4.Mamlakat iqtisodiyotining xavfsizligi va antikorrupsiya siyosati.
Mamlakat iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish va uning xavfsizligini ta’minlashda davlat markaziy o’rin egallaydi. Bu boradagi davlatning vazifalari quyidagilarda o’z ifodasini topadi:
davlatning mikro va makro darajada iqtisodiy tartiblash ko’lamlarini o’z ichiga oladigan tik hamda strategic qarorlarni asoslash, qabul qilish uchun dastaklar bilan ta’minlash;
iqtisodiy va ma’muriy dastak, vosita hamda usullar yordamida iqtisodiy strategiya va joriy dasturlarni amalgam oshirish, erishilgan natijalarni tahlil qilish va baholash, mavjud sharoitlarga mos ravishda ko’rilayotgan chora-tadbirlarga tuzatishlar kiritish;
boshqa mamlakatlar bilan o’zaro aloqalar tizimida himoyalanishni rag’batlantirish rejimlarini ko’zda tutadigan qonunlar va me’yoriy hujjatlarni hayotga tatbiq etish orqali mamlakatning iqtisodiy suverenitetini huquqiy va siyosiy jihatdan himoyalashni ta’minlash;
iqtisodiyotni yuzaga keladigan muammoli vaziyatlarni tezlikda hal qilish uchun davlat boshqaruvi organlari hamda mansabdor shaxslarning huquqlari, vazifalari mas’uliyatini oqilona taqsimlash va ularning o’zaro bir o’lchamdagi faoliyatini uyg’unlashtirish.
Iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlash uchun milliy iqtisodiyotning jahon hamjamiyati bilan takror ishlab chiqarish jarayonlariga to’sqinlik qilmaydigan hamda tahdidlar xavfini keskin kamaytirishga imkoniyat beradigan o’zaro uyg’unlashish sharoitlarini yaratishga intiladi.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlash uchun asosiy mahsulotlar bo’yicha importga bog’liqlikka barham berish, tayyor mahsulotlarni eksport qilishni kuchaytirish lozim. Buning uchun mamlakat iqtisodiyoti tarkibiy tuzilishini tubdan o’zgartirish, xom ashyo, oraliq mahsulotlar ishlab chiqarishga yo’naltirilgan iqtisodiyotni, mahsulotlarni eksport qilishga yo’naltirilgan mahsulotga aylantirish maqsadga muvofiqdir. Shundagina mamlakatning iqtisodiy ahvoli jahon bozorlaridagi konyuktura o’zgarishlariga, resurs baholarining o’zgarishiga bog’liq bo’lmaydi. Shu boisdan, mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan davlat strategiyasi iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgartirishlar qilishga, sanoat, moliya va bank tizimini mustahkamlashga qaratiladi. Buning uchun, texnologik jihatdan orqada qolishga barham berish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish lozim bo’ladi.
O‘zbekistonda davlat xufyona iqtisodiyot bilan qanday kurashmoqchi?
O‘zbekistonda oxirgi yillarda valyuta bozorini erkinlashtirish, yangi soliq islohotlari hamda 100 ga yaqin ruxsat berish va litsenziyalarni qisqartirish natijasida oxirgi 5 yilda sanoatda norasmiy sektor ulushi 20 foizdan 6 foizga tuganligi e’tiborga sazovor.
Jumladan, asosiy e’tibor soliq islohotlarini izchil davom ettirib, yashirin iqtisodiyotga rag‘bat uyg‘otmaydigan soliq stavkalarini joriy etishga qaratilgan. Shu bilan birga, tajribali xorijiy ekspertlarni jalb qilgan holda tadbirkorlarning legal ishlashiga ko‘maklashuvchi alohida tuzilma tashkil etish ko‘zda tutilmoqda. O‘ylaymizki, bu tuzilma soliq stavkalarini optimal darajasi bo‘yicha kerakli takliflar ishlab chiqadi va shu bilan birga, bu stavkalar joriy etilgandan so‘ng barcha tadbirkorlar uchun bir xil o‘yin qoidalari ishlab chiqilishi va amalda ta’minlanishida muhim rol o‘ynaydi.
Shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, bugungi kunga qadar tadbirkorlik sub’yektidan faqatgina 13 foizi onlayn kassa mashinalari bilan ta’minlangan. Bu esa pul mablag‘larining bank tizimidan tashqarida aylanishiga shart-sharoit yaratadi. Buning oldini olish maqsadida 5 milliard so‘m aylanmaga ega bo‘lgan 62 ming korxonani onlayn kassa mashinasidan foydalanishga o‘tkazish taklif qilinmoqda. Shu bilan birga, tegishli idoralarga alkogol, pivo, tamaki mahsulotlari ishlab chiqaradigan 10 ta yirik korxonada markirovkalash tizimini ishga tushirib, 2021 yildan barcha aksiz tovari ishlab chiqaruvchilarda bu tizimni joriy qilish vazifasi yuklanmoqda.9
Xufyona iqtisodiyot va korrupsiya doimo yonma-yon yurishi inobatga olinib korrupsiya muammosini yechish xufyonalikni kamaytirish choralari qatorida ko‘rilmoqda. Jumladan, oxirgi paytlar Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tashkil etildi. Joriy yilda Korrupsiyaga qarshi kurashish xalqaro reytingida O‘zbekiston 5 ta pog‘onaga ko‘tarildi. Ammo, yaqinda Buxoro viloyati Yuqumli kasalliklar shifoxonasi 50 ta kislorod konsentratorini 12 million so‘mdan xarid qilgan bo‘lsa, chet eldan olib kelish narxi 3,2 million so‘mni yoki 4 barobar kam bo‘lgani korrupsiya muammosi hali hanuz islohotlar etagiga bolta soluvchi xavf sifati namoyon bo‘layotganidan dalolat beradi.10
Bundan tashqari, kuni kecha Prezident boshchiligida o‘tkazilgan yig‘ilishda ham yashirin iqtisodiyotni 2 barobar qisqartirish maqsadi qo‘yildi va bunga erishish yo‘llarining konturlari belgilab berildi.
Buni inobatga olgan holda, davlat xaridlari va investitsiya loyihalarida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik maqsadida har bir loyihani amalga oshirishdan avval “korrupsiyaga qarshi ekspertiza” o‘tkazish amaliyotini joriy etish taklif qilinmoqda. Qurilish, Sog‘liqni saqlash va Oliy ta’lim vazirliklari hamda O‘zbekneftgaz, O‘zkimyosanoat va banklarda “komplayens” tizimni oxirigacha joriy etish ko‘zlanmoqda. Bunday amaliyotlar, o‘z navbatida, davlat mulkining talon-taroj bo‘lishini oldini oladi va soliq to‘lovchilarning majburiyatlarini o‘z o‘rnida bajarishlariga to‘sqinlik qiluvchi to‘siqlarni yo‘q bo‘lishiga sharoit yaratadi.
Ko‘p davlat idoralari hali ham eskicha usulda ishlaydi. Raqamli texnologiyalar imkoniyatlaridan unumli foydalanmaydi. Natijada ish unumdorligi va sifati pastligi seziladi. Shuni inobatga olib bojxona nazoratini kuchaytirishda raqamli texnologiyalarni joriy etish ko‘zda tutilmoqda. Natijada “inson omili”ni yo‘qotish orqali kontrabanda va mahsulotlar bojxona qiymatini sun’iy pasaytirib ko‘rsatish holatlariga chek qo‘yish mumkin. Import mahsulotlari bazasini soliq idoralari tizimi bilan integratsiya qilib, bojxonadan keyingi nazoratni muvofiqlashtirish ko‘zda tutilmoqda. Bundan tashqari, elektron hisob-fakturaga import bojxona deklaratsiyasini bog‘lash orqali tovarlarni iste’molchigacha yetkazishning uzluksiz zanjirini yaratish taklif qilingan. “Bojxona auditi” axborot tizimini ishga tushirish rejalashtirilgan.
Iqtisodiyotda band bo‘lgan 13,5 million aholining atigi 4,9 millioni daromad solig‘i to‘lovchisi hisoblanadi. Norasmiy bandlik darajasi qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish, transport va boshqa xizmat ko‘rsatish sohalarida yuqoriligicha qolmoqda. Bu esa yashirin iqtisodiyotni tarmoqlar va sohalar bo‘yicha tahlil qilish ishlarini takomillashtirishni talab etadi.
Oxirgi paytlar aholini o‘zini o‘zi band qilish tizimini soddalashtirib, faoliyat turlari 24 tadan 67 tagacha kengaytirildi. Bu esa xususiy sektorning uchdan bir qismini tashkil etuvchi o‘z o‘zini band qiluvchi aholi qatlami uchun soyadan chiqish va kelajakda pensiya tizimiga ulanish imkonini beradi. Iyul oyining o‘zida 184 ming nafar fuqaro o‘z faoliyatini rasmiy sektorga o‘tkazdi. Tegishli ravishda, tadbirkorlik faoliyatiga ruxsat berish va litsenziyalashda ortiqcha tartib-taomillarni yanada qisqartirish ishlarini davom ettirish ko‘zlanmoqda.
O‘ylaymizki, yuqorida keltirib o‘tilgan asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha ishlarning samarali yo‘lga qo‘yilishi xufyonalik ko‘lamini kamayishi, hamma uchun bir xil raqobat muhiti yaratilishiga, davlat tushumlarining ko‘payishi natijasida ijtimoiy ob’yektlar va ijtimoiy himoya tizimiga ajratiladigan mablag‘larning ko‘payishiga olib keladi.
Korrupsiyani yo‘q qilish uchun avvalambor davlatning iqtisodiyotga keraksiz aralashuvini kamaytirishga, davlat muassasalarida ishchilar sonini optimallashtirishga yo‘naltirilgan bosqichma-bosqich chora-tadbirlarni o‘z ichiga olgan strategiyani ishlab chiqish kerak, bu esa keyinchalik ushbu tashkilotlarda ish haqining oshishiga olib keladi. Kelgusida quyidagi yo‘nalishlarda korrupsiyaga barham berishda kompleks yondashuv bo‘yicha samarali choralar ko‘rish maqsadga muvofiqdir.
Malakali ishchilarni tanlash. Bilim darajasi va korrupsiya o‘rtasida yaqin bog‘liqlik mavjud. Malakaliroq ishchilarning pora olish ehtimoli kamroq. Bunday sharoitda xodimlarni o‘z bilimlari asosida yollashga yondashuv korrupsiyaga qarshi kurashda samarali vosita bo‘lishi mumkin. Shuning uchun davlat xizmatiga kirishga da’vogarlarga nisbatan yagona talablarni ishlab chiqish va ochiq tanlov imtihonlari tizimini joriy etish zarur. Masalan, Janubiy Koreyada hukumat vaqti-vaqti bilan davlat xizmatchilarini tekshiradi. Davlat xizmatchisining 5-darajasini olish uchun imtihon uch bosqichdan iborat. Birinchi qadam nomzodlarning umumiy bilimlarini sinab ko‘rishdir. Imtihonning ushbu bosqichining predmetlari huquq, tarix, chet tili va boshqalar. Ikkinchi bosqich nomzodlarning kasbiy bilimlarini sinab ko‘rishdir. Har bir professional guruh turli predmetlarni bilishni talab qiladi, ammo iqtisodiyot va huquq umumiy fanlardir. Uchinchi bosqichda nomzodning shaxsiy xususiyatlarini tekshirish uchun suhbat o‘tkaziladi.
Xodimlarning motivatsiyasi (ish haqi). Nafaqat iqtisodiy nazariya, balki amaliyot shuni ko‘rsatadiki, ish haqi darajasi korrupsiya sxemalarida ishtirok etishning afzalliklari bilan taqqoslanadigan, qo‘lga tushish xavfini hisobga olmaganda, korrupsiyaning oldini oluvchi asosiy omil hisoblanadi. Shuni hisobga olgan holda, davlat xizmatchilariga xususiy sektor bilan raqobatdosh ish haqi taklif qilinishi kerak. Shuningdek, davlat xizmatchilarining ish faoliyatini baholash tizimi va yuqori lavozimdagi ishchilarga ularning faoliyati samaradorligiga qarab maosh to‘lash tizimini joriy etish zarur.
Jazo (obro‘, jarimalar). Korrupsiya sxemalarida ishtirok etish xarajatlarining kamligi sababli, korrupsiya faolligi o‘smoqda. Korrupsiya uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan chora-tadbirlar korrupsiyani yengishda alohida rol o‘ynashi mumkin, chunki ko‘p hollarda xodim uchun korrupsiya xarajatlari uning asoratlaridan kattaroqdir.
Monitoring (audit va aniqlash imkoniyati). Ko‘pgina davlatlar “pora berish” orqali korrupsiyaga qarshi kurashda audit rolini kuchaytirish zarurligini tan olishadi. Buxgalterlar va auditorlarning global korrupsiyaga qarshi strategiyaga qo‘shadigan hissasini muhokama qilish uchun Xalqaro buxgalterlar federatsiyasi “Buxgalteriya ishi va korrupsiyaga qarshi kurashish” ma’ruzasini e’lon qildi. Yevropa Kengashining Korrupsiyaga oid Jinoyat huquqi to‘g‘risidagi konvensiyasi mamlakatlardan har qanday davlatning mansabdor shaxslariga va’da berish, taklif qilish yoki biron-bir asossiz ustunlik berish uchun jinoiy javobgarlikka olib keladigan milliy qonunlarni qabul qilishga chaqiradi. Bunday jinoyat, shuningdek, buxgalteriya hisobi va hisoboti tartibini qo‘llagan holda davlat xizmatchilarining poraxo‘rligi bilan bog‘liq xatti-harakatlar to‘g‘risida qasddan noto‘g‘ri taqdim etilgan deb hisoblanishi kerak.11
Texnologiyalar (elektron hukumat, jamoat nazorati). “Elektron hukumat”ning to‘laqonli ishlashi davlat xaridlarining aksariyat qismini va aholi, biznes va davlat o‘rtasidagi munosabatlarning butun tizimini shaffof qilish imkonini beradi va bu tarmoqning hajmini sezilarli darajada kamaytiradi. Ikkinchisi biznesni rivojlantirishga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Masalan, Singapurda ko‘plab zarur xizmatlarni, masalan, pasport va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomani uyda zarur shakllarni to‘ldirib, tegishli organlarga elektron pochta orqali yuborish orqali olishingiz mumkin. Hukumat bunday xizmatlarni Internet orqali taqdim etishi odatiy tarz sifatida qabul qilinadi. Shuni ta’kidlash kerakki, agar fuqaro ushbu xizmatlarni olish uchun muassasaga shaxsan tashrif buyursa, u holda ushbu muassasaga alohida ehtiyojsiz kelganlik uchun unga jarima solinadi.
Jamiyat aʼzolarini birday qiynab kelayotgan baloi ofatga qarshi kurashish uchun biz qoʻshni davlatlar tajribasini oʻrganish va saboqlar chiqarish yoʻlida izlanib, Rossiyadagi ahvolni koʻzdan kechirdik: 2000-yillar avvalida ulkan mamlakatning milliy xavfsizligiga korrupsiya xavf sola boshlagach (asosan, yer osti boyliklari va mudofaa sohasi mablagʻlarini talon-toroj qilish), maxsus idora ochildi, mavjud muammolar -xalqaro tajriba bilan taqqoslanib, “homiy” vazifasini bajargan huquq-tartibot organlari, soliq, bojxona xizmati tizimi rahbarlariga keskin choralar koʻrildi.
Ichki ishlar organi tizimi butunlay isloh etildi. Kriminal tarmoqlardagi uzoq yillik korrupsiya holatlari ishonchli dalillar orqali fosh qilinib, yirik jinoiy ishlar ochildi.
Toʻgʻri, B. Yelsin hokimiyati davrida masalaga panja orqasidan qarab kelingan edi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti V. Putin nazoratiga oʻtgan koʻplab maxsus ilmiy markazlar, jamoat tashkilotlari qisqa muddatda vazirliklar va mintaqalardagi korrupsiya darajasini aniqlab oldilar.
Masalan, Moskva hamda markaziy shaharlarda korrupsiya yuqori, uzoq oʻlkalarda kamroq rivojlangan edi. Ayniqsa, sud, prokuratura, ichki ishlar organlarida, oliy oʻquv yurtlarida korrupsion tizim “samarali” ishlaganligi aniqlanib, minglab mansabdor shaxslar lavozimidan ozod qilindi. Bundan xulosa chiqargan tamagir rahbarlar siyosiy vaziyatdan sal choʻchib, oʻzlarini “panaga tortdi”.
Aytish mumkinki, oʻzbek siyosatchilari, davlat arboblari, olimlari oʻrganaman desa dunyo mamlakatlarida bunday jihatlar koʻplab topiladi. Misol uchun, Singapurda pora olishdan bosh tortgan amaldorlarga mukofotlar tarqatiladi. Yaponiya davlat sektori xodimlarining vijdonliligi baholab boriladi. Biz oʻziga xos bunday islohotlar tag-zaminidagi ichki va tashqi omillarni tadqiq etishimiz zarur. Bulardan tashqari, “konfutsiycha kapitalizm”, suxartocha siyosat, Maxatxira (ruxu nigara) gʻoyalarining mazmun-mohiyati ham deyarli oʻrganilmagan.
Xullas, davlat organlarida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurash boʻyicha chora-tadbirlarni joriy etish, aholining korrupsiyaga qarshi qarashlarini shakllantirish boʻyicha xalqaro tajribalar hech qachon zarar qilmagan.
Xulosa
O’zbekistonning 2008 yili BMTning Korruptsiyaga qarshi konventsiyasiga, 2010 yili Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti doirasida qabul qilingan korruptsiyaga qarshi kurash bo’yicha Istanbul harakat rejasiga qo’shilishi – korruptsiyaga qarshi kurashning huquqiy asoslarini yaratishda muhim qadam bo’ldi.
Dastavval korruptsiyaning oldini olish bilan bog’liq qonunchilik bazasini mustahkamlashga qaratilgan Byudjet kodeksi, “Huquqbuzarliklar profilaktikasi to’g’risida”, “Ijtimoiy sheriklik to’g’risida”, “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to’g’risida”, “Tezkor-qidiruv faoliyati to’g’risida”, “Elektron hukumat to’g’risida” va “Parlament nazorati to’g’risida”gi qonunlar qabul qilindi.
Shuningdek, korruptsiyaga qarshi samarali kurash olib borish maqsadida 2017 yil yanvarda “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida”gi O’zbekiston Respublikasi Qonunining qabul qilinishi – davlat organlari va fuqarolik jamiyati institutlarining korruptsiyaga qarshi kuch va imkoniyatlarini birlashtirib, yaxlit tizimni yaratish imkonini berdi.
Oʻzbekistonda bu borada toʻplangan muammolar Rossiyanikiga yaqin turadi, demak, dastlabki tadbirlar ana shu sxema asosida amalga oshirilishi mumkin. Korrupsiya ildiziga bolta urishda jinoyat ishlari boʻyicha sudlar ustuvor mavqeni egallashi lozim, degan fikrdamiz.
Lekin afsuski, MDH davlatlarida kimningdir tazyiqi, koʻrsatmasi yoki tamagirligi, mansabdorning sotib olinishi evaziga sudlarning adolatsiz hukmlar chiqarishi hollari koʻp uchraydi (yurtimiz ham mustasno emas). Sud tizimi siyosiy hokimiyatning itoatgoʻy, tobe organiga aylanishi kasallikning battar gazak olishiga olib keladi.
Jonli misol, mahalliy hokimlarning fuqarolar va yuridik shaxslarga yerni ajratishi, koʻp yildirki, biznesga, kimoshdi savdosiga aylanib, rosa korrupsiyalashganligi bois, ular chiqargan qarorlarning teng yarmi, qariyb 2000 tasi sudlar tomonidan bekor qilingani, soʻng deputatlar qistovi bilan mazkur vazifaning geokadastr tashkilotiga oʻtkazilgani shu sohada tashlangan dadil qadam boʻldi. Bulardan tashqari, oʻnlab vakolatlar jamoat tashkilotlari ixtiyoriga topshirildi. Ishonamizki, bunday demokratik jarayon davom ettiriladi.
Mamlakatimizda ham siyosiy, ham iqtisodiy islohotlarni hayotga tatbiq etish paytida korrupsiya jiddiy toʻsiq boʻlayotgani jamoatchilikni tashvishga solmoqda. Shu bois Yurtboshimiz boshlab bergan jamiyatni demokratlashtirish, modernizatsiyalash jarayonlari qiyinchilik bilan davom etmoqda. Iqtisodiyotning investitsiya kiritilgan, “pul ishlaydigan”, birmuncha “yogʻli” tarmoqlariga oʻrnashib olgan “korrupsiya halqasi” milliy taraqqiyotimizning dushmani, jamoat nazorati esa ularga qarshi kurashda ojizlik qilayotgani ham afsuski bor gap. Mamlakatda korrupsiya sxemalari, mehnat qilmasdan tezda boyib qolish mexanizmlari, ishlangan usullari “zanjiri” uzib tashlanmas ekan, davlatimizning har qanday siyosiy, iqtisodiy islohotini hayotga olib kirish, xalqni farovon qilish vazifasi qogʻozda qolib ketaveradi.12
Shu oʻrinda yana bir toifa haqida alohida toʻxtalib oʻtish zarur, deb hisoblaymiz. Maʼlumki, 1990-yillar boshida mustaqillik yoʻliga oʻtgan yosh davlatlarda modernizatsiyalash tabiiy boʻlmagan jarayonni oʻz boshidan kechirdi. Barcha koʻrsatkichlar gazetalarda yozilganday “silliq” emas, balki notekis kechayotgani koʻpchilikka maʼlum edi. Chunki davlat bosh islohotchilikni boʻyniga olgan boʻlsa-da, uni amalga oshiruvchi institut byurokratiya qoʻlida qolgandi. Apparatchi byurokratlar sinfi sotsializm hukm surgan eski davrlarni koʻp qoʻmsaydi, yangilikni xohlamaydi. Masalani shu jihatdan xolis tahlil qilganimizda, byurokratiyaning hokimiyatga “taʼsiri” korrupsionerlardan kam emasligi ayon boʻladi.
Korrupsiya va milliy taraqqiyot masalasi — yurt taqdiri, mamlakat kelajagi uchun har qachongidan muhim va dolzarb ahamiyat kasb etadi. Sababi yurtimiz aholisi bir asrlik mustamlakachilik davrida yoʻqotilgan moddiy hamda maʼnaviy boyliklar oʻrnini qayta tiklash, iqtisodiyotni rivojlantirish, milliy oʻzlikni asrash yoʻlida kechayu kunduz mehnat qiladigan davr keldi.
Yaponlar ham, xitoyliklar ham, singapurliklar ham xalq ruhiyatini saqlab qolish, diniy qadriyatlarni mustahkamlash, vatanparvarlik mafkurasini ongga singdirish orqali milliy taraqqiyotga erishdi. Biz ham shu nurli yoʻldan yurishga munosib xalqmiz. Zero, ozodlik, erkinlik yaratgan boy imkoniyatdan toʻlaqonli foydalanish Oʻzbekistonda korrupsiya muammosi yechilishiga, qolaversa, uchta hokimiyatning oʻzaro tiyib turish tamoyiliga nechogʻli amal qilishiga chambarchas bogʻliq boʻladi.
Muxtasar aytganda, korrupsiya — taraqqiyot kushandasi, xavfsizlikka tahdid tugʻdiruvchi xavfli jinoyat. Bu illatga qarshi kurashish tegishli organlarninggina emas, barchaning ishi boʻlishi zarur. Shundagina biz ushbu xavfni bartaraf etgan boʻlamiz.
Bojxona organlarida shaxsiy tarkibning kasbiy odob-axloq printsiplari va xulq-atvor qoidalarini belgilash, shaxsiy tarkib orasida huquqbuzarliklarni oldini olishga qaratilgan “O’zbekiston Respublikasi Davlat bojxona xizmati organlari xodimlarining odob-axloq qoidalari” to’g’risida DBQning 2016 yil 28 martdagi 66-buyrug’i qabul qilindi.
2018 yil 12 aprel kuni qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasi davlat bojxona xizmati organlari faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi Farmonga binoan, bojxona organlari tizimida korruptsiya ko’rinishlariga murosasiz munosabatni shakllantirish, xalqning ishonchini mustah-kamlash va davlat bojxona xizmati obro’sini oshirish O’zbekiston Respublikasi bojxona organlarini isloh qilishning muhim yo’nalishlaridan biri sifatida belgilandi.
Davlat bojxona qo’mitasi veb-saytida “Korruptsiyaga qarshi kurash” nomli maxsus rukn tashkil qilinib, shu mavzudagi xabar va yangiliklar joylashtirib kelinmoqda.
Korruptsiyaning oldini olishga oid funktsional vazifalarini amalga oshiruvchi bo’lim, guruhlar tomonidan tegishli nizom va yo’riqnomalar asosida zarur chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O’z xavfsizlik boshqarmasi va uning hududiy tarkibiy tuzilmalari shaxsiy tarkib o’rtasida qonunchilik va xizmat intizomga rioya etilishini ta’minlashga qaratilgan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshiradi, salbiy holatlar bo’yicha xizmat tekshiruvlari o’tkazadi.
O’z navbatida, bojxona organlarida korruptsiyani oldini olishga qaratilgan ishlarni samarali tashkillashtirish maqsadida Qo’mita rahabtiyati tomonidan muhim vazifalar belgilab olingan. Bular jumlasiga:
– idoraviy korruptsiyaga oid huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan ichki dasturni ishlab chiqish va uni barcha darajadagi bo’lim-postlarda samarali amalga oshirish;
– rahbarlar nazoratiga shaxsiy tarkib o’rtasida korruptsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklarning oldini olish, ularni sodir etilishiga sabab
va sharoitlarni aniqlash va bartaraf etish majburiyatini kiritish;
– korruptsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklarni sodir etganligi uchun harbiy xizmatdan bo’shatilgan va lavozimidan chetlashtirilgan shaxslar haqida xizmatda foydalanish uchun mo’ljallangan film-roliklar tayyorlash va shaxsiy tarkib o’rtasida namoyish etish;
– shaxsiy tarkib orasida korruptsiya bilan bog’liq huquqbuzarliklar profilak-tikasini amalga oshiruvchi tarkibiy bo’linmalar faoliyatining samaradorligini baholash mezonlarini ishlab chiqish va boshqalar.
Xulosa o’rnida ta’kidlab o’tish joizki, korruptsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan har bir me’yoriy hujjat ertangi O’zbekistonning hayotida korruptsiya degan illatning tamoman yo’qolishiga qo’yilayotgan katta qadamlardir.
Do'stlaringiz bilan baham: |