Navoiy bilan Pushkin
Turib keldi qabrdan.
Navoiy turk tilini yuqori darajaga olib chiqqan bo’lsa, Pushkin ham ruslarning
Navoiysi hisoblanadi.
Kim darg’azab, kim hayron
Chiqib keldilar qator:
Dante, Shiller va Bayron,
Firdavsiy, Balzak , Tagor.
Yuqoridagi ijodkorlar bilan bir qatorda Xayyom, Neruda, Lorka, Servantes ,
Fuzuliy nomlar ham keltirilgan.
“Xamsa” dostonlari qahramonlari Erkin Vohidov she’rlarida
antraponim sifatida
Odatda, ulkan va iste’dodli san’atkorlarning butun bir ijodigina emas , balki har bir
asari o’nlab, yuzlab olimlar tomonidan batafsil tadqiq qilinadi, sinchiklab
o’rganiladi. Erkin Vohidov ham poetik tafakkuri g’oyat keng va tiniq shoirdir. U
ijodi davomida turli mavzularni yoritib berdi. Ayniqsa, yoshlik va unga hamohang
bo’lgan ishq-muhabbat mavzusidagi she’rlar insonga zavq beradi. Erkin Vohidov
vatan mavzusidagi she’rlarida yurtim, xalqim deb yashagan insonlarni o’z she’rida
gavdalantirgan bo’lsa, ishqiy ijod namunalariga Farhod va Shirin , Layli va Majnun
obrazlarini kiritgan. Ular mumtoz adabiyotimizda sevgi-muhabbat timsollari
hisoblanadi.
Farhod – “Farhod va Shirin” dostonining bosh qahramoni. aqlli, zukko,
fahm-farosatli, dono degan ma’nolarni bildiradi. Navoiy Farhodni o’z
ismi bilan tug’ilgan deya ta’riflaydi. Ya’ni ismining o’zi fajr, ranj, hajr,
oh, dard kabi xislatlarni o’zida yashirgan.
Majnun – “Layli va Majnun” dostonining bosh qahramoni. Bu so’z arabchadan
telba , devona, jununlangan(jinni) degan ma’nolarni bildiradi. Asl ismi Qays.
Erkin Vohidovning “Sevgi otashi” she’rida :
Ishq-u hajr olamga meros,
Bo’yla merosdir azal
Bizga Farhoddan fidolik,
Bizga Majnundan junun
degan parcha bo’lib , bunda Farhodning Shiringa qilgan fidokorligi hamda
Majnunning Layli ishqi dardida junun bo’lganligiga urg’u berilgan.
“Tuni bilan yig’labdi bulbul “ she’ridan:
Sevgi sahrosida qolmish
Necha Majnundan g’ubor,
Necha Farhod gardi yotgay
Bistunning tog’ida.
“Visol sog’inchi” she’ridan:
Gar sog’inchim sharhin aytsam
Yondirar Farhod o’zin,
Yo ochay Majnunga dardim,
Ul-ku mendan sog’rog’.
Shirin – “Farhod va Shirin” dostonida ma’shuqa obrazi.
Layli – “Layli va Majnun” dostonida ma’shuqa obrazi. Layli arabchada “tun” degan
ma’noni anglatadi.
“Samar bo’lgay” she’ridan:
Tirilsa nogahon Farhod ,
Yuzingni ko’rsa ko’zguda.
Kechib Shirinidan yuz yil
Ko’yingda darbadar bo’lg’ay.
“Lola sayli” badihasidan:
O’yladim shu tong , necha yil
Dasht-u sahrolar kezib,
Taklifi sayl aylamabdilar
Ne uchun Qays Layliga!
“Yoshlik” she’ridan:
Yoshlik ishq-u oshiqlik mayli ,
O’zi Majnun, ham o’zi Layli.
Do'stlaringiz bilan baham: |