II-BOB Konversiya turlari
2.1 Boshqa so‘z turkumlarda konversiya jarayoni.
Fransuz tilida sifat so‘z turkumi bilan bir qatorda ot va fe’l so‘z turkumlarida konversiya jarayoni ko‘p uchraydi. Mashhur tilshunos Delfin Tribu (Delphine Tribout) ushbu mavzu yusadidan ilmiy izlanishlar olib brogan va ko‘plab ilmiy asarlar yaratgan. Jumladan uning “Les conversions de nom à verbe et de verbe à nom en français” (Fransuz tilida otdan fe’lga va fe’ldan otga o‘tish holatida konversiya) qo‘llanmasi fikrimizning yorqin dalili bo‘la oladi.4 U o‘sarida konversiyga shunday ta’rif beradi : “ La conversion est un procédé morphologique de formation d’unités lexicales, illustrée par les exemples en (1), au même titre que les procédés affixaux comme, par exemple, la suffixation en -iser formant des verbes dénominaux (cf. (2a)) et la suffixation en -age formant des noms déverbaux
b. laver > lavage
La conversion diffère cependant des procédés affixaux sur deux points essentiels :
a. elle est transcatégorielle, contrairement à l’affixation qui peut construire des unités de même catégorie que la base (cf. lire > relire, maison > maisonnette) ;
b. elle construit des unités lexicales phonologiquement indistinguables de leur base. À l’opposé, l’affixation marque formellement le dérivé comme différent de sa base”.5
U ushbu asarida konversiyaga uchragan so‘zlarni atroflicha, aniqroq qilib aytganda, semantik, morfologik va sintaktik jihatdan analiz qilib o‘rganib chiqadi. Asaridagi bir bobni ushbu analizlarga bag‘ishlaydi. U o‘zining asarida konversiya haqida gapirar ekan, fransuz tilida fe’l so‘z turkumidan ot so‘z turkumiga o‘tish holatlarini alohida ta’kidlab o‘tadi. Zamonaviy fransuz tilida bu holat juda ko‘p hollarda uchraydi. Bunday jarayon suffeks, prefekslar yordamida amalga oshadi.
Masalan:a. bas>baisser>baisse,
carré>carrer>carre,
lissea>lisser>lissen – kabi;
“bas>baisser>baisse” – misolida ko‘rishimiz mumkinki dastlab sifatdan (bas) fe’l so‘z turkumi (baisser) hosil qilingan, keyin esa fe’ldan ot so‘z turkumi (baisse) hosil qilinmoqda.
Bundan tashqari fransuz tilida konversiya jarayonida ot so‘z turkumidan fe’lga va undan ya’na o‘zgargan holda boshqa yangi bir ot holida qaytish holatlarini ham uchratish mumkin.
Masalan :
bagot (nom)>bagotter (verbe)>bagotte (nom),
déclenche (nom)>déclencher (verbe)>déclenche, (nom)
groin (nom)>grogner (verbe)>grogne (nom)
jour (nom)>ajourer (verbe)>ajour, (nom)
rive (nom)>dériver (verbe)>dérive, (nom)
bout (nom)>embouter (verbe)>embout (nom)
char (nom)>charroyer (verbe)>charroi, (nom)
patte (nom)>patouiller (verbe)>patouille (nom)
Bir qarashda bu holar shunchaki oddiy qo‘shimchalar yordamida so‘z yasash kabidek ko‘rinadi, lekin tilshunosh Delfin Tribu bu holatni konversiya sifatida asariga kirgizgan6.
Zamonaviy fransuz tilida so‘z yasashning bu usulidan foydalanish keng ommalashgan va bu holatda so‘zning bajargan grammatik vazifasi ham o‘zgarib ketadi ya’ni uning bajarayotgan sintaktik vazifasi ham o‘zgaradi. Bundan tashqari bu holatda unga beriladigan so‘roq ham boshqasiga o‘zgaradi.
Masalan:
a. Jean a fait tomber une agrafe.
b. Jean agrafe les feuilles ensemble.7
Birinchi misolda “agrafe” so‘zi ot so‘z turkumi bo‘lib, uning gapdagi sintaktik vazifasi COD ya’ni to‘ldiruvchi bo‘lib kelmoqda. Agar biz bu gap bo‘lagiga savol bermoqchi bo‘lsak qu’est-ce que so‘rog‘idan foydalanamiz. Ikkinchi misolda esa “agrafe” so‘zi fe’l so‘z turkumi bo‘lib kelmoqda. Bu esa tabiiy ravishda uning sintaktik vazifasini o‘zgarishiga olib kelgan va u gapda prédicat ya’ni kesim bo‘lib kelmoqda. Va buning natijasi o‘laroq uning so‘rog‘I ham o‘zgarmoqda ya’ni unga endi inversiya yoki “est-ce que” konstruksiyasi bilan savol berish mumkin.
Yoki yana bir boshqa misolni ko‘rib chiqsak:
a. Marie aime la marche. b. Marie marche beaucoup. Ushbu misollarda ham ko‘rishimiz mumkinki, birinchi gapdagi “marche” so‘zi ot so‘z turkumi holida, keyingi gapda esa fe’l so‘z tukumi bo‘lib kelmoqda. Buning natijasi sifatida esa ularning gapdagi sintaktik vazifasi ham, so‘rog‘i ham boshqa-boshqa bo‘lib keladi. Bunaqa misollarni ko‘plab keltirish mumkin. Masalan:
1. a. Adam a mis de la colle partout.
b. Adam colle les photos dans l’album.
2. a. Paul danse au cabaret tous les dimanches soirs.
b. Paul aime la danse.
Konversiya atamasi so‘z yasalishiga oid adabiyotlarda hozirga qadar so‘z yasashning leksik-semantik usuli yoki leksik-grammatik usuli deb yuritib kelinadi. Oddiy so‘zlar, ya’ni turdosh leksikaning konversiya usulida yasalishini atoqli otlarning shu usulda yasalishidan farqlash maqsadida atoqli otlar tizimidagi konversiya – onomastik konversiya deb yuritiladi.
Fransuz tilida ot so‘z turkumi doirasidagi konversiya jarayoni boshqalarga qaraganda qiziq holatlarga boy hisoblanadi. Masalan atoqli otning turdosh otga aylanish holatini uchratishimiz mumkin, xuddi o‘zbek tilida bo‘lgani kabi.
Masalan :
a.Eugène Poubelle était préfet de la Seine de 1883 à 1896.
b. Des souris se sont cachées derrière la poubelle.
Birinchi gapda “poubelle” so‘zi atoqli ot sifatida ya’ni shaxs nomi bo‘lib kelmoqda va bosh harf bilan berilgan. Ikkinchi gapda esa “poubelle” so‘zi turdosh ot bo‘lib ya’ni narsa-buyum nomini ifodalab kelmoqda va kichik harf bilan berilgan. Bu esa ularga beriladigan so‘roqning o‘zgarishiga ham sabab bo‘lib hisoblanadi. Ot so‘z turkumidagi bunday konversiya jarayoni ko‘plab tilshunoslar tomonidan o‘rganilgan va unga doir ilmi ishlar qiligan. Buning sababi esa bu juda qiziq mavzu bo‘lib hisoblanadi.
Turdosh leksika sathi va atoqli otlar sathidagi konversiyani ajratib atashning ahamiyati shundaki, toponimiyaga doir ko‘pgina ishlarda konversiya usulining bu ikki tipi farqlanmasdan, qorishtirib talqin qilinadi. Onomastik konversiya atoqli ot yasashning shunday usuliki, bunda tilida avvaldan tayyor so‘z shakllari atoqli otlik vazifasiga ko‘chadi. Masalan: La Russe, le parisien, coréen, Indienne kabi. Atoqli ot vazifasiga o‘tayotgan leksema turdosh leksika yoki atoqli ot bo‘lishi mumkin. Atoqli otning qanday lug‘aviy negizdan yasalayotganligi, albatta, ma’lum bir farqlarga ega hisoblanadi. Chunki turdosh so‘zning atoqli otga ko‘chishi birinchi bosqich konversiya (nomlanish) bo‘lsa, atoqli otning boshqa atoqli ot vazifasiga o‘tishi ikkinchi bosqich konversiya (masalan, le parisien nomi bilan shaharning nomlanishi va shu yerlik aholining nomi) yoki uchinchi bosqich konversiya hisoblanadi. Onomastik tizimda hatto to‘rtinchi bosqich va undan ortiq bosqichli konversiyalar ham uchrashi mumkin.
Toponimik sistema ichidagi mikrosistemalarga mansub (masalan, antroponomiya, etnonimiya, toponimiya va b.) nomlarning bir-biriga o‘tishi tashqi transpozitsiya, aksincha, bitta sinf, razryadga mansub nomning (masalan, toponimning toponimga) o‘tishini ichki transpozitsiya, turli leksik kategoriyalar (turdosh leksika) dan toponim yasalishini kategoriyalararo transpozitsiya hisoblanadi.
Keltirilgan uchta tamoyilda ham konversiya hodisasi mavjud bo‘lib, kategoriyalararo transpozitsiyada apellyativ toponegizdan toponim yasalsa, tashqi transpozitsiyada antropotoponimlar, etnotoponimlar hosil qilinadi. Ichki transpozitsiya esa topotoponimlarni yuzaga keltiruvchi jarayon hisoblanadi. Albatta yuqorida qayd etilgan tamoyillar o‘zaro farqlidir.
Ichki konversiya onomastika tizimining o‘z ichida yangi nom yasash jarayoni bo‘lib, bunda atoqli otlarning turli ko‘rinishlari toponimlik vazifasiga o‘tadi.
Turdosh leksikadan toponimlarning yasalishi, aniqrog‘i apellyativ leksikaning joy nomi funksiyasiga o‘tishi tashqi konversiya bo‘lib xizmat qiladi. Chunki bu holat nom onomastik sistemasidan tashqarida bo‘lgan lug‘aviy zahiralardan hosil bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |