Kurs ishi mavzu: fors tilida otlarning kontekstual ma’nolari bajardi: “Filologiya” ta`lim yo‘nalishi III kurs talabasi Saidoripova Dilorom (imzo) Ilmiy rahbar: “Eron-Afg‘on filologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi N. N. Nuriddinov


II.BOB. Fors tilida otlarning kontekstual ma’nolari



Download 58,76 Kb.
bet6/10
Sana17.07.2022
Hajmi58,76 Kb.
#811883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2kurs ishi (2)

II.BOB. Fors tilida otlarning kontekstual ma’nolari
Leksemaning ma’nolari asli kontekstda shakllanadi va namoyon bo‘ladi, kontekst qanchalik rang-barang bo‘lsa, bu leksemaning ma’nolari shunchalik ko‘p bo‘ladi. Leksemalar lug‘atda o‘lik holatda bo‘ladi, ular kontekstda jonladi. Aynan shu kontekst tarkibida kelgan leksemaning anglatgan ma’nosiga kontekstual ma’no (lot. contextus – “zich aloqa”, “bog‘lanish”) atamasi qo‘llaniladi. O‘zbek tilshunos olimi Azim Xojiyev kontekstual ma’no atamasini matniy ma’no tarzida olib, unga quyidagicha ta’rif beradi: Matniy ma’no so‘zning nutqiy matnga bog‘liq holda hosil bo‘ladigan (yuzaga chiqadigan) ma’nosidir23. Mazkur ta’rifga va ko‘rib chiqilgan nazariy adabiyotlarga asoslangan holda quyida fors tilidagi tanlab olingan ba’zi sodda otlar, ya’ni دست [dast]- “qo‘l”, دل [del]- “yurak”, پا [pā]- “oyoq”, سر [sar]- “bosh” va چشم [češm]- “ko‘z” ning kontekstdagi ma’no tarkibini, polisemantik holatini ya’ni ma’noviy qo‘llanilishi, ishlatilishi hamda ma’noviy bo‘yoqdrolik jarayonlarini ko‘rib chiqamiz.


2.1 Otlarning kontekstdagi nominativ ma’nolari
So’z tilning eng muhim nominativ birliklaridan biridir, chunki u borliqdagi narsa- buyumlarni, predmet sifatida tasavvur qilinadigan mavhum tushunchalarni, harakat-holatni, rang-tus, maza-ta’m, hajm-miqdor, xislat kabi belgi-xususiyatlarni nomlaydi. Tilshunos olimlar ushbu nominativ birlikni atash semalari, ideografik semalar, denotativ sema kabi tushunchalar bilan ham ifodalashadi.
Til va uning birliklari fikrni shakllantirish, ilodalash vositasi bo‘lganligi sababli bizning ongimizda ular ikki tomonning shakl va mazmun (mano, vazifa) tomonlarining birikmasi sifatida mavjuddir. Sistem tilshunoslikda bularning har birining o‘z nomi bor:

  1. Moddiy tomon-ifodalovchi, shakl, moddiy tomon, tashqi tomon, nomema atamalari bilan;

  2. Ma’no tomoni-ma’no, mazmuni, ichki tomon, ifodalanmish, semema atamalari bilan ataladi.

Obyektiv borliqda (voqelikda) atab kelinayotgan predmet, narsa, buyum, belgi, xususiyat, harakat-holat, munosabat, miqdor va shu kabilar denotat(atalmish), designat atamali bilan nomlanadi24.
Tilshunoslikda leksik mazmunli so’zlarning strukturasi har xil ta’riflanmoqda: Ayrim manbalarda leksik mazmunli so’zlarning ifoda plani (tovushlardan tarkib topgan moddiy tomoni) leksema deb, mazmun plani (ifodalanuvchisi) esa semema deb ta’riflanadi. Demak, leksema va semema leksik birlikning (so’zning) o’zaro aloqa bo’lgan ikki tomoni ekanligi ta’kidlanadi25. Boshqa manbalarda esa leksema so‘zning ifoda planigina emas, balki uning ifoda va mazmun planlari birligidan iborat yaxlit butunlik ekanligini ta’kidlanadi. Bu butunlik nominativ funksiyadagi so‘z yoki so‘z birikmasi shaklida bo‘ladi. U onomasiolologiyada tilning lug‘at tarkibidagi bir komponent (vokabula) sifatida, semasiologiyada esa ma’lum ma’nolar tarkibidan iborat birlik (semantema) sifatida o‘rganiladi26. Endi yuqorida sanab o‘tilgan ba’zi ko‘p ma’noli otlarning lug‘at tarkibidagi atash ma’nolarini ko‘rib chiqamiz.
Fors tilida دل [del], دست [dast], پا [pā], سر [sar] va چشم [češm] otlari ko‘p ma’noli so‘zlar hisoblanadi. Biz quyida ushbu so‘zlarning 2 izohli lug‘at, ya’ni, Muhammad Muinning “Farhang-e Mo‘in” izohli lug‘atida27 hamda Y.A. Rubinchik tahriri ostidagi “Forscha-ruscha” ikki tillik lug‘atida28 keltirilgan ma’nolarini taqqoslash orqali ko‘rib chiqamiz

دل[del] otining Muhammad Muinning “Farhang-e Mo‘in” izohli lug‘atida29gi ma’nolari

دل[del] otining Y.A. Rubinchik tahriri ostidagi “Forscha-ruscha” ikki tillik lug‘ati30gi ma’nolari

1

Yurak (jonzot tanasi ichidagi qonni haydash vazifasini bajaruvchi tana a’zosi)

yurak

2

Qorin

qalb, ko‘ngil

3

Yurak, qalb

qorin, oshqazon

4

Mardlik, jasorat, qahramonlik

botirlik, mardlik, kuch, ruh, jasorat, jur’at

5

Noz, karashma

o‘rta qismi

6

-

ichki qism



خوردن دل و جگر مرغ دلیل داشتن انواع ویتامین بسیار عالی است31.
Qush jigari va yuragini tanovvul qilish......
..."یازی اوجا" را خبر کنید تا غصه های دلم را برای محبوبم حلیمه، با اشک بنویسد32.
Yozi ujo”ni chaqiringlar mahbubam Halimaga qalbim g‘am-qayg‘ularini ko‘z Yoshi ila yozsin.
Ushbu gap tarkibidagi دل [del] so‘zi yuqorida keltirilgan Y.A. Rubinchik tahriri ostidagi “Forscha-ruscha” ikki tillik lug‘ati33da ushbu so‘zga berilgan ma’nolarning ikkinchisini ya’ni “qalb”, “ko‘ngil”ma’nolarini ifodalamoqda.

Download 58,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish