Kurs ishi mavzu: fors tilida otlarning kontekstual ma’nolari bajardi: “Filologiya” ta`lim yo‘nalishi III kurs talabasi Saidoripova Dilorom (imzo) Ilmiy rahbar: “Eron-Afg‘on filologiyasi” kafedrasi o‘qituvchisi N. N. Nuriddinov



Download 58,76 Kb.
bet5/10
Sana17.07.2022
Hajmi58,76 Kb.
#811883
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
2kurs ishi (2)

OTLARDA POLISEMIYA
Ma’lumki, so‘z ma’nolari leksikologiya bo‘limida o‘rganiladi. Leksikologiyaning asosiy vazifalaridan bir so‘zning ma’nosini va qo‘llanilishini tadqiq qiladi. So‘zning ma’nosi va qo‘llanilishi semasiologiya va onomasiologiyada o‘rganiladi.
Semasiologiyada (yun. Semasia-ifodalash, belgilash) tilshunoslik fanining bir bo‘lagi bo‘lib, til birliklarining ma’nosini o‘rganadi.
Onomasiologiya (yun. Onoma -onom) – atash nazariya bo‘lib, bu so‘zlarning atama sifatida, ya’ni so‘zlarning ishlatilishini o‘rganadi. Masalan: fors tilidaبر [bar] 1) quruqlik; 2) meva; 3) eltmoq; 4) ko‘makchi va prefiks vazifasida keladi. Bular faqat kontekstda aniqlanadi. Demak, so‘z leksik-semantik birlik sifatida
1) ma’no tarkibi;
2) polisemiya (ko‘p ma’noliligi);
3) ishlatilish masalari o‘rganiladi
Bir ma’noli (monosemantik) so‘zlar, odatda yagona ma’noga ega bo‘ladi. Masalan, درخت [deraxt] - daraxt, باغ [boγ]- bog‘
Ko‘p ma`noli (polisemantik) so‘zlar ikki va undan ortiq ma’noga ega bo‘ladi. Masalan: چهره [čehre] – 1) yuz; 2) suvrat; 3) shaxs; 4) holat چهرهسیاسیجنگ – urush paytidagi siyosiy holat20.
Polisemiya hodisasiga tilshunos olim Azim Hojiyev quyidagicha ta’rif beradi: polisemiya (ko‘p ma’nolilik) til birliklarining birdan ortiq ma’noga ega bo‘lishidir21.
Boshqacha qilib aytganda, ko‘p ma’noli so‘zlar, ya’ni otlar bir so‘z bilan turli voqelik va hodisani ataydi.
Otlardagi polisemiya ( ko‘p ma’noli so‘z) hodisasining omonimlardan farqi shundaki, ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’nolari orasida o‘zaro bog‘liqlik bo‘ladi. Omonimlarda bir so‘z bilan bog‘liq bo‘lmagan ma’nolar ifodalanadi.
Leksemalarning leksik birlik sifatidagi tavsifida quyidagi belgi-xususiyatlarning alohida o‘rni bor:
Har qanday leksema ikki tomonning ifoda va mazmun planlarining nomema va sememaning birligidan tarkib topadi:
Leksemaning mazmun planidagi leksik ma’no (yoki ma’nolar) va uslubiy semalar uning ichki formasi sanaladi.
Leksemaning ifoda va mazmun planlari dialektikaning shakl va mazmun kategoriyalari munosabatiga asoslanadi: shakl mazmunning bo‘lishini taqozo qiladi, mazmun esa shaklsiz yuzaga kelmaydi, ifodalanmaydi ham
Leksemaning semantik tarkibi leksik ma’no, qo‘shimcha ottenkalar (ma’no qirralari, uslubiy semalar) va turkumlik semalarini o‘z ichiga oladi22.
Semalar ma’no xususiyatiga ko‘ra quyidagi turlarga bo‘linadi:

  1. Nominativ semalari (donatativ yoki atash semalari)

  2. Ko‘chma ma’no semalari (metafora, metonimiya, sinekdoxa, metonimiya va vazifadoshlik)

  3. Konnatativ semalar (emotsional-ekspressiv, ifoda, tasvir, qo‘shimcha ma’no semalari)



Download 58,76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish