I.Kirish
Mavzuni dolzarbligi, maqsadi va ahamiyati
Hozirgi kunda fan va texnika rivojlanib bormoqda. Turli kasalliklarni davolash va oldini olish maqsadida turli dori preparatlariga extiyoj ortgan. Lekin dori preparatlarini olishda bir muncha noqulayliklar va texnikani talab qilmoqda. Sintetik dori preparatlarga qaraganda ta’biy dori preparatlari yuqori ta’sirga ega. Dorivor o’simliklar tarkibida biologic faol moddalarni saqlaydi. Bu moddalar ko’pgina kasalliklarni davolash va oldini olishda ijobiy natija beradi. Shuning uchun tabiiy xom ashyodan olingan preparatlar yuqori samaraga ega. O’simliklardan biologik faol moddalarni ajratib olishda ko’p kuch va malaka talab qilsa ham, ko’pgina o’simliklardan soda turdagi dori preparatlari tayyorlanadi. Masalan damlama, qaynatma, nastoyka va boshqalar.
O’simliklar tarkibida ko’pgina biologic faol moddalarni saqlashi mumkin. Shuni xisobga olgan xolda bitta o’simlik bir necha kasalliklarni davolash va oldini olishi mumkin. O’simlik organizmi juda murakkab. Uning tarkibida turli organic va mineral birikmalar bo’ladi. Albatta, uning hammasi birorta kasallikni davolsh-shifobaxsh xossasiga ega emaslar. Hammaga ma’lumki, butun tirik organism uchun zarur bo’lgan organic birikmalarni anorganik moddalardan faqat o’simliklargina sintez qila oladi.
Kasallikni davolash va uning oldini olish maqsadida dorivor o'simliklardan dori turlari tayyorlanadi yoki ulardan dorivor preparatlar va sof holdagi dorivor moddalar olinadi. Buning uchun shu o'simliklarning kasalliklarni davolash xususiyatga ega biologik faol moddalarga boy bo'lgan qismlaridan, ya'ni ba'zi o'simliklarning yer osti organlaridan (ildiz, ildizpoya, tuganak yoki piyoz), ba'zilarini esa yer ustki organlaridan (barg, gul, meva, urug', po'stloq yoki o't o'simliklarning butunlay yer ustki qismi - o'ti) foydalaniladi. Ba'zan dori turlari, dorivor preparat va toza moddalar o'simlik hamda hayvonlarni birlamchi ishlash yo'li bilan olingan efir moylar, smolalar, moy va yog'lar, daraxt yelimlari, zaharlar (ilon va asalari zaharlari), lanolin, propolis va boshqalardan ham tayyorlanadi va olinadi. Farmatsevtikada dori turlari tayyorlash va dorivor preparatlar hamda toza moddalar olish uchun ishlatiladigan dorivor o'simliklar va hayvonlar organlari yoki ulardan birlamchi ishlash yo'li bilan olingan mahsulotlar dorivor mahsulotlar deb ataladi.
Inson organizmiga sintetik preparatlarga nisbatan tabiiy preparatlarning ta`siri ancha keng va ulardagi moddalar organizmda hosil bo`ladigan moddalar bilan mos keladi hamda sintetik dori vositalariga o`xshab, organizmda kumulyatsiyalanmasdan, balki metabolitlanib chiqib ketadi. Bugungi kunda yurak glikozidlarga bo`lgan talab ahamiyatli hisoblanadi va ularni saqlovchi dorivor o`simliklar amaliyotda keng doirada o`rganilib kelinmoqda. Chunki yurak glikozidlari va tarkibida ana shu glikozidlar bo'lgan mahsulotlardan tayyorlangan dori turlari hamda preparatlar, asosan, yurak kasalliklarini (yurak porogi va shu kasallik natijasida qon aylanishinins II va III darajali buzilishi, yurak astmasi va boshqalar) hamda ba'zi og'ir va yuqumli kasalIiklar natijasida yurak ishinins qattiq buzilishi kasalliklarini davolashda ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |