2.2 Konversiyaning qo'llanish o'rinlari.
Konversiya – biror lug‘aviy asosni so‘z hosil qilishning boshqa paradigmasiga o‘tkazib yangi so‘z yasashdir. Konversiya (la conversion) – so‘z yasash usullaridan biri hisoblanadi. Bu usul orqali hech qanday formal o‘zgarishsiz so‘zlar o‘zining grammatik kategoriyasini o‘zgartiradi va yangi ma’no (leksik va grammatik) kasb etadi. U zamonaviy fransuz tilida eng unumdor usullardan biri bo‘lib hisoblanadi. So‘z yasashning bu usuli fransuz tilida “la conversion” deb ataladi. Bundan tashqari “la dérivation impropre”, “la dérivation implicite” yoki “la dérivation zéro” deb ham atashadi. Sifat turkumiga xos so`zlar boshqa turkum so`zlari bilan muntazam qo`llanishi natijasi o`laroq shu turkumga xos lingvistik xususiyatlarni ham o`zida kasb eta borganligi, natijada boshqa turkum so`zlari guruhidan o`rin olganligiga guvoh bo`lamiz. Umuman, bir turkum so`zi boshqa turkum so`ziga ko`chganda bir vaqtlar bir turkumda bo`lib, til taraqqiyoti natijasida ikkinchi turkumga o`tgan so`z nazarda tutiladi. Hozirgi fransuz tilida so`z turkumlararo ko`chishning quyidagi turlari mavjud: 1.Otlanish (Substantivatsiya), 2. Sifatlanish (Adjektivatsiya), 3. Sonlanish (Numerilizatsiya), 4. Olmoshlanish (Pronominalizatsiya), 5. Ravishlanish (Adverbializatsiya),6.Fe’llanish (Verbalizatsiya),7.Tasviriylanish(Essivatsiya)8.Undovlanish(Interyektivatsiy), 9.Modallashish,10.Ko`makchilashish,11.Bog`lovchilansh, 12.Yuklamalashish (Partikulyatsiya). Har qanday tildagi so`z turkumlari ko`chish hollarini bevosita tahlil qilayotganda bu masalaning ikki ajralmas tomoni: o`sha so`z turkumining boshqa so`z turkumlariga ko`chishi va boshqa so`z turkumlarining mazkur so`z turkumga ko`chishini nazardan qochirmaslik kerak, chunki til birligining nutqda amal qilinishi va so`z turkumlararo aloqaning ro`yobga chiqishida ko`chishning har ikki turining qiymati tengdir. So`zlar bir turkumdan ikkinchi turkumga o`tganda mazkur so`zning grammatik mohiyati, qisman ma’nosi o`zgaradi. Otning sifatga ko`chishi ham shunday hodisadir. Turdosh leksika sathi va atoqli otlar sathidagi konversiyani ajratib atashning ahamiyati shundaki, toponimiyaga doir ko‘pgina ishlarda konversiya usulining bu ikki tipi farqlanmasdan, qorishtirib talqin qilinadi. Onomastik konversiya atoqli ot yasashning shunday usuliki, bunda tilida avvaldan tayyor so‘z shakllari atoqli otlik vazifasiga ko‘chadi. Masalan: La Russe, le parisien, coréen, Indienne kabi. Atoqli ot vazifasiga o‘tayotgan leksema turdosh leksika yoki atoqli ot bo‘lishi mumkin. Atoqli otning qanday lug‘aviy negizdan yasalayotganligi, albatta, ma’lum bir farqlarga ega hisoblanadi. Chunki turdosh so‘zning atoqli otga ko‘chishi birinchi bosqich konversiya (nomlanish) bo‘lsa, atoqli otning boshqa atoqli ot vazifasiga o‘tishi ikkinchi bosqich konversiya (masalan, le parisien nomi bilan shaharning nomlanishi va shu yerlik aholining nomi) yoki uchinchi bosqich konversiya hisoblanadi. b) lotin tilidan rus tili orqali o‘zlashgan terminlar. Umuman, lotin tili rus tili leksikasining boyishida o‘ziga xos o‘rin egallaydi. Ayniqsa, ilmiy-texnikaviy hamda ijtimoiy-siyosiy sohalarga oid terminologiyada grekcha o‘zlashmalarning ta’siri sezilarli darajada bo‘lgan. Rus tiliga lotincha o‘zlashmalar polyak va ukrain tillari orqali kirib kelgan va bu jarayon, asosan, XVI - XVIII asrlarga to‘g‘ri keladi. Lotin tilidan rus tili orqali o‘zbek tiliga aynan o‘zlashgan terminlarning asosiy qismi rus tilidagi shakl va shamoyili bilan bir xildir. Masalan: avtor au(c)tor - yaratuvchi), vokabula (vocabulum - so‘z), interlinьyaj (inter - oralig‘ida, o‘rtasida va linea - chiziq, chegara), illyustratsiya (illustratio - yoritish, ko‘rgazmali tasvirlash), inkunabula (incunabula - yosh bolalik davri; ilk qadam), kaptal (capitellum - bosh, kallak), korrektor (corrector - to‘g‘rilovchi, tuzatuvchi), korrektura (correktio, correctura - to‘g‘rilash, tuzatish), kontrtitul (contra - qarshi va titulus - yozuv, sarlavha), konvolyut (convolutus - birlashtirilgan, o‘ralgan), kodeks (codex - kitob), kapitelь (capitellum - bosh), litera (lit(t)era - harf), manuskript (manuscriptum: manus - qo‘lva seribo- yozaman), «ligatura»(ligatura o‘zaro bog‘lash), referat (refero - xabar beraman), reproduktsiya (re - lotin tilidagi old qo‘shimcha bo‘lib, yangilash, harakatni takrorlash kabi ma’nolarni ifodalaydi va productio - ishlab chiqarish hamda asar), rotator (roto - aylantiraman > rotator - aylantiruvchi), seriya (series - qator), signatura (signatura - ifodalamoq, ko‘rsatmoq), ekslibris (ex libris - kitobdan) va h.z.
v) fransuz tilidan rus tili orqali o‘zlashgan terminlar: tiraj (tirage» - nusxalash, bosish), medievalь (medieval - O‘rta asrga oid), buklet («bouclette» – bejirim uzuk, halqacha), broshyura («brocher» - tikmoq > «brochure» - tikilgan), deshifrovka («dechiffrer» - o‘ylab topish, echish), jurnal («journal» - kundalik, gazeta), papьe-mashe («papier mache» - ezilgan qog‘oz) va boshqalar.
g) nemis tilidan rus tili orqali o‘zlashgan terminlar: diamant («Diamant» - olmos): sahifadagi jadval ustunlari sarlavhalarini terishda qo‘llanadigan 4 punktli kegldan iborat bosmaxona harfini ifodalaydi, ushbu so‘z frantsuz tilida ham mavjud va ayni ma’noda qo‘llanadi; lyasse («Lesereichen» - lentali xatcho‘p), dekel («Deckel» - qoplama) va boshqalar. Shu o‘rinda aytib o‘tmoqchimizki, nemis tilining boshqa tillarga nisbatan qo‘shma so‘z yasash imkoniyatlari ancha keng. Masalan, shunday fikrlar ham borki, slavyan tillari uchun qo‘shma so‘zlar yasalishi u qadar xarakterli hisoblanmaydi. Nemis tiliga xos bo‘lgan bu qulaylik bu tilda tuzilishiga ko‘ra ixcham va mohiyatan aniq bo‘lgan terminologik tamoyilning asosiy talablariga javob beruvchi qo‘shma so‘z shaklidagi terminlar miqdorining sezilarli darajada ko‘p bo‘lishiga olib keldi. Ba’zida nemis tili ichki qonuniyatlari asosida qo‘shni yoki qarindosh til elementlaridan foydalangan holda ham qo‘shma so‘zlar yasalaveradi.
Хulosa
Xulosa o‘rnida shuni aytish mumkin-ki, fransuz tilida so‘z yasash tizimi tilning leksik qatlamini boyitishda ichki manbaning rolini muhim ekanligini ko‘rsatuvchi asosiy mezon bo‘lib hisoblanadi. Qolaversa, tildagi so‘z yasash usullarining bir necha xil ekanligi ham bu omilning yangi leksik yasashdagi o‘rnini ko‘rsatib beradi. Boshqa tillardagi kabi fransuz tilida ham so‘z yasashning bir necha xildagi turi mavjud bo‘lib, ularning o‘ziga xos qonuniyatlari mavjuddir. Bularning orasida qo‘shimchalar orqali so‘z yasash, so‘zlarni qisqartirish orqali yangi so‘z hosil qilish ya’ni abrevyatura va konversiya kabi usullarni alohida o‘rganish talab etiladi. Har qanday tildagi so`z turkumlari ko`chish hollarini bevosita tahlil qilayotganda bu masalaning ikki ajralmas tomoni: o`sha so`z turkumining boshqa so`z turkumlariga ko`chishi va boshqa so`z turkumlarining mazkur so`z turkumga ko`chishini nazardan qochirmaslik kerak, chunki til birligining nutqda amal qilinishi va so`z turkumlararo aloqaning ro`yobga chiqishida ko`chishning har ikki turining qiymati tengdir. So`zlar bir turkumdan ikkinchi turkumga o`tganda mazkur so`zning grammatik mohiyati, qisman ma’nosi o`zgaradi. Otning sifatga ko`chishi ham shunday hodisadir. Turdosh leksika sathi va atoqli otlar sathidagi konversiyani ajratib atashning ahamiyati shundaki, toponimiyaga doir ko‘pgina ishlarda konversiya usulining bu ikki tipi farqlanmasdan, qorishtirib talqin qilinadi. Masalan, shunday fikrlar ham borki, slavyan tillari uchun qo‘shma so‘zlar yasalishi u qadar xarakterli hisoblanmaydi. Nemis tiliga xos bo‘lgan bu qulaylik bu tilda tuzilishiga ko‘ra ixcham va mohiyatan aniq bo‘lgan terminologik tamoyilning asosiy talablariga javob beruvchi qo‘shma so‘z shaklidagi terminlar miqdorining sezilarli darajada ko‘p bo‘lishiga olib keldi.Onomastik konversiya atoqli ot yasashning shunday usuliki, bunda tilida avvaldan tayyor so‘z shakllari atoqli otlik vazifasiga ko‘chadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |