Kurs ishi mavzu: Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig’i va uning soliq tizmidagi o’rni Bajardi: Ilmiy rahbar: Reja


Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig'i stavkalari va soliqdan imtiyozlar



Download 27,24 Kb.
bet3/5
Sana13.06.2022
Hajmi27,24 Kb.
#665047
1   2   3   4   5
Bog'liq
St 50-2

Jismoniy shaxslardan undiriladigan yer solig'i stavkalari va soliqdan imtiyozlar.

O’zbekiston Respublika hududlari kesimida bazaviy soliq stavkalari 1 kv. m uchun mutlaq o’lchamda quyidagi miqdorlarda belgilanadi (bundan dehqon xo’jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan yerlar mustasno):
Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo’lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni qo’llagan holda, belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa —belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo’lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko’cha kesimida kiritadi. Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31 dekabriga qadar qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan er uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Dehqon xo’jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan erlarga soliq stavkasi qishloq xo’jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.
Soliq stavkalarini aniq miqdori quyidagi tartibda belgilanadi:
Qoraqalpog’iston Respublikasi Jo’qorg’i Kengesi va viloyatlar xalq deputatlari Kengashlari 0,5 dan 2,0 gacha bo’lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni qo’llagan holda, belgilangan bazaviy soliq stavkalari asosida qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan yerlar uchun tuman va shaharlar kesimida ularning iqtisodiy rivojlanishiga qarab, soliq stavkalarini belgilaydi;
tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari belgilangan soliq stavkalariga Toshkent shahri uchun esa —belgilangan bazaviy soliq stavkalariga 0,7 dan 3,0 gacha bo’lgan kamaytiruvchi va oshiruvchi koeffitsientlarni ularning hududlarida joylashgan daha, massiv, mahalla, ko’cha kesimida kiritadi.
Tumanlar va shaharlar xalq deputatlari Kengashlari tomonidan keyingi soliq davri uchun soliq stavkalari har yili joriy soliq davrining 31 dekabriga qadar qishloq xo’jaligiga mo’ljallanmagan er uchastkalari joylashgan joydagi soliq organlariga taqdim etadi. Dehqon xo’jaligini yuritish uchun berilgan qishloq xo’jaligi uchun mo’ljallangan erlarga soliq stavkasi qishloq xo’jaligi ekinzorlarining normativ qiymatiga nisbatan 0,95 foiz miqdorda belgilanadi.
Tadbirkorlik faoliyatida foydalaniladigan er uchastkalari uchun yoxud uylar, dala hovli imoratlari, yakka tartibdagi garajlar va boshqa imoratlar, inshootlar yuridik shaxsga yoki yakka tartibdagi tadbirkorga ijaraga berilganda, shuningdek jismoniy shaxslarning mulkida bo’lgan, yashash uchun mo’ljallanmagan ko’chmas mulk ob’ektlari egallagan er uchastkalari uchun soliq jismoniy shaxslardan yuridik shaxslardan olinadigan er solig’ini to’lash uchun belgilangan soliq stavkalari bo’yicha undiriladi hamda imtiyozlar ularga nisbatan tatbiq etilmaydi.
Bo’sh turgan binolar, foydalanilmayotgan ishlab chiqarish maydonlari, yashash uchun mo’ljallanmagan inshootlar, shuningdek normativ muddatida qurilishi tugallanmagan ob’ektlar joylashgan yer uchastkalariga nisbatan qonun hujjatlarida oshirilgan soliq stavkalarini belgilash yo’li bilan yuridik shaxslar uchun nazarda tutilgan ta’sir choralari qo’llanilishi mumkin.
Jismoniy shaxs yoki oilaviy korxona yer uchastkasidan unda joylashgan uyda istiqomat qilish bilan bir vaqtda tovarlar ishlab chiqarish (xizmatlar ko’rsatish) uchun foydalangan taqdirda, soliq jismoniy shaxslar uchun belgilangan soliq stavkasi bo’yicha to’lanadi.
Yakka tartibda uy-joy qurish va turar joyni obodonlashtirish uchun berilgan er uchastkalarining tomorqa qismiga qishloq xo’jaligi ekinlarini ekish yoki uni obodonlashtirish amalga oshirilmagan taqdirda soliq uch baravar miqdorda to’lanadi.
Yer uchastkalaridan hujjatlarsiz yoxud yer uchastkasiga bo’lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarda ko’rsatilganidan kattaroq hajmda foydalanilganda, soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining uch baravari miqdorida belgilanadi.Jismoniy shaxslarga yakka tartibdagi turar joy qurish va obodonlashtirishga berilgan tomorqa yer uchastkalariga yakka tartibdagi uy-joy qurishga berilgan yer uchastkalari uchun belgilangan stavka qo’llaniladi.
Soliqdan quyidagilar ozod qilinadi:
1) «O’zbekiston Qahramoni», Sovet Ittifoqi Qahramoni, Mehnat Qahramoni unvonlariga sazovor bo’lgan, uchala darajadagi Shuhrat ordeni bilan taqdirlangan fuqarolar. Mazkur imtiyoz «O’zbekiston Qahramoni» unvoni berilganligi to’g’risidagi guvohnoma, Sovet Ittifoqi Qahramoni va Mehnat Qahramoni daftarchalari, orden daftarchasi yoki mudofaa ishlari bo’limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
2) urush nogironlari va qatnashchilari, shuningdek doirasi qonun hujjatlari bilan belgilanadigan ularga tenglashtirilgan shaxslar. Mazkur imtiyoz urush nogironining (qatnashchisining) tegishli guvohnomasi yoki mudofaa ishlari bo’limining yoxud boshqa vakolatli organning ma’lumotnomasi asosida, boshqa nogironlarga (qatnashchilarga) esa nogironning (qatnashchining) imtiyozlarga bo’lgan huquqi to’g’risidagi guvohnoma asosida beriladi;
3) I va II guruh nogironligi bo’lgan shaxslar. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
4) yolg’iz pensionerlar. Yolg’iz yoki voyaga etmagan bolalari bilan yoxud nogiron bolasi bilan birga alohida uyda yashovchi pensionerlar yolg’iz pensionerlar deb tushuniladi. Mazkur imtiyoz pensiya guvohnomasi yoki O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limining ma’lumotnomasi, shuningdek fuqarolar o’zini o’zi boshqarish organlarining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
5) boquvchisini yo’qotgan ko’p bolali oilalar. Ota va onadan biri yoxud ota-ona vafot etgan ko’p bolali oilalar soliq solish maqsadida boquvchisini yo’qotgan ko’p bolali oilalardir. Ushbu imtiyoz O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi tuman (shahar) bo’limining ma’lumotnomasi asosida beriladi;
6) Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatishda ishtirok etganlik uchun imtiyozlar oladigan fuqarolar (shu jumladan vaqtincha yuborilgan yoki xizmat safariga yuborilgan) fuqarolar. Mazkur imtiyoz tibbiy-mehnat ekspert komissiyasining ma’lumotnomasi, nogironligi bo’lgan shaxsning maxsus guvohnomasi, Chernobil AESdagi avariya oqibatlarini tugatish ishtirokchisining guvohnomasi, shuningdek vakolatli organlar tomonidan berilgan va imtiyozlar berish uchun asos bo’ladigan boshqa hujjatlar asosida beriladi;
7) Energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to’liq uzib qo’yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar — qayta tiklanadigan energiya manbalari o’rnatilgan oydan e’tiboran uch yil muddatga. Mazkur imtiyoz energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to’liq uzib qo’yilgan holda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanish to’g’risida energiya ta’minoti tashkilotlari tomonidan berilgan ma’lumotnoma asosida beriladi.Belgilangan soliq imtiyozlari, bundan boquvchisini yo’qotgan ko’p bolali oilalar ko’rsatilgani mustasno, yakka tartibdagi uy-joy qurilishi, dehqon xo’jaligini yuritish uchun berilgan yer uchastkalariga bo’lgan huquqlarni davlat ro’yxatidan o’tkazishni amalga oshiruvchi organda ro’yxatdan o’tkazgan jismoniy shaxslarga beriladi. Bunda mazkur soliq imtiyozlari soliq to’lovchining tanlovi bo’yicha faqat bitta yer uchastkasiga berilishi mumkin, bundan energiya resurslarining amaldagi tarmoqlaridan to’liq uzib qo’yilgan turar joylarda qayta tiklanadigan energiya manbalaridan foydalanuvchi shaxslar mustasno.
Soliq imtiyozlariga ega bo’lgan shaxslar soliq imtiyozlarini olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarini yer uchastkasi joylashgan yerdagi soliq organlariga mustaqil ravishda taqdim etadi.


Download 27,24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish