1.1 Mashg’ulotning asosiy vositalari va metodlari
O’rgatish metodi yangi o’quv materialini o’rganishda qo’llaniladi. Bunga harakat malakalarini va nazariy bilimlarni egallash kerak. Mashq metodi asosan foydalaniladi.
Texnika, taktika va hokazolarga bo’lgan, mashg’ulotga bo’lgan chiniqishni egallash va uni oshirish jismoniy mashqlar vositasini tizimli ravishda bajarish orqali amalga oshiriladi. Shuning uchun jismoniy mashqlar mashg’ulotning asosiy vositasidir. Ular uchta asosiy gruppaga bo’linadi:
Basketbol o’yini bilan bevosita bog’liq mashqlar; ikki yoqlama o’yinning hamma variantlari, 1ta shchitga o’ynaladigan 5x5 dan to 1x1 gacha bo’lgan o’yinlar. Adabiyotda bu mashqlar asosiy mashqlar nomi bilan yuritiladi, ba’zi bir avtorlar, bularni musobaqa mashqlari deb ataydilar (L.P.Matveev).
Ikkita guruhdan iborat umumrivojlanish mashqlari:
a) yengil-atletikaning turlari, og’ir atletika, futbol, qo’l to’pi va boshqalari.
b) umumrivojlantiruvchi tayyorlov mashqlari har xil predmetlar va ularsiz. Mashq egilishlar, burilishlar, siltanishlar va boshqalardan iborat.
Basketbolga taalluqli jsmoniy va irodaviy sifatlarni rivojlantirish hamda basketbol texnika, taktikasini o’rganish maqsadida qo’llaniladigan maxsus mashqlar. Sport mashg’ulotida maxsus mashqlarni qo’llash ayrim muskul guruhlarini kuchini rivojlantirganligi uchun ko’p qo’llanilyapti.
Jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yo’naltirilgan maxsus mashqlar yordami bilan birga, basketbolni hujum va himoyasini ba’zi bir texnika elementlarini o’rganish mumkin va aksincha. Texnikani egallash uchun bajariladigan mashqlarni ko’p marta qaytarilishi ham o’z o’rnida jismoniy sifatlarni rivojlantirishga yordam beradi. Odatda maxsus mashqlar, basketbolni bir qismini yoki bir necha harakatlar bog’lamini tashkil qilgan bo’ladi. Shunga binoan bu mashqlar o’z turiga yaqin yoki shu turdan bo’lishi lozim. Ruxiy tayyorgarlik, irodaviy sifatlarni tarbiyalash va jismoniy sifatlar darajasini oshirish maqsadida, maxsus ataylab tashkil qilingan og’ir, qiyin tashqi muhit yaratiladi. Bir jismoniy mashqning o’zi qay shaklda va qanday sharoitda bajarilayotganligiga qarab, uning ta’siri sportchida har xil bo’ladi. Sportchining tayyorgarligida muhim ahamiyatga ega shartlardan biri, bu gigienik reja va tabiatning tabiiy omillaridir.
Bu omillar markaziy tizimsi holatini yaxshilash uchun hamda sog’liqni mustahkamlash va chiniqish uchun juda yaxshi vositadir. Bularning hammasi sportchini hayot faoliyatini oshiradi va unga ko’p va samarali mashg’ulot qilish kerak. Yuqori sport natijalariga erishish, mashg’ulotlardan keyin o’z kuchini tez tiklashga imkon beradi.
Mashg’ulot tizimda qo’llaniladigan vositalarning turli tuman bo’lishligi ya’ni basketbol taktika va texnikasini o’rgatish va takomillashtirish, irodaviy sifatlarini tarbiyalash, jismoniy mashqlarni bajarish metodlari juda muhimdir.
Ko’rsatish va namoyish qilish metodi. O’rganilayotgan usulni tasavvur qilishdir. Ko’rsatish juda aniq, engil, o’zlashtirish va o’rganilayotgan harakatning muhim joylariga urg’u berilgan bo’lishi kerak. Ba’zi hollarda qaytarish va sekin ko’rsatish qo’llaniladi. Agar ko’rsatish bilan birga boshqa usullar ko’rsatilsa-ko’rgazmali qo’llanmalar, kinogrammalar va boshqalar yaxshi samara beradi. Ko’rsatishni ustalik bilan ishlatish, bolalarni o’rgatishda katta ahamiyatga ega, negaki ularda 2 chi signal tizimsi unchalik yaxshi rivojlanmagan va qabul qilinayotgan ma’lumotni asosan 1-chi signal tizimsi orqali qayta ishlaydi.
So’z metodi. ancha keng qo’llaniladiganlar qatoriga kiradi. Kuzatish natijasida o’rganilayotgan usulni ichki mexanizmlarini yoritib bo’lmaydi, bu esa usulni yaxshi shakllanishini ta’minlaydi. So’z metodi usulni ko’raolmayotganlar uchun juda qo’l keladi. Shu bilan birga 2-chi signal sitemasi faoliyati faollashadi, shug’ullanuvchilarni xotirasi va tafakkuri ishga tushadi, o’z vazifalarini to’liqroq xis qiladilar, o’zlari uchun zarur mo’ljal va kriteriyani anglab oladilar. Agar tushuntirishi qiska, aniq, hayajonli va ravshan bo’lsa, u yaxshi qabul qilinadi. Harakatni o’zlashtirish jarayoni, xatolarni va noaniqliklarni to’g’irlash bilan birga olib boriladi. Bu xatoliklar tabiiydir va bu murabbiy yo’l qo’yilgan xato deb hisoblanmaydi. Bu o’rganishida doim bo’ladigan narsa hisoblanib, ular har xil sabablarga ko’ra bo’ladi. Shuning uchun o’rgatishning asosiy vazifalaridan biri, bu xatoni oldini ola bilish va to’g’rilashdir. Xatoga o’rganib qolingan bo’lsa, uni to’g’rilash juda ham qiyin. Ular ko’pinchalik halaqit beradi va uning natija samarasini pasaytirib yuboradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |