O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA’LIM VAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
“Kimyo texnologiya” fakulteti
“Menejment” kafedrasi
KURS ISHI
“Korxona Iqtisodiyoti va menejmenti” fanidan
Mavzu: SANOAT KORXONALARINI MOLIYAVIY DIAGNOSTIKA QILISH
Bajardi: ______ guruh talabasi
___________________
Raxbar: Abdullayeva.B
Mavzu: SANOAT KORXONALARINI MOLIYAVIY DIAGNOSTIKA QILISH.
KIRISH
ASOSIY QISM
Korxonaning iqtisodiy faoliyatini boshqarish samaradorligining mohiyati
Sanoat korxonalarining moliyaviy faoliyatini tahlil qilish usullarining asoslari
Korxonalarnining moliyaviy-iqtisodiy samaradorligini oshirish yo'llari va omillari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi Mustaqillik yillarida barcha xo`jalik yuritish tizimining bozor munosabatlariga o`tishi iqtisodiyotning asosiy bo`g’ini hisoblanuvchi korxona maqomining sezilarli ravishda o`zgarishiga sabab bo`ldi. Korxonalar endilikda davlatga tegishli bo`lgan paytlardagidan farqli o`laroq mahsulot ishlab chiqarish bo`yicha faoliyatlarini direktiva ko`rsatkichlari asosida emas, balki O`zbekiston Respublikasi “Korxonalar to`g’risida”gi qonuni va bozor talablariga asosan mustaqil ravishda yuritmoqda. Ular o`zlariga kerak bo`lgan ishchi va xodimlar sonini mustaqil belgilamoqda, ishlab chiqarish texnikasi va texnologiyasi, tejamkorlik rejimiga rioya qilish masalalari bilan shug’ullanmoqda, zamonaviy marketing va menedjmentni yo`lga qo`ymoqdalar hamda joriy ishlab chiqarishni rejalashtirmoqdalar va rivojlanishning zaruriy prognozlarini amalga oshirmoqdalar. Korxonalar va ularning turlari Mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar, korxona ishchilar soniga qarab kichik yoki o’rta korxonalarga bo’linadi.
Ma'lumki, joriy yilda sanoat mahsulotlarining o‘sish sur'ati 107,8 foizni tashkil etishi mo‘ljallangan (qo‘shilgan qiymatda 106,4 foiz). Shu jumladan, ushbu chorakda bu ko‘rsatkich 106,2 foizni tashkil etishi zarur. Bu maqsadda, o‘tgan yili 161 yangi yirik hamda hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari doirasida 7 mingdan ziyod sanoat ishlab chiqarish quvvatlari barpo etilgan. Bundan tashqari mamlakatimizning valyuta siyosatini erkinlashtirilishi o‘zining ijobiy samarasini bermoqda.
Shu bilan birgalikda joriy yilning hisobot davrida statistika organlarining ma'lumotlariga ko‘ra, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish xajmi 14452,1 milliard so‘mni tashkil etib, oldingi yilning mos davriga nisbatan 112,9 foizga o‘sdi (yanvar oyi yakuni).
Ammo, 119 ta yirik sanoat korxonalari tomonidan mahsulot ishlab chiqarish hajmi oldingi yilning mos davriga nisbatan qariyb 447 milliard so‘mga kamaygan. Xususan, “O‘zpaxtasanoat” AJ - 17 korxona 32,4 milliard so‘mga, “O‘zbekneftegaz” AJ (17 ta korxona, qariyb 58 milliard so‘m), “O‘zvinprom-xolding” XK (12 ta, qariyb 12 milliard so‘m) va “O‘zpaxtayog‘”
(11 ta, 32,5 milliard so‘m) ishlab chiqarish xajmlarini kamaytirishga yo‘l qo‘ygan.
Shuningdek, Respublika tasarrufidagi "Xorazm shakar" QK - 79,7 milliard so‘m, "Angren shakar" YOAJ - 67,1 milliard so‘mga ishlab chiqarish hajmini kamaytirgan. Hududlar kesimida tahlil qilinganda, Toshkent shahrida "Choy qadoqlash fabrikasi" YOAJ - 50,2 milliard so‘m, "Ko‘kcha tekstil" YOAJ - 14,5 milliard so‘mga, "O‘zneftegazinformatika" AJ - 1,3 milliard so‘m, Farg‘ona viloyatida "Kuvasoyshifer" AJ - 2,6 milliard so‘m, Toshkent viloyatida "Luka tekstil" YOAJ korxonlari - qariyb 712 million so‘mga ishlab chiqarish mahsulotlari xajmini kamaytirib yuborgan.
Hisobot davrida mamlakatimiz bo‘yicha iste'mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 7,1 foizga o‘sgan bo‘lsada, oziq-ovqat tovarlari ishlab chiqarish xajmi 6,6 foizga kamaygan.
Joylardagi mahalliy davlat hokimiyati organlari xalqimizni rozi qilishga yo‘naltirilgan islohotlarni jadal olib bormaganliklari ayrim hududlarda, jumladan Navoiy (98,2 foiz), Buxoro (98,9 foiz), Namangan (99,5 foiz) viloyatlarida va Toshkent shahrida (99,5 foiz) iste'mol tovarlarini oldingi yilning mos davriga nisbatan kam ishlab chiqarilishida o‘z ta'sirini ko‘rsatdi.
Bunday holat tarmoq va hududiy rahbarlar tomonidan mavjud imkoniyatlardan to‘liq foydalanmayotganidan dalolat beradi. Ayniqsa bu borada buyurtmalar portfelini o‘z vaqtida ishonchli ravishda shakllantirilmaganligi, aylanma mablag‘lar talab darajasiga javob bermasligi, umuman olganda raqobatbardoshlik darajasi e'tibordan chiqganligi natijasida yuzaga kelgan.
Bu esa sanoat tarmoqlari va korxona rahbarlarining o‘z ish faoliyatlarini birinchi chorak yakuniga qadar tanqidiy ko‘z bilan qayta ko‘rib chiqib, eng avvalo eksportga yo‘naltirilgan raqobatbardosh sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga, inflyatsiya darajasini jilovlashga, aholiga munosib turmush tarzini yaratishga qaratishlarini talab etmoqda.
Iqtisodiyotdа tаrkibiy islohotlаr vа iqtisodiyotni modеrnizаtsiyalаshni yanаdа chuqurlаshtirish, uning ko`lаmini kеngаytirish bilаn bog`liq mаsаlаlаrning nаzаriy vа аmаliy tomonlаrini o`rgаnishdа ― Mikroiqtisodiyot muhim аhаmiyat kаsb etаdi. Аyniqsа, bugungi kundа istе`molchilаr tаlаbining o`zgаrishi, rеаl sеktordа yarаtilаyotgаn tovаr vахizmаtlаr nаrхining shаkllаnishi, foydаni mаksimаllаshtirish, noаniqlik shаroitidа qаror qаbul qilish, shuningdеk, nаrхgа vа boshqа omillаrgа bog`liq tаlаb vа tаklif elаstikligining mаzmun-mohiyati, dаvlаtning bozorgа аrаlаshuvi, tovаrlаrgа minimаl vа mаksimаl nаrхlаrni o`rnаtish vа uning oqibаtlаri bilаn bog`liq tushunchаlаr, qаrаshlаrni sаbаbiy bog`liqlikdа tizimli tаhlil etishdа ― Mikroiqtisodiyot аlohidа o`rin tutаdi. Shuningdеk, bugungi kundа ko`plаb rivojlаngаn vа jаhon iqtisodiyotidа еtаkchi o`rin tutаdigаn mаmlаkаtlаr tаjribаsi shuni so`zsiz isbotlаb bеrmoqdаki, rаqobаtdoshlikkа erishish vа dunyo bozorlаrigа chiqish, birinchi nаvbаtdа iqtisodiyotni izchil isloh etish, tаrkibiy ihаtdаno`zgаrtirish vа divеrsifikаtsiya qilishni chuqurlаshtirish, yuqori tехnologiyalаrgааsoslаngаn yangi korхonа vа ishlаb chiqаrish аrmoqlаrining jаdаl rivojlаnishini tа′minlаsh, fаoliyat ko`rsаtаyotgаn quvvаtlаrni modеrnizаtsiya qilish vа tехnik yangilаsh jаrаyonlаrini tеzlаshtirish hisobidаn аmаlgа oshirilishi mumkin.
Korxonada xarajatlarni kamaytirish, ularni hal qilish yo'llarini topish muammolari korxonaning zamonaviy iqtisodiyotining murakkab va qiziqarli masalalari hisoblanadi. Xarajatlarni kamaytirish muammosi zamonaviy iqtisodiy sharoitlarda juda dolzarbdir, chunki uning echimi har bir muayyan korxonaga qattiq bozor raqobati sharoitida omon qolish, yaxshi iqtisodiy salohiyatga ega kuchli va kuchli korxona qurishga imkon beradi.
Har qanday korxonaning maqsadi-bu faoliyatning iqtisodiy samarasiga erishishdir. Iqtisodiy effekt korxona tashkil etish va faoliyat maqsadlariga, ham foyda, ham ijtimoiy, ekologik va boshqa yaxshilanishlarga erishish orqali ifodalanishi mumkin. Aksariyat korxonalar daromadni maksimal darajada oshirishga intiladi va bu ishlab chiqarish xarajatlarini, ishlab chiqarish va sotish uchun alohida xarajatlarni tahlil qilmasdan, xarajatlarni kamaytirish uchun zaxiralarni aniqlash va korxonada xarajatlarni kamaytirish bo'yicha tavsiyalarni amalga oshirmasdan mumkin emas. Faqat xarajatlarni har tomonlama tahlil qilish ishlab chiqarish, ularni kamaytirish uchun zaxiralarni to'g'ri aniqlash, korxona o'z maqsadiga erisha oladi va raqiblarini yo'qotmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |