma darajasini keskin pasaytirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Yashirin iqtisodiyotni qisqartirish va soliq organlari faoliyati samaradorligini oshirish bo‘yicha tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi4 Farmoni qabul qilindi. Ushbu farmonning 4 bobida quyidagi masalalar ko’rib chiqilgan.
Yashirin iqtisodiyotga ta’sir qiluvchi omil sifatida korrupsiyani qisqartirish.
1) Xalq ta’limi vazirligi, Transport vazirligi, Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, «Hududgazta’minot», «Hududiy elektr tarmoqlari», «O‘zsuvta’minot» aksiyadorlik jamiyatlari tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish chora-tadbirlarini kuchaytirishga qaratilgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha samarali ichki nazorat (komplayens-nazorat) tizimini joriy qilish.
2) Markazlashgan moliyalashtirish manbalari hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini majburiy o‘tkazish tartibi to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish.
3) Davlat organlarida, shu jumladan hududlarda korrupsiya darajasini reyting baholash metodikasini ishlab chiqish, shuningdek, reyting natijalarini davriy e’lon qilish hamda rahbarlarining shaxsiy javobgarligini baholash tizimini joriy qilish.
Ushbu reyting davlat organlari faoliyatida korrupsiya ko‘rinishlari mavjudligi xatarini tahlil qilish asosida korrupsiyaga eng moyil bo‘lgan idoralar monitoringini amalga oshirish imkonini beradi. Shuningdek, rahbarlarning shaxsiy javobgarligini baholash va e’lon qilish ularning mas’uliyatini oshiradi.
“O‘zstandart” agentligining Toshkent shaxar sinov va sertifikatlashtirish markazida "Korrupsiyaga qarshi kurashish” mavzusida Toshkent shaxar prokuraturasi xodimlari ishtirokida markaz xodimlari bilan ilmiy-amaliy seminar o‘tkazildi. Unda Toshkent shaxar prokuraturasi xodimi so‘zga chiqib, korrupsiyaning tushunchasi va uning mohiyati, O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurash ahvoli va uning ijtimoiy xavfliligi, xalqaro jamoatchilikni birlashib, korrupsiya muammosiga qarshi kurashish masalalari, 2003 yilning 31 oktyabr kuni BMTning korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasi imzolanishi, 2008 yil 7 iyul kuni birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Birlashgan Millatlar Tashkilotining Korrupsiyaga qarshi kurash konvensiyasiga (Nyu-York 2003 yil 31 oktyabr) qo‘shilishi to‘g‘risida”gi Qonuni5 imzolanishi, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining Maxsus qismi normalarini tahlil qilib, korrupsiya bilan bog‘liq jinoiy qilmishlar uchun javobgarlik belgilanganligi to‘g‘risida ma’lumot berdi. Shuningdek, korrupsiyani oldini olishning choralari va uning asosiy yo‘nalishlari, korrupsiyaning iqtisodiy-ijtimoiy, ma’naviy-ruhiy va tashkiliy-boshqaruv va huquqiy omillari hamda korrupsion jinoyatlar sodir etishini qiyinlashtiruvchi, korrupsion jinoyatlar sodir etishning xatarli bo‘lishini ta’minlovchi va korrupsion faoliyatdan keladigan foydani kamaytirishga qaratilgan choralar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ma’ruzada "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonun loyixasi xaqida aloxida ta’kidlab o‘tildi. 2016 yilning 14 oktyabr kuni Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasining Qonuni loyihasini kiritish haqida qonunchilik tashabbusi bilan chiqdi. Qonun loyihasi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni to‘liq qonuniy tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar hamda fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi qaratilgan chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga, shuningdek korrupsiyani ijtimoiy hayotning barcha sohalaridan to‘liq bartaraf etishga, fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish orqali jamiyatda korrupsiyaning har qanday ko‘rinishlariga toqat qilmaslik muhitini yaratishga qaratilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 83-moddasiga asosan ushbu qonun loyihasi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining muhokamasiga kiritildi. Senatorlar "Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi qonunni ma’qulladi. Yangi qonun korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi huquqiy munosabatlarni har tomonlama tartibga solishga, davlat organlari, tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlari tomonidan amalga oshirilayotgan korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga qaratilganligi ta’kidlandi.6
Ma’ruza so‘ngida yig‘ilishda ishtirok etgan xodimlar o‘zlarining mavzuga oid fikr-mulohazalarini bildirib o‘tishdi va ularning savollariga Toshkent shaxar prokuraturasi xodimlari tomonidan batafsil javoblar berildi.
“Yashirin iqtisodiyot bilan kurashishda “ehtiyotkor” bo‘lish va iqtisodiy faollikka zarar yetkazib qo‘ymaslik zarur. Xufyona iqtisodiyotga qarshi kurashish tadbirkorlar va ishchilarni jazolash, ular faoliyatiga to‘sqinlik qilish degani emas. Bu ayniqsa, pandemiya davrida katta ahamiyatga ega”, deyiladi Prezident murojaatida.


Download 195,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish