УЗБЕКИСТОН РЕСПУБЛИКАСИ СОГЛИКНИ САКЛАШ ВАЗИРЛИГИ
САМАРКАНД ДАВЛАТ ТИББИЁТ ИНСТИТУТИ
САМАРКАД ВИЛОЯТ СОГЛИКНИ САКЛАШ БОШКАРМАСИ
КУРС ИШИ
Мавзу: Асептика ва антисептика.
Бажарди: СамМИ «касбий таьлим – тиббий-педагогика иши» факультети 114 гр талабаси Аширов Фаррухбек
Текширди: ________________________________________________________
Самарканд – 2 0 2 1
РЕЖА:
Асептика ва антисепканинг келиб чикиш тарихи.
1.Асептика хакида тушунча
2.Эгзоген контаминация
3.Эндген контаминация
4. Операцион блокда асептика режими.
5. Операция хонасини тозалаш турлари:
6. Стерилликни назорат қилиш усулари
7.Дренажлар турлари
8.Антисептика турлари
Амалиëт
Хулоса
Фойдаланилан адабиëтлар
Qadimgi Dunyo tabiblari jaroxat yiringlashishining asosiy sabablaridan biri iflos qo'lning ta`siridir deb bejiz aytishmagan. Gepokrat va Ibn Sino jaroxatlarni bog’lash va yuvib tozalashda faqat qaynatilgan suvdan, jaroxatdan chiqayotgan suyuqlikni tez surib oladigan toza dokadan foydalangan, shuningdek tozalash sifatini oshirish uchun uni vino bilan tuyintirgan. 1363 yilda Mondevil Gi Sholpak va boshqa shifokorlar antiseptik moddalar sifatida spirt, sirka kislota, qoramoy, skipidar, simob kabi moddalardan foydalanishgan va usha davrlarda ham jaroxatlar tez va birlamchi bitgan.
XIX asrning 40- yillaridaN.I Gepokrat aroxatni davolashda karbol kislota, lyapis, spirt, yod nastoykasi ishlatgan va jaroxat infekiiyasiga qarshi kurashish mumkinligini ko'p marta ta`kidlagan. U o'zining "Umumiy harbiy-dala xirurgiyasining boshlanishi" degan kitobida: "Shunday vaqt keladiki, travmatik va gospital miazmalarni puxta o'rganish xirurgiyani boshqa yo'nalishga olib boradi",- deb yozgan edi.
Venger akusher-ginekologi I. Zimmel'veys (Vena) 1847 yilda akusherning iflos qo'li ko'zi yoriyotgaí homilador ayolni og'ir oqibatlarga olib kelishini tushunib etdi va antiseptika usullariga yondashib ish tuta boshladi. U qo'lni, asboblarni, tug'ruq yo'llarini, shuningdek tug'ruqda kerak bo'ladigan hamma narsalarni xlorli ohak eritmasi bilan dezinfektsiya qiladigan bo'ldi.
D. Lister operatsiyadan keyingi infektsiyaning sababchisi tashqi muhitdan tushayotgan mikroblar bo'lib, ular qo'l, skalpel yoki ifloslangan balg'am orqali o'tadi degan xulosaga keldi.
Lister antiseptik va dezinfektsiyalovchi modda sifatida qora-moyning asosi bo'lgan karbol kislotani (1l suvga 50 g) qo'lladi. Bu eritmaga xirurgik asboblar, ba`zan bog'lamlar ham solib quyilar, shuningdek jarroxlar qo'llarini ana shu suyuqlik bilan yuvar edilar. Operatsiya paytida karbol kislota 2,5- 5 % eritmasini maxsus purkagich (pul'verizator) bilan jaroxat ustiga, xona havosiga purkalar edi. Operatsiyadan keyin jaroxat shu eritma bilan yana yuvilar va unga 5 % karbol kislota hamda qaragay elimi shimdirilgan bog'lam quyilar edi.
Shunday qilib, D. Lister 2,5-5 % karbol kislota eritmasi yordamida sterillab, antiseptik usulni kashf kildi. U 2,5-5 % li karbol kislota eritmasi bilan jaroxat atrofini, jaroxatni yopishda ishlatiladigan bog'lamni, maxsus xirurgik asboblarni va jarrox qo'llarini yuvishda ishlatib, mikroblardan holi qilish yo'li bilan suyagi singan 10 nafar bemorda qo'llab yaxshi natijaga erishgan. Ilmiy izlanishlarga asoslangan antiseptik usul D. Lister tomonidan 1867 yilda batafsil tasvirlandi.
Shuni ham aytish kerakki, antiseptika elementlari Listergacha ma`lum edi. Ammo uning eng katta xizmatlaridan biri jaroxat yiringlashining oldini olish yo'llarini ko'rsatib berganidir.
«Антисептикани очилиши, шу вақтгача хирургияда инсониятга шунчалик бахт келтирадиган кашфиёт бўлмаган»
А.Д. Павловский (1857-1946)- рус ва совет бактериологи, патологоанатом, фармаколог ва хирург.
Do'stlaringiz bilan baham: |