4. Moliyaviy taxlilni muammoli jihatlari (davriy orqalikdagi
qiyosiylik, turli korxonalar o‘rtasidagi qiyosiylik, axborot
operativligimuammolari) hamda moliyaviy tahlilda
qo‘llaniladigan boshqa axborotlar
Moliyaviy tahlil yuzasidan maxalliy va xorijiy mualliflar tomonidan
chop etilga adabiyotlar soni shu darajada ko‘pki, ularni o‘rganish
asosida bitta xulosaga kelish mumkin, ya’ni xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlarning faoliyat samaradorligi va uning natijaviyligi baholash
doimo keng qiziquvchilar (menejerlar, mulk egalari va kontragentlar)
e’tiboridagi muhim masalalrdan biri bo‘lgan. Moliyaviy xolat va undagi
o‘zgarishlarni taxlil etish orqali nafaqat bo‘lib o‘tgan jarayonlarning
samaradorligi va natijaviyligiga balki ularning kelgusidagi kutilishlari
ham bashorat qilinadi. Bu esa raqobatbardosh iqtisodiyot sharoitida
muhim ahamiyat kasb etadi.
Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar moliyaviy xolati va undagi
o‘zgarishlarni baholash, tahlil etishda O‘zbekiston va xorij
amaliyotining o‘xshash jixatlari juda ko‘p. Chunki global iqtisodiyot
barcha davlatlarning hisob, audit va tahlil tizimida ham
yagonalashuvni talab etadi. Xuddi shu sababli ham buxgalteriya hisobi
va auditning, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarni ishlab
chiqilgan va amal etilmoqda. Ya’ni xalqaro iqtisodiy aloqalarning
yagona “biznes tili” rasmiy jihatdan shakllangan. Shu sababli ham,
bozor iqtisodiyoti qonun qoidalari asosida rivojlanuvchi barcha
davlatlarda moliyaviy holat va undagi o‘zgarishlarni tahlil etish
Bet 37 dan 28
tashkiliy, uslubiy jihatdan farq qilsa ham mazmun jihatdan bir xilda
yuradi.
Moliyaviy ma’lumotlardan foydalangan holda korxonalar
faoliyatiga to‘g‘ri baho berish muhim vazifadir. Bozor iqtisodi sharoitida
hususiy, jamoa, qo‘shma, kichik, hissadorlik, davlat va boshqa
shakldagi mulkka ega bo‘lgan korxonalar moliyaviy ahvolini
o‘rganishning mazmuni shundan iboratki, bunda o‘z vaqtida pul
tushumlarining kelishi, hisoblashish intizomiga rioya qilish, hususiy va
qarz mablag‘larining to‘g‘ri nisbatga bo‘lishini ta’minlash, moliyaviy
tartib va intizomga, barcha ishlab chiqarish bo‘g‘inlarida iqtisod va
tejamkorlikka rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi. Korxonalarning
moliyaviy holati ko‘p jihatdan - baho, kredit, foyda va uni iqtisodiy
taqsimlanish mexanizmiga bog‘liqdir. Barqarorlik bo‘lgan joyda barcha
xo‘jalik muomalalari va hisob-kitoblar o‘z vaqtida bajariladi. Shu bois
bozor sharoitida har qanday korxonaning moliyaviy ahvolini bilish va
o‘rganishga e’tibor kuchaymoqda. Moliyaviy tahlilning asosiy maqsadi
quyidagilardan iborat: - korxonaning moliyaviy ahvolini har tomonlama
o‘rganib, uning holatiga aniq va holisona baho berish; - mablag‘ va
manbalarning joylanishini tekshirish, ularni to‘g‘ri yo‘nalishda
ishlatilganligini aniqlash; - hisoblashishishlarining o‘z muddatida
bajarilganligini o‘rganish; - korxonaning o‘ziga qarashli mablag‘lari
bilan qarz mablag‘lari o‘rtasidagi nisbat va aylanma mablag‘larni
manba bilan ta’minlanganligini tekshirish; - moliyaviy intizomga
qanchalik amal qilishni aniqlash va to‘lov qobiliyatiga baho berish;
- korxona mulkining qadrligi va tez pulga aylana olish darajasini
o‘rganish; - aylanma mablag‘lardan foydalanishga baho berish va
Bet 37 dan 29
korxonaning moliyaviy ahvolini yaxshilash bo‘yicha takliflar bayon
etish va h.k. Tahlilning asosiy maqsadi – moliyaviy faoliyatdagi yutuq
va kamchiliklarni aniqlab, mablag‘lardan yanada to‘g‘ri foydalangan
holda hisob-kitob tartibini mustahkamlashga qaratiladi. Demak, bu
mahsulot ishlab chiqarish va uni sotish, xarajatlarni tejash, pul-moliya
aloqalari va boshqa faoliyatlarning bir-biriga bog‘liqligini ko‘rsatadi.
Moliyaviy tahlilni bajarishda zarur bo‘ladigan manbalarga korxona
balansi, unga qilingan ilovalar va boshqa hisobot ma’lumotlari kiradi.
Shuningdek, buxgalteriyaning sintetik va analitik schyotlari
ma’lumotlaridan ham keng foydalanish lozim. Chunki keyingi yillarda
tuziladigan hisobotlarning hajmi qisqarib, tahlil imkoniyatlarini
chegaralashga olib kelmoqda. Ayniqsa mahsulot ishlab chiqarish va
uni sotish, maxsus va maqsadli mablag‘lar, zahira jamg‘armasi, foyda
va zararlar, turli xil hisob-kitoblar, qiymatli qog‘oz va veksellar bo‘yicha
ma’lumotlardan ko‘proq foydalaniladi. Bular xo‘jalik faoliyatining to‘g‘ri
boshqarilishi, uning moliyaviy barqaror bo‘lishi va to‘lov qobiliyatining
yaxshilanishiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi.
Moliyaviy taxlil etishdagi o‘xshash jixatlarni buxgalteriya
xisobining muxim tamoyili bo‘lgan mazmunning shakldan ustunligi
tamoyili bilan izoxlash mumkin. Rivojlangan davlatlar moliyaviy
hisobotlari bilan O‘zbekistondagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar
tomonidan tuziladigan moliyaviy hisobot shakllari soni va ularning
nomlanishi yuzasidan farq kuzatilmadi.
Amalda tuzatiladigan va taqdim etiladigan moliyaviy xisobotning
asosiy shakli “Buxgalteriya balansi” rasmiy tuzilishi va mazmun
bo‘yicha xorij amaliyotidan tubdan farq qiladi.
Bet 37 dan 30
Juda ko‘p mualliflar xo‘jalik sub’ektlari moliyaviy holatiga baxo
berishning muhim manbasi bo‘lgan buxgalteriya balansi va uning
tarkibiy tuzilishini belgilashda aktivlarning likvidik darajasi bo‘yicha
qayta tarkiblanishi va qiziquvchilarning keng qatlami uchun xam
tushunarli bo‘lishi lozimligini qayd etadilar.
Korxonalar moliyaviy xolatni O‘zbekiston amaliyotida kompleks
o‘rganish amaliyotiga juda kam xollardagina murojaat qilinadi. Bironta
manbada O‘zbekistonning iqtisodida muxim lokomotiv hisoblangan
korxonalar (Tog‘ kon metallurgiya kombinatlari, O‘zbekiston temir
yo‘llari, O‘zbekiston havo yo‘llari, avtomobilsozlik korxonalari
misolidagi) ma’lumotlari asosidagi real tahliliy xulosalar uchratilmaydi.
Ko‘pincha analitik xisob-kitoblar taxminiy, o‘ylab manbalari asosida
emas balki yillar kesimidagi dinamik o‘zgarishlarda ham kuzatiladi.
Vaxolanki, xorij tahlil amaliyotida firma, kompaniyalarning faoliyat va
tarmoq bo‘g‘inlari bo‘yicha farqli jixatlariga ham alohida ahamiyat
qaratiladi.Moliyaviy xisobotlarni tuzish va taqdim etish bo‘yicha eng
muxim muammolardan bittasi bu ular bo‘yicha ma’murchilik
xarajatlarining xaddan tashqari ortib ketishi bilan bog‘liqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |