O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM
VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
“SOLIQLAR VA SOLIQQA TORTISH” KAFEDRASI
“Soliq va soliqqa tortish” fanidan
KURS ISHI
Mavzu:Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig’i va uning soliq tizmidagi o’rni
Bajardi:
Ilmiy rahbar:
Reja:
Kirish
Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig'i to'lovchilari, soliq solish ob'yekti va bazasi.
Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig'i stavkalari va soliqdan imtiyozlar.
Yer solig'ini xisoblab chiqarish tartibi va budjetga to'lash muddatlari
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish
Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o’tish tamoyillari va uning keyingi bosqichlarida ustuvor yo’nalishlarning belgilanishi, ayniqsa ijtimoiy – siyosiy hayotni, iqtisodiyotni bir qancha sohalarini, jumladan soliq tizimi ham isloh qilishni boshladi.
O’zbekiston Respublikasi prezidentining “2017-2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi” jamiyat hayoti barcha sohalari uchun asosiy dastur bo’lib hisoblanadi.
Prezidentimiz so‘nggi yillarda soliq maʼmuriyatchiligining tubdan o‘zgarayotganligini qayd etib, erishilayotgan natijalar ortida davlat soliq xizmati xodimlarining mashaqqatli va sermahsul mehnati borligini taʼkidladilar. Prezidentimiz tomonidan olib borilayotgan oqilona siyosat asosida sohada tub islohotlar amalga oshirildi. Shu bilan birga, Davlatimiz Rahbari navbatdagi muhim vazifalarni belgilab berdilar.
Jumladan, Soliq organlari xizmat ko‘rsatishga transformatsiya qilinganini taʼkidlab, endilikda soliq xizmati organlari tadbirkorga ko‘makchi, maslahatchi va yordamchi bo‘lishini oldimizdagi eng muhim vazifa etib belgilab berdilar.
Hurmatli Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi so‘zsiz taʼminlanadi va biz soliq organlari transformatsiyasini davom ettiramiz. Bunda tadbirkorlarimizga ko‘makchi bo‘lish asosiy tamoyil bo‘lib saqlanib qoladi va bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Prezidentimizning Davlat soliq qo‘mitasiga shaxsan tashrif buyurib, soha xodimlari bilan yuzma-yuz uchrashishini butun soliq tizimining yuksak darajadagi eʼtirofi deb bilamiz. Bunday eʼtirof o‘z navbatida bizga katta masʼuliyat yuklaydi.
Oʼzbekiston Respublikasining “2022 yil uchun Oʼzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti toʼgʼrisida”, “Oʼzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga oʼzgartish va qoʼshimchalar kiritish toʼgʼrisida”gi Qonunlari, shuningdek Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasining “2022 yil uchun Oʼzbekiston Respublikasining Davlat byudjeti toʼgʼrisida”gi Qonuni ijrosini taʼminlash chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori qabul qilinganligi munosabati bilan Oʼzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2022 yilda yuridik va jismoniy shaxslarga soliq solish tartibiga kiritilgan asosiy oʼzgarishlarni maʼlum qiladi.
Soliq stavkalari boʼyicha: Qoʼshilgan qiymat soligʼi (15%), foyda soligʼi (15%, alohida toifalar uchun – 20%), jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʼi (12%), qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlar uchun yer soligʼi (0,95%), ijtimoiy soliq (byudjet tashkilotlari – 25%, qolganlar – 12%), aylanmadan olinadigan soliq (bazaviy stavka – 4%) boʼyicha stavkalar saqlanib qolinmoqda.
Yer soligʼi boʼyicha:
1.Yuridik va jismoniy shaxslardan yer soligʼini hisoblash va toʼlash tartibi, shuningdek qishloq xoʼjaligiga moʼljallangan yerlar uchun qishloq xoʼjaligi yerlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorida belgilangan soliq stavkasi saqlab qolinmoqda.
2.Qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yerlar uchun 2021 yilda amalda boʼlgan yer soligʼining bazaviy stavkalari oʼrtacha 1,07 baravarga indeksatsiya qilinmoqda. Bunda soliq stavkalarining aniq miqdorini mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan bazaviy stavkalar asosida tumanning iqtisodiy rivojlanishi va nufuzidan kelib chiqib oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsientlarni qoʼllagan holda aniqlash tartibi saqlab qolinmoqda.
3.Soliq yukining keskin oshishiga yoʼl qoʼymaslik maqsadida, 2022 yilda jismoniy shaxslar (tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan yer uchastkalaridan tashqari) uchun hisoblangan soliq summasi 2021 yilda hisoblangan soliq summasining 1,3 baravaridan oshmasligi lozimligi belgilandi.
4.Pasaytirilgan soliq stavkasini bazaviy soliq stavkasiga bosqichmabosqich yetkazish davom etmoqda. Buning uchun Soliq kodeksining 429moddasida nazarda tutilgan yuridik shaxslarning alohida obʼektlar bilan band boʼlgan yer uchastkalari uchun soliq stavkalariga nisbatan qoʼllaniladigan pasaytiruvchi koeffitsient 0,25 dan 0,3 gacha oshirilmoqda. Yagona ishtirokchilari nogironligi boʼlgan shaxslarning jamoat birlashmalaridan iborat boʼlgan yuridik shaxslarga nisbatan ushbu toifadagi soliq toʼlovchilar uchun soliq yukini 2021 yil darajasida saqlab qolish maqsadida, yer soligʼi stavkasiga 0,25 koeffitsienti saqlab qolinmoqda. Liniyali obʼektlarga nisbatan (Soliq kodeksining 429-moddasi oltinchi qismining ikkinchi-beshinchi xatboshilari) respublikaning har bir tumani va shahri boʼyicha oʼrtacha belgilangan soliq stavkasiga 0,3 koeffitsienti qoʼllaniladi. Har bir tuman va shahar boʼyicha oʼrtacha soliq stavkasi qishloq xoʼjaligi uchun moʼljallanmagan yer uchastkasi joylashgan joydagi soliq organi tomonidan xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlari belgilagan soliq stavkalari asosida aniqlanadi hamda ular har yili 5 yanvarga qadar soliq toʼlovchilar eʼtiboriga yetkaziladi.
5.Qonun hujjatlarida yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʼiga nisbatan oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yoʼli bilan taʼsir choralari qoʼllanilishi mumkin boʼlgan obʼektlarni soliqqa tortish tartibi saqlanib qolinmoqda. Bunda, ushbu yer uchastkalariga Soliq kodeksining 428-moddasida koʼrsatilgan soliq imtiyozlari tatbiq etilmaydi.
6.Geologiya-qidiruv va (yoki) qidiruv ishlari uchun ajratilgan yer uchastkalari yuridik shaxslardan olinadigan yer soligʼi soliq solish obʼektidan chiqarib tashlanmoqda.
7.Soliq toʼlovchilarga qishloq xoʼjaligiga moʼljallanmagan yerlar uchun yer soligʼi boʼyicha joriy soliq davri uchun soliq hisobotlarini 2022 yil 1 fevralga qadar taqdim etish huquqi berilmoqda. Bunda, ushbu soliqni toʼlash, aylanmadan soliq toʼlovchilar toifasiga kirmaydigan soliq toʼlovchilar tomonidan yillik summaning oʼn ikkidan bir qismi miqdorida 2022 yilning 20 yanvariga qadar amalga oshiriladi Men, o‘z navbatida, davlat soliq organlarida sidqidildan samarali mehnat qilayotgan barcha xodimlarga, ayniqsa, soliq metodologiyasi, soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish, soliq nazoratini amalga oshirish, shuningdek, zamonaviy IT texnologiyalarini joriy etishda jonbozlik ko‘rsatayotgan xodimlarga alohida minnatdorligimni bildiramanIqtisodiy islohotlarning chuqurlashib borishi, O’zbekiston Respublikasining jahon iqtisodiy tizimiga integratsiyalashuvi o’z navbatida mavjud qonunchilik asosini doimiy ravishda takomillashtirish uni xalqaro me’yorlar va standartlarga moslashtirib borishini taqazo etdi.
Barchamiz yaxshi anglab olishimiz zarurki, ishlab chiqarishni
diversifikatsiya qilmasdan turib, tashqi bozorlarga chiqish va mahsulotlarimizni sotish borasidagi eksport dasturini amalga oshirish, valyuta daromadlari tushumini ta'minlash, yuqori texnologiyalarga asoslangan yangi ishlab chiqarishni va ish o'rinlarini tashkil etish, pirovard natijada o'z oldimizga qo'ygan yuksak maqsadlarimizga erishish haqida so'z yuritish mumkin emas. Birinchi navbatda, jahon bozorida teng raqobatlasha oladigan va keying bosqichda iqtisodiy o'sishning, iqtisodiyotni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilishning lokomotiviga aylanishi mumkin bo'lgan tarmoq va korxonalarni jadal rivojlantirish hamda aniq yo'naltirilgan holda qo'llab quvvatlashni ta'minlash zarur.”, deya alohida qayd etdilar.
. Hozirda, mamlakatimiz soliq tizimi oldida bozor munosabatlarini to'laqonli shakllantirish uchun shart-sharoit yaratish bilan bir qatorda, davlat budjetini mablag'lar bilan ta'minlash hamda ustivor yo'nalishdagi iqtisodiy faoliyatni soliqlar vositasida qo'llab-quvvatlashni talab etiladi. Mazkur yutuqlar bilan birgalikda soliqlar biz tomonimizdan yuqorida ta'kidlangan ikki vazifani to'liq bajarishga ojizlik qilmoqda. Bu narsa budjet daromadlarini shakllantirish va ishlab chiqarish sur'atlarini o'stirish nuqtainazaridan qaralganda ham yaqqol ko'rinadi. Bundan tashqari boshqa bir tomondan soliqqa tortiluvchi ob'yektlarning mustahkam moliyaviy ahvoli bilan juda ko'p narsa, birinchi navbatda, butun iqtisodiyotimizning barqarorligi va ana shu korxonalarda ishlayotgan odamlar va ularning oilalari daromadi va farovonligi uzluksiz bog'liqligi bizning nazarimizdan chetda qolmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |