Geografik tarqalishi. Kavkaz xelleborusi Gruziya Respublikasining va Krasnodar o'lkasining janubi-g'arbiy tumanlaridagi tog'li o'rmonlarda, ariq bo'ylarida, tog' qiyalarida, o'rmon chetlarida dengiz sathidan 1000 m balandlikda o'sadi. Qisman Shimoliy Kavkazning sharqiy tumanlarida ham uchraydi. Tibbiyotda Kavkaz xelleborusi bilan bir qatorda, qizg'ish xelleborusi ham ishlatiladi.
QIZG'ISH XELLEBORUS – HELLEBORUS PURPURASCENS W. ET K.
Bargining 5-7 bo'lakka ajraIgani (bo'laklari esa 1-2 marta ajralgan) va gulining tashqi tomoni xiraroq binafsha, ichi esa binafsha-qizil rangga bo'yalganligi bilan Kavkaz xelleborusidan farq qiladi. Qizg'ish xelleborus Ukrainaning Zakarpate viloyatida ko'p uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |