Juft kuchga oid teoremalar.Bir juft kuchning jismga ta’sirini boshqa bir juft kuch bera olsa, bunday juft kuchlar ekvivalent juft kuchlar deyiladi.
I-teorema: Agar juft kuchni shu juft kuch tekisligida yotgan va momenti berilgan juft kuch momentiga teng bo'lgan boshqa juft kuch bilan almashtirilsa, juft kuchning jismga ta’siri o'zgarmaydi.
2-teorema: Juft kuchni o'zining ta’sir tekisligiga parallel bo'lgan tekislikka ko'chirilsa, uning jismga ta’siri o'zgarmaydi..
Yuqorida isbotlangan ikita teoremadan quyidagi natijalar kelib chiqadi:
1) juft kuch momentini o'zgartirmay, juft kuchni o'z ta’sir tekisligida ixtiyoriy holatga keltirish mumkin;
2) juft kuch momentini o'zgartirmay, uning tashkil etuvchilari va yelkasi o'zgartirilsa, juft kuchning jismga ta’siri o'zgarmaydi;
3) bir tekislikda yoki parallel tekisliklarda yotuvchi, momentlari teng va aylanish yo'nalishlari bir xil bo'lgan ikki juft kuch o'zaro ekvivalent bo'ladi.
3-teorema: Bir tekislikda yotuvchi juft kuchlar sistemasi birgina juft kuchga ekvivalent bo'lib, uning momenti berilgan juft kuchlar momenti arming algebraik yig'indisiga teng.
4-teorema: Ikkita kesishuvschi tekisliklarda yotuvchi juft kuchlar yolg‘iz juft kuchga ekvivalent bolib, uning momenti berilgan juft kuchlar momentlarinmg geometrik yig'indisiga teng.
2.2.Interfaol metodlardan foydalanib mustaqil yechish uchun masalalar. STATIKA 1.AB sterjenning pastki B uchi sharnirli mahkamlangan.Sterjenning yuqori A uchiga AC arqon bog’langan.Bu arqon sterjenni muvozanatda tutib turadi.Agar sterjenning og’irligi P1 ABC= BCA= bo’lsa,arqonning tarangligini toping.B va C nuqtalar bir vertikalda yotadi.
2.Vertikal osilib turgan prujinaning pastki uchiga yuk osilsa,uning uzunligi L1 ga teng bo’lib qoladi.Agar xuddi shunday boshqa yuk prujinaning o’rtasiga osilsa,uning uzunligi L2 gacha ortadi.Prujinaning uzayishi qo’yiladigan nagruzkaga to’g’ri proporsional deb,prujinaning deformatsiyalanmagan holatdagi uzunligini toping.Hisoblashda prujina og’irligini hisobga olmang.
3.Bir xil uzunlikdagi cho’zilmaydigan iplarga ikkita bir xil slindr osilgan.Bu slindrlar orasiga diametri shu slindrnikidek bo’lgan,lekin og’irligi ikki marta katta slindr qo’yilgan.Sistema muvozanat holatda.Agar iplar orasidagi burchak 2 bo’lsa, burchakni aniqlang.Ishqalanish yo’q.
4.Yerda bir-biriga zich bo’lib ikkita bir xil slindr xoda yotibdi.Ular ustiga yana xuddi shunday xoda qo’yildi.Xodalar orasidagi maksimal ishqalanish koeffitsiyenti k qanday bo’lganda ular dumalaydi?Xodalar sirt ustida sirpanmaydi.
5.Umumiy og’irligi P=8T bo’lgan yuk mashinasi tepalikka chiqib bormoqda.Yuk mashinasiga umumiy og’irligi P=4T bo’lgan pritsep tirkalgan.Shatakka olinadigan tros h=1m balandlikda joylashgan.Yuk mashinasining C og’irlik markazi H=2m balandlikda joylashgan;yuk mashinasining oldingi va orqa o’qlari orasidagi masofa L=4m.Gorizantal yo’lda borayotganda orqa g’ildirakka yuk mashinasining 3\4 og’irligi tushadi.Ko’tarilish burchagi qancha bo’lganda yuk mashinasi orqaga ag’darilib (to’nkarilib) ketadi?Agar dvigatel quvvati ko’tarilish burchagi 10 dan ortmaydigan balandliklarga ko’tarilish uchungina yetarli bo’lsa,yuk mashinasining orqaga ag’darilib ketishi uchun xavf tug’iladimi?(tg10 0,18)
6.Yupqa bir jinsli plastinka radiusi R bo’lgan doira shakliga ega bo’lib,unda radiusi plastinka radiusidan ikki marta kichik va plastinka chetiga tegadigan qilib teshik ochilgan.Plastinkaning og’irlik markazi qayerda bo’ladi.
7.Radiusi R va massasi M bo’lgan doiraviy stolning qopqog’i ustida uning chetiga tegib radiusi r va massasi m bo’lgan disk yotibdi.Stol oyoqlarining polga bosimi bir xil bo’lishi uchun bir-biridan teng masofada turgan uchta oyog’ini qanday joylashtirish kerak?
8.G’altakni ipidan ushlab rasmda strekla bilan ko’rsatilgandek polda tortilmoqda.Bunda g’altakning tezlanishi o’zgarmas bo’lib, u ga teng.G’altak gardishi bilan pol orasida ishqalanish koeffitsiyentining qiymati qanday bo’lganda g’altak aylanmasdan sirpanadi?G’altak valining radiusi r, qarshilikniki R.
9.Slindrda markazidan 2R\3 masofada o’qqa parallel ravishda R\4 radiusli teshik o’yilgan.Bu teshikka zichligi slindr zichligidan 11 marta katta bo’lgan modda qo’yilgan.Slindr taxtacha ustida turibdi.Bu taxtachaning bir uchi sekin-asta ko’tarildi.Taxtachaning slindr taxtachadan muvozanatda tura oladigan maksimal qiyalik burchagi qanday?Ishqalanish koeffitsiyenti k=0,3
10.Slindrning o’qi bo’yicha uning markazidan R\2 masofada teshik teshilgan.Teshikning radiusi R\2.Bu slindr taxtacha ustida turibdi.Taxtachaning bir uchi sekin ko’tariladi.Slindr taxtacha ustida tura olishi mumkin bo’lgan chegaraviy burchakni toping.Ishqalanish koeffitsiyenti k=0,2.