1.1. Fizika fanida masala yechish metodikasi.
1.Matnli masalalarni yechish usullari.
Matnli masalalarni yechish usullari turlicha bo’ladi.ulardan asosiylari:
1)Arifmetik usul (masalani savollar tuzib,izohlab ,ma’lum mulohazalarga asoslanib yechish)
2)Algebraik usul (masalani uning mazmuniga mos tenglama tuzib yechish)
Masala yechishda chizmalardan,geometrik,fizik tushunchalardan foydalanish ham yechimga tezroq olib kelishi mumkin.Masalani tenglama tuzib yechish allomalarimiz asarlarida “Al-jabr val-muqobala” usuli deb atagan.
2.Matnli masalalarni yechish bosqichlari.
Matnli masalani yechish ikkita asosiy bosqichdan iborat bo’ladi.
1)Masalaning sharti bo’yicha tenglama tuzish
2)Hosil bo’lgan tenglamani yechish.
Bu bosqichlarni “maydalash”,ularni qismlarga bo’lish ham mumkin.Natijada berilgan masalaning matematik modeli tuziladi.Masalaning matematik modeli-masalada bayon etilgan muammoli holatni,vaziyatni “matematik tili”ga ko’chirish, bu holatni formulalar,tenglama va tengsizliklar orqali ifodalashdir.Masalaning matematik modelini tuzish quyidagicha bo’ladi.
Masalada topilishi kerak bo’lgan noma’lumni belgilash.
Noma’lum kattalik (miqdor) bilan masalada berilgan kattaliklar (miqdorlar,sonlar) orasidagi bog’lanishni o’rnatish,topish.Bu bog’lanish tenglama, tengsizliklar yordamida ifodalanadi.
Izlanayotgan noma’lum qanday shartlarni qanoatlantirishi.
2-bandda tuzilgan tenglamani yechib,yechim berilgan masala mazmunini to’la aks ettirishini,unga mos kelishini aniqlash.Masala mazmuniga mos tenglama tuzish (2-band) masalaning matematik modelini tuzishdagi eng asosiy bosqichdir.
Endi esa metodlar haqida bilib olamiz.
FIKR, SABAB, MISOL, UMUMLASHTIRISH (F.S.M.U.) METODI.
F.S.M.U. metodining tavsifi: Bu metod mashg’ulotda o’rganilayotgan mavzuning muhokamasi jarayonida unga doir masalalar bo’yicha talabalar o’z fikrlarini bayon qilishlari, shu fikrlarni asoslovchi sabablarni ko’rsatishlari, ularni tasdiklovchi misolllarni keltirishlari va pirovardida umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishlarini o’rgatish va mashq qildirish metodidir.
Bu metod talabalarni erkin fikrlashga, o’z fikrini himoya qilishga va boshqalarga o’z fikrini o’tkazishga, ochiq holda bahslashishga, bahs-munozara madaniyatiga, shu bilan bir qatorda, talabalar tomonidan o’quv jarayonida egallangan bilimlarni tahlil etishga va o’zlashtirish darajasini aniqlashga, baholashga o’rgatadi.
FSMU metodining umumiy sxemasi:
F – fikringizni bayon eting;
S – fikringizni asoslovchi sabab ko’rsating;
M – ko’rsatgan sababingizni tasdiqlovchi misol keltiring;
U – fikringizni umumlashtiring.
FSMU metodini amalda qo’llash namunasi:
O’qituvchi quyidagiga o’xshagan vazifalar yozilgan tarqatma materiallarni oldindan tayyorlab, mashg’ulot vaqtida kichik guruhlarga yoki alohida talabalarga tarqatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |