Kurs ishining dolzarbligi: Uzluksiz funksiyalar fazosi zamonaviy matematika va boshqa tabiiy fanlarning asosiy obyekti hisoblanadi. Chunki uzluksiz funksiyalar bilan ishlash (integrallash, differensiallash, dinamik sistema qurish) matematikda eng qulaydir. Bu fazolarda o’lchovlarning kuchsiz yaqinlashishini tekshirish orqali bir qator nazariy (ehtimollar nazariyasidagi taqsimotlarning yaqinlashishi, limit teoremalar, funksional analizda o’lchovlarning limitini topish) va amaliy (fizikada sistemalar fazasining almashishlari, Gibbs o’lchovlarnining limitik xossalarini o’rganish) masalalar hal qilinadi. Jumladan bakalavryatda ushbu mavzu alohida va to’laligicha o’tilmaydi. Shu sababli bitiruv malakaviy ishida ko’rilgan masalalar juda dolzarbdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |