1.2 Xatolarni keltirib chiqaradigan asosiy sabablar va harakat sifatlarini tarbiyalash metodlari
O’zlashtirilayotgan yangi materialga shug’ullanuvchilarning tayyor emasliklari.
O’rganilayotgan harakat to’g’risida e’tiborsizlik oqibatida noto’g’ri tushuncha hosil qilish.
O’rgatish sxemasida foydalanadigan mashqlarni ketma-ketligining buzilishi.
Koordinatsiya mexanizmlarini har xil sabablarga ko’ra (shug’ullanuvchilarni birdaniga yuqori natijaga erishishga bo’lgan urinishlari va hokazo) buzilishi.
Harakat malakasini to’g’ri shakllanishi uchun, harakat strukturasi to’g’risidagi ma’lumotni kelib turishi. Aniqlanayotgan xatolar o’z vaqtida, berilgan ko’rsatmalar, qayta ko’rsatishlar va sekin murabbiy bilan birga bajarish orqali tuzatiladi. Sport mashg’ulotning asosiy maqsadi - sportchilarni yuqori natijalarga erishtirishdir. Bu maqsadga erishish uchun, sportchining organizmi yuqori va juda yuklamalarni ko’tara olishi, hamda shu bilan birga yuqori ish faoliyatini saqlab qolishi kerak. Shuning uchun mashg’ulot asosida, organizmni funksional va harakat qilish imkoniyatlarini takomillashtirish, hamda uni musobaqa sharoitiga moslashishiga etadi. O’yinning ta’sirida va asosan har xil mashqlarni ishlatish natijasida organizm faoliyatida har xil o’zgarishlar bo’ladi. Yuklamani berishda kerakli samaraga erishish uchun, ular sportchi organizmida qanday o’zgarishlarga olib kelishligini aniq bilishi kerak.
Har qanday yuklama quyidagi sifatlar qiyinligi, intensivligi va miqdori bo’yicha bo’linadi. Mashg’ulot yuklamasining umumiy samaradorligiga, bularning har biri o’z xissasini qo’shadi, ammo jismoniy mashqlar paytida beriladigan metodga ko’proq bog’liqdir.
Harakat sifatlarini tarbiyalash metodlari Zarur sifatlarni tarbiyalash maqsadida, shu sport turlariga xos vosita va metodlardan foydalaniladi. Amaliyotda, o’quv mashg’ulot jarayonida quyidagi ma’lum metodlar qo’llaniladi.
Qaytarish metodi - bu o’yinlarda uchraydigan uzuq-uzuq ishning bir ko’rinishidir. Uni bajariladigan ishga nisbatan katta quvvatliligini ajratib turadi. Bu metoddan tezlikni, kuchni, tezlikka bo’lgan chiniqishni tarbiyalashda foydalaniladi.
Interval metodi- bu ham uzuq-uzuq ishning bir ko’rinishi sifatida namoyon bo’ladi. U boshqalardan aniq chegaralangan ish va dam olishdan farq qiladi. Dam olish nisbatan uzoq davom etmay, organizmni tiklanishiga ulgurmaydi. Bu metod tezlik kuchi va chidamlilikni tarbiyalashda qo’l keladi. Bu anaerobik va aerob energiya ta’minlash mexanizmlarini takomillashtirib, kislorod qarzi katta bo’lgan paytlarda harakat qilishga o’rgatadi.
Maksimal va intensiv metod. U maksimal kuchni tarbiyalashga va katta kuch va quvvat bilan ishlashga qaratilgan. U yaxshi tayyorlanganlarga mo’ljallangan. Uning yordami bilan (tezkor-kuch) sifatlarini va anaerobik jarayonlarini takomillashtiriladi.
Sopryajenniy (juft) metod- texnika, taktika harakatlarini takomillashtirish bilan birga harakat sifatlarini tarbiyalashga imkon beradi. Shu tarzda kuchni, chaqqonlikni, chidamlilikni shu metod yordamida tarbiyalash, o’yinchining malakaliligi esa musobaqa sharoitida foydalanish imkonini beradi.
Aylanma metod- bir vaqtning o’zida bir necha sifatlarni tarbiyalash, ba’zi hollarda esa maxsus malakalarni takomillashtirish uchun foydalaniladi.
Aylanma mashg’ulotdan foydalanish, bu o’quv vaqtini tejash, hamda o’quv jarayonini intensiv o’tkazish, harakat malakalarini birgalikda har tomonlama rivojlantirishga sharoit yaratadi. Sport mashg’ulotining asosiy maqsadi - rejalashtirilgan sport natijalariga erishishdir. Har bir tayyorgarlik turida foydaliroq mashqlardan foydalaniladi. Yuqori natijalarga yaxshi tanlangan mashqlar va ularni o’tkazish metodlari yordamida erishish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |