Bet 37 dan 31
5.Moliyaviy tahlilda kompyuter texnologiyalari va dasturiy
ta’minotlardan foydalanish zarurligi
O‘zbekiston Respublikasida jamiyat taraqqiyotining barchaja
bhalarida, eng avvalo iqtisodiy sohada islohatlarni yanada
chuqurlashtirish va erkinlashtirish borasida aniq dastur ishlab
chiqilgan. Bu dasturning joriy etishdan ko‘zlangan asosiy maqsad-
O‘zbekistonning demokratik va bozor islohatlarini amalga oshirish,
jahon xam jamiyatiga keng integratsiyalashuvi va barqaror olg‘a
borishi uchun mustahkam zamin yaratishdir. Prezidentimiz I. Karimov:
«Oldimizda turgan birinchi va asosiy vazifa – bu izchil iqtisodiy o‘sish,
chuqur tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish, ishlab chiqarishni
mukammallashtirish
va
ilg‘or
texnologiyalar
bilan
qayta
qurollantirishning bosh sharti bo‘lgan makroiqtisodiy va moliyaviy
barqarorlikka erishish muammosidir» deb ta’kidlagan.
Buxgalteriya hisobini uch darajaga – boshqaruv hisobi, moliyaviy
hisob va soliq hisobiga ajratgan holda tashkil qilish axborot
texnologiyalarini qo‘llashga ixtisoslashgan buxgalteriya hisobi shaklida
samaraliroq bo‘ladi. Moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga
o‘tkazish yoki transformatsiya qilish korxonalarda O‘zbekistonda
yaratilgan Buxgalterga elektron madad (BEM) milliy dasturiy ta’minoti
va 1uz amaliy dasturlar paketiga qo‘shicha ravishda “1S: Buxgalteriya”,
“SAP”, “Parus”larni ham qo‘llashni hamda ularning imkoniyatlaridan
keng foydalanishni taqozo etadi.
Bet 37 dan 32
Moliyaviy tahlilda kompyuter texnologiyalari va dasturiy
ta’minotdan foydalanish bir muncha yengilliklarni yaratib beradi.
Zamonaviy iqtisodiyotimizda izchil texnologiyalardan foydalanish
ishning yengillashuvi, xorijiy xamkorlar bilan ishlash qulayligini keltirib
chiqaradi.
Bugungi bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiqib aytadigan
bo‘lsak, Moliyaviy tahlilda kompyuter texnologiyalari va dasturiy
ta’minotdan foydalanish faqa ijobiy natijalarni olib keladi deya ayta
olamiz.
Bugungi kunda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
sub’ektlarining eksport salohiyatini yanada oshirish, chet el bozorlari
uchun raqobatdosh mahsulotlar ishlab chiqarishni ko‘paytirishda va
eksportga yo‘llashda ularga huquqiy, moliyaviy va tashkiliy yordam
ko‘rsatish asosiy vazifalardan hisoblanadi.
Kichik tadbirkorlik sub’ektlarida hisob ishlari samaradorligini
oshirish hamda vaqtni tejash maqsadida buxgalteriya hisobining
informatsion
texnologiyalarga
asoslangan
zamonaviy
shakli
amaliyotga tatbiq etib kelinmoqda. Buxgalteriya hisobi vazifalarini
yechishni axborot- kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) asosida
tashkil qilish birlamchi buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirishdan to
yakuniy moliyaviy hisobotni tuzish va taqdim qilishgacha bo‘lgan
operatsiyalar yig‘indisidir.
Bet 37 dan 33
Xulosa
Mustaqillik bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida turli mulk
shaklidagi korxonalar faoliyatiga to‘liq erkinlik berdi. Ayniqsa
savdo-sotiqda erkin munosabat yuritish, hamkorlikda faoliyat
ko‘rsatish uchun sherik tanlay bilish, o‘zi ishlab chiqargan mahsulot va
uni sotishdan olgan daromadga to‘liq egalik qilish moliyaviy
ko‘rsatkichlarining o‘zgarishiga bevosita ta’sir etadi. Yangicha ish
yuritish avval uchramagan muammolarni keltirib chiqarmoqda.
Jumladan, tashqi va ichki bozordan tajribali mijoz va hamroh tanlash
bilan birga ularning moliyaviy imkoniyatlarini o‘rganish zarurligini
ko‘rsatadi.
Shunday qilib, tahlil deganda, keng ma’noda butunni tarkibiy
qismlarga ajratish va ularni barcha o‘zaro aloqalari hamda bog‘liqliklari
o‘rganishga asoslangan atrof muhitdagi hodisa va predmetlarni bilish
usuli tushiniladi.
Iqtisodiy jarayonlarni, ularning o‘zgarish tendensiyalarini,
rivojlanishi va taraqqiyotini mavxum-mantiqiy tekshirish usullari
orqaligina anglash mumkin. Bu borada mikroskoplardan , ximyaviy
reaktivlardan, o‘lchov vositalaridan foydalanib bo‘lmaydi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, tahlil metodining muhim xususiyati
o‘rganiladigan muayyan iqtisodiy ko‘rsatkich alohida tarzda, boshqa
omillardan ajratilgan holda tahlil qilinmaydi. Ularning o‘zaro bog‘liqligi
doimo e’tiborda tutiladi.
Xulosa qilib aytganda, dunyo iqtisodiyotining yangicha
shakllanish asrida bugungi kunning zamonaviy biznes qoidalarida
Bet 37 dan 34
integratsion jarayonlar, innovatsion jadallik va kuchli raqobat
muhitidagi talablar bajarilishi yurtning moliyaviy jihatdan takomillashib
dunyo iqtisodiyotiga chiqishiga zamin yaratadi, desak mubolag‘a
bo‘lmaydi.
Bugungi
kun
iqtisodiyoti
xo‘jalik
sub’ektlari
oldiga
texnik-texnologik taraqqiyotga, ilm-fanga asoslangan iqtisodiyotni
yshlga qo‘yishga unamoqda. Bu esa o‘z navbatida boshqaruvchilardan
samarali
faoliyat
shakllarini
yo‘lga
qo‘yishni,
tadbirkorlikni
faollashtirishni, individuallik va namunaviylikni kuchaytirishni talab
etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev o‘zining
2020 yil 24 yanvardagi matbuot uchrashuvida
“Sharq donishmandlari aytganidek,
“Eng katta boylik – bu aql-zakovat va ilm,
Eng katta meros – bu yaxshi tarbiya,
Eng katta qashshoqlik – bu bilimsizlikdir!”
Shu sababli, hammamiz uchun zamonaviy bilimlarni o‘zlashtirish,
chinakam ma’rifat va yuksak madaniyat egasi bo‘lish, uzluksiz hayotiy
ehtiyojga aylanishi kerak.
Taraqqiyotga erishish uchun, raqamli bilimlar va zamonaviy
axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart.
Bu bizga yuksalishning eng qisqa yo‘lidan borish imkoniyatini
beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari
chuqur kirib bormoqda.
Bet 37 dan 35
Yurtimiz “Xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini
rivojlantirish indeksi” bo‘yicha 2019 yilda 8 pog‘onaga ko‘tarilgan
bo‘lsa-da, hali judayam orqadamiz.
Aksariyat
vazirlik
va
idoralar,
korxonalar
raqamli
texnologiyalardan mutlaqo yiroq, desak, bu ham haqiqat.
Albatta, “raqamli iqtisodiyot”ni shakllantirish kerakli infratuzilma,
ko‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz.
Biroq, qanchalik qiyin bo‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak,
qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bo‘ladi.
Shu bois, “Raqamli iqtisodiyot”ga faol o‘tish – kelgusi 5 yildagi
eng ustuvor vazifalarimizdan biri bo‘ladi.
Raqamli texnologiyalar nafaqat mahsulot va xizmatlar sifatini
oshiradi, ortiqcha xarajatlarni kamaytiradi.
Shu bilan birga, meni juda qattiq tashvishga soladigan va
bezovta qiladigan eng og‘ir illat – korrupsiya balosini yo‘qotishda ham
samarali vositadir.
Buni barchamiz teran anglab olishimiz darkor.
Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham raqamli
texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir so‘z bilan
aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilashi mumkin” deganlar.
Bet 37 dan 36
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati
Jilkina A.N.Finansovыy analiz.Uchebnik.M.:Yurayt, 2018.-470s.
Raximov M.Iqtisodiyot sub’ektlari moliyaviy holatning tahlili.
Uslubiy qo‘llanma.T.; Iqtisod-Moliya, 2015.-392.
Raximov M.Iqtisodiyot sub’ektlari moliyaviy holatning tahlili.
Uslubiy qo‘llanma.T.; Iqtisod Moliya, 2015.-156.
Shagiyasov
T.Sh.,
Sagdillayeva
Z.A.,
Urmanbekova
I.F.Ekonmicheskiy analiz./Uchebnik-T.:Iktisod-Moliya, 2017.-428s.
Internet saytlari
www.biznes.daily.uz
www.lex.uz
Bet 37 dan 37
Do'stlaringiz bilan baham: |