Kurs ishining hajmi va tuzilishi. Mazkur kurs ishi 2 ta bob , 4 ta paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat
Mavzu: Õrta va katta guruh bolalar uchun qurilishva konstruksiyalash bõyicha faoliyatlarni loyihalashtirish.
Reja:
Qurish-yasash materiallarining turlari.
Qog‘ozdan qurish - yasash.
Qog‘oz va tabiat materiallaridan qurish - yasash
Maktabgacha ta’lim muassasalarida turli yosh guruhlarida qurish-yasashga o‘rgatish metodlari, turlari
Qog‘ozdan qurish-yasashga o‘rgatish, ishlarini tahlil qilish, turli yosh guruhlari uchun qurish-yasash mashg‘ulotlarining interfaol ishlanmalarini ishlab chiqish.
Qurish-yasash lotin tilidan olingan bo‘lib, turli predmetlarni, qism va elementlarni ma’lum bir holatga keltirish, ma’nosini bildiradi. Qurish-yasash faoliyati – amaliy faoliyat bo‘lib, oldindan belgilangan, biror maqsadga qaratilgan real voqealikdir.
Qurish-yasash materiallarining turlari. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarga qurish-yasash faoliyatini o‘rgatishda qurilish materiali, turli konstruktorlar, qog‘ozdan, tabiat, tashlandiq materiallaridan foydalaniladi. Materialni turi- qurish yasash turini aniqlab beradi.
Qurilish materiallari. Qurilish materiali-mayda va yirik-geometrik figuralardan (kub, silindr, prizma va hokazo) iborat. Mashg‘ulotlarda qurilish materiallaridan turli xil to‘plamlardan foydalaniladi: M.P.Agapovning № 2, 3, 4, 5, 6, 7.
mazmunli to‘plamlar: Kichik qurilish materiallari: “Kosmodrom”, “Temir yo‘l vokzali” va boshqalar.
Konstruktorlar. Maktabgacha ta’lim muassasasalarda konstruktorlardan (taxtali, plastmassa, metall va keramika) foydalanadilar. Bu to‘plamlar orqali turli konstruksiyalar yasash mumkin. Tarbiyachi rahbarligida bolalar oddiy birlashtirish usulidan suratlar bo‘yicha turli xil harakatli konstruksiyalar yasaydilar. Asosiy diqqat bolalarni ma’lum qismlarini birlashtirish malakalarini shakllantirishga qaratiladi. Bunda bolalarni qo‘llarini muskullari ishtirok etadi, qo‘l muskullari hali yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. Tarbiyachi rahbarligi ostida bolalar yangi birlashtirish yo‘llarini va turli xil xarakterdagi konstruksiyalarni rasmga, chizmaga qarab yaratishga o‘rganadilar. Bu ishlarni bolalarga taklif etishdan oldin, tarbiyachining o‘zi bu konstruktorlar, ularga berilgan metodik ko‘rsatmalar bilan yaxshilab tanishib, o‘rganib chiqishi zarur. Bolalarga qurilish materiallari va konstruktorlar to‘plami hammasi birdaniga berilmaydi, balki asta-sekin, ketma-ket bolalarning o‘zlashtirishlariga qarab beriladi.
Lego, mozaika, “Tangram”, “Tuxum” bular stol o‘yinlari hisoblanib, bolalarni konstruktorlik, dizaynerlik, yaratuvchanlik hislatlarini shakllantiradi va rivojlantiradi.
Qog‘ozdan qurish-yasash.
Origami. Bu qog‘ozni buklash yo‘li bilan narsa yasash ma’nosini bildiradi.
Кirigami. Bu qog‘ozni yirtish yoki simmetrik qirqish yo‘li bilan yasash yo‘li bilan narsa yasash ma’nosini bildiradi.
Кusudamа. Bu qog‘ozni buklash yo‘li bilan gul yasash ma’nosini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |