Kurs ishining dolzarbligi:
Maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun tarbiyachilar tomonidan o;ib boriladigan qurilish va kokstruktolash bo‘yicha faoliyatni loyixalashtirish muhim ahamiyat kasb etadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 29 dekabrdagi “2017-2021 yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-2707-sonli, 2017 yil 30 sentyabrdagi “Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-sonli Farmoni, 2017 yil 9 sentyabrdagi «Maktabgacha ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-3261-sonli qarori, shuningdek Maktabgacha ta’lim vazirligining 2018 yil 18 iyundagi 1-mh sonli “Ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo‘yiladigan davlat talablari” hamda “Ilk qadam” maktabgacha ta’lim muassasasining Davlat o‘quv dasturini amalda joriy etish, shu asosda maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyachilari malakasini oshirish jarayonlarining mazmunini takomillashtirish hamda ularning kasbiy kompetentligini muntazam oshirib borishni nazarda tutadi.
Yangi talablarga javob beruvchi zamonaviy, islohlashgan maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachisining yuksak bilim va kasbiy mahoratga ega bo‘lishi talab etiladi.
Nar bir ota-ona o‘z farzandini eng bilimdon, yuksak ma’rifatli, mahoratli, ijodkor tarbiyachi tarbiyasiga berishni istaydi. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi bo‘lajak tarbiyachilarga talabalik davridan boshlab, maktabgacha ta’limning asl mohiyati bola va tarbiyachining hamkorlik faoliyati ekanligini, bola tarbiyasining maqsadini, bola ruhiyatini rivojlantirish qoidalariga amal qilishni o‘rgatadi.
O‘z kasbining mohir ustasi bo‘lish uchun tarbiyachi maktabgacha ta’lim pedagogikasi fanini chuqur egallashi lozim. Maktabgacha ta’lim pedagogikasi o‘quv-tarbiya faoliyatini tashkil qilish vosita va usullarini o‘quv-tarbiya jarayonida kelib chiqadigan muammolar va uning yechimini to‘g‘ri hal qila bilish, innovatsion texnologiya usullaridan foydalanish, qiyinchiliklarning to‘g‘ri yechimini topishga yo‘naltiradi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasining milliy asoslari: ta’lim tarbiyamasalalari, har bir millatning milliy merosiga, umumz bashariy qadriyatlariga bog‘langan holda bog'cha yoshidan boshlab o‘zligini anglash, erkin fikrlash, g‘urur tuyg‘ularini shakllantirishga qaratiladi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani eng muhim asosiy pedagogik munosabatlar sabablarini aniqlaydi, uni pedagogik jarayonda o‘rganadi. Ushbu fan bo‘lajak tarbiyachilarni maktabgacha ta’lim muassasalarida tarbiyachilik faoliyatiga tayyorlaydi. Shu sababdan o‘quv qo'llanmada maktabgacha pedagogika fanining nazariy va amaliy masalalarini yoritib berishga alohida e’tibor qaratildi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi fani inson kamolotiga qaratilgan, xalq yaratgan boy tajriba, ilmiy tadqiqotga doir nazariy va metodik manbalarga, jahon mutafakkir, ma’rifatparvar pedagog olimlarining asarlariga suyangan holda komil insonni tarbiyalashning qonun, qoida va tamoyillariga asoslanadi.
Maktabgacha ta’lim pedagogikasi o‘quv qoilanmasini qayta to‘ldirilgan nashrida O‘zbekistonda barkamol avlod ma’naviyatini shakllantirish borasidagi islohotlar, maktab faoliyatini modernizatsiyalash, ya’ni ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirishga doir O’zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivolantirsh Konsepsiyasi, « O'zbekiston Respublikasining ilk va maktabgacha yoshdagi bolalar rivojlanishiga qo'yiladigan davlat talablar», DMTT Nizomlari hamda «Ilr qadam» davlat o’quv dasturi yaratilib, amaliyotda qo‘llanilayotganligi masalalariga e’tibor qaratildi.
Maktabgacha ta’limning mazmuni, ta’lim-tarbiyani tashkil qilish metodlari va boshqarish masalalariga bag'ishlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |