SOG`LOMLIK GURUHI: IV guruh
HAMROX KASALLIK: surunkali zotiljam
Davolash varaqasi:
Levofloksatsin 0,5x2v/i.
Seftriakson 2,0x1 v/i
Tab.leflox kuniga 1 mahal
Sol.glucosae 10%- 400ml+insulini 12 ed+vit B12
Euphillini 2,4%-10ml v/i kuniga 1 marta
Tab.ambraxoli 0,5x1
Bioflor 1st.lx3r/d
Kundalik 09.02.2020y
t-37oC Shikoyati: absess bor soxada qattiq , tarqoq xirillash
p/s-82 eshitilishi, jarohat bor sohadagi og`riq, nafas qisishi, balg`am
HC-20 ajralishi, yo`talish.Bemorning umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli.
A/B-120/75mm.sim.ust Es-hushi o`zida , savollarga javob beradi. Tana holati
to`g`ri. Ovqatlanishi qoniqarli.Teri rangi och pushti.Limfa tugunlari
kattalashmagan, elastik, o`rtacha kattalikda.Mushaklar tonusi saqlangan. Tayanch-
xarakatlar tizimi tomonidan: bo`g`imlarda harakatlar to`laligicha saqlangan ,
deformatsiya kuzatilmaydi.
Tavsiya: davolanishni davom ettirish
Stud Jalgasova Z.S
Kundalik 10.02.2020y
t-37,5oC Shikoyati: absess bor soxada qattiq , tarqoq xirillash
p/s-76 eshitilishi, jarohat bor sohadagi og`riq, nafas qisishi, balg`am
HC-20 ajralishi, yo`talish, bosh og`rig`I, qon bosimi ko`tarilgan.
A/B-130/85mm.sim.ust Bemorning umumiy ahvoli nisbatan qoniqarli. Es-hushi
o`zida , savollarga javob beradi. Tana holati to`g`ri. Ovqatlanishi qoniqarli.Teri
rangi och pushti.Limfa tugunlari kattalashmagan, elastik, o`rtacha kattalikda.
Mushaklar tonusi saqlangan. Tayanch-xarakatlar tizimi tomonidan:bo`g`imlarda
harakatlar to`laligicha saqlangan ,deformatsiya kuzatilmaydi.
Tavsiya: davolanishni davom ettirish
Stud Jalgasova Z.S
XULOSA:
So`nggi davr insoniyat zarvaraqlariga ilmiy-texnika taraqqiyoti, koinotni zabt etish va madaniyat-ma`rifat rivoji asrlari bo`lib kiradi.ilmiy texnika taraqqiyoti xalq faravonligini oshirish va inson umrini uzaytirish bilan birga dunyo ahli oldiga sanoat chiqindilari,ko`p sonli avtotransport galari, agroximiya qoidalarining buzilishlari bilan bog`liq yer, suv, havoning ifloslanishi muammosini ham ko`ndalang qilib qo`ydi.Jumladan, atrof-muhit faktorlarining inson nafas a`zolarini ko`plab shikastladi.Butun dunyoda, ayniqsa, sanoati rivojlangan mamlakatlarda o`pkaning nospesifik kasalliklari(O`NK) bilan hastalanish o`sib borayotgani qayd etilmoqda.AQSHda har besh kishidan biri o`pka kasalliklariga chalingan, ulardan esa har yili o`rta hisobda 240 ming kishi hayotdan ko`z yumadi.MDH va uzoq horijiy mamlakatlar olimlari ma`lumotlariga ko`ra , aholining turli guruh va olimlari o`pkaning surunkali nospetsifik kasalliklari(O`SNK) 5 dan 51 foizgacha uchrab, ularning tarqalishi erkaklar orasida ayollarga nisbatan 2-3 marta ortiqdir.O`SNK bilan kasallanishning kishilarda yosh o`tgan sari oshib borishi ham qayd qilinmoqda.Hozirgi kunda Markaziy Osiyoda ham nafas a`zolari kasalliklari tobora keng tarqalib bormoqda. O`zbekiston bo`yicha to`plangan ma`lumotlarga ko`ra, nafas a`zolari kasalliklari hozirgi paytda barcha kasalliklar ichida birinchi o`rinda turadi. Kasallanish esa so`nggi 5 yil ichida 2,5 marta ortgan. Bronxial astma va surunkali bronxit bilan kasallanish ayniqsa tez sur`atlar bilan ko`payib boryabdi. Keyingi o`n yil ichida o`pkaning nospetsifik kasalliklariga qarshi kurash yanada kuchaytirildi.Hozirgi kunda O`zbekistonda bemorlarga pulmonologik yordamni tashkil qilishning nazariy asoslari ishlab chiqilmoqda. Ma`lumki, ixtisoslashgan tibbiy yordamning bosqichma- bosqichligi va izchilligi juda muhim jihatlardan sanaladi. Bosqichma-bosqich deganda tibbiy muassasalarning ambulatoriya, gospital va reailitatsion strukturalarga bo`linishi tushuniladi. Tibbiy yordamning funksional vazifalari va tabiatidan kelib chiqib, har bri struktura bo`linmada tegishli diagnstik va davolash tizimlari barpo etiladi. Izchillik deganda turli yoshdagi (bolalar, o`smirlar, katta va keksa yoshdagi kishilar) bemorlarga yordam ko`rsatishda ular to`g`risida, albatta,o`zaro tibbiy axborotlar almashish, davolash usullarini tanlash, bemorlarni kuzatib borish, konsultativ-diagnostik va kasalxona muassasalarining mutaxassislari ishlab chiqqan uzoq muddatli tavsiyanomalarni bajarish nazarda tutiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |