Kurs ishi bajardi X. Fayoziddinova Qabul qildi I. O'rinboyev mundarija kirish



Download 2 Mb.
bet1/6
Sana11.06.2022
Hajmi2 Mb.
#653795
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
2 5195210523053923677


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

FARGO’NA DAVLAT UNIVERSITETI
TABIIY FANLAR FAKULTETI
BIOLOGIYA YO’NALISHI
21.53-GURUH TALABASI
Fayoziddinova Xursanoyning
BOTANIKA FANIDAN
TAYYORLAGAN
KURS ISHI


Bajardi_________________ X. Fayoziddinova
Qabul qildi______________I. O'rinboyev


MUNDARIJA


Kirish
I.Bob Adabiyotlar tahlili………………………………………………………..
II.Bob. O’zbekistonda tarqalgan Nargisnamolar qabilasiga mansub o’simliklar sistematikasi haqida ……………………………….
Piyozdoshlar oilasi…………………………………………………………
Nargisdoshlar oilasi ……………………………………………………….
3. Shirachdoshlar oilasi……………………………………………………..
Xulosa……………………………………………………………………………...
Foydalanilgan adabiyotlar....................................



…Sayyoramizning ertangi kuni,


farovonligi farzandlarimiz qanday
inson bo’lib yetishi bilan bog’liq.
Shavkat Mirziyoyev (BMT Bosh
Assambleysining
72-sessiyasida so’zlagan nutqidan)

K I R I S H


Respublika Prezidenti Shavkat.Miromonovich. Mirziyoyev aytganidek ta’limni rivojlantirish ,yosh avlodga jahon andozalariga mos bilim,iqtidor va ko’nikmalar berish,ularni ona vatanga ,milliy istiqlol g’oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash borasida ko’rsatayotgan doimiy g’amxo’rligi tufayli ta’lim tarbiya ishlarining bugungi qiyofasi tubdan o’zgardi.U mustaqillikka erishib taraqqiyot yo’lidan dadil borayotgan mamlakatimiz ruxini, g’oyalari va intilishlarini o’zida aks ettirgan ta’lim tizimiga aylanmoqda .Eng asosiysi mamlakatimizda ta’lim tizimini hali jahon amaliyotida kam uchraydigan betakror modeli yaratildi.
Shavkat Mirziyoyev yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo‘shimcha sharoitlar yaratish, xotin-qizlar bandligini o‘z ichiga olgan 5 ta tashabbus bo‘yicha.
Xususan, birinchi tashabbus bo‘yicha yoshlarni madaniyat va san’at muassasalariga keng jalb etishga oid dastur loyihasi tayyorlangan. Unga muvofiq, 2019−2020 yillarda 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan 2 million nafar yoshlarni madaniyat va san’atga jalb etish bo‘yicha hududiy «yo‘l xarita"larini tasdiqlash ko‘zda tutilgan. Shuningdek, bolalar musiqa va san’at maktablarida qo‘shimcha sinflar, madaniyat markazlarida cholg‘u, xonandalik, tasviriy san’at to‘garaklari, havaskorlik teatr jamoalari va bolalar ansambllarini tashkil etish belgilangan. Yangidan quriladigan, rekonstruksiya va kapital ta’mirlanadigan hamda jihozlanadigan madaniyat markazlari manzilli ro‘yxati ham shakllantirilgan.
Ikkinchi tashabbus yuzasidan tayyorlangan yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga jalb etish, sport inshootlari quvvatini oshirishga qaratilgan dastur loyihasida yaqin 2 yilda har bir tumanda yengil konstruksiyali, sendvich panelli kichik sport zallari qurish belgilangan.Prezident mavjud va yangi quriladigan sport inshootlariga aholi va yoshlarni kengroq jalb etish, ommaviy sport tadbirlarini o‘tkazishni ko‘paytirish kerakligini ta’kidladi.
Uchinchi tashabbus — aholi va yoshlar o‘rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanish chora-tadbirlariga oid dastur doirasida 2019−2020 yillarda tuman va shaharlarda raqamli texnologiyalar o‘quv markazlari tashkil etish va ularda bepul ta’lim berish, 19 mingga yaqin ijtimoiy soha ob’ektini yuqori tezlikdagi internet tarmog‘iga ulash ko‘zda tutilmoqda.
Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish chora-tadbirlar dasturi loyihasi to‘rtinchi tashabbus maqsadlarini amalga oshirishga qaratilgan. Unga ko‘ra, har bir hududga 1 million donadan badiiy, tarixiy, ilmiy, ommabop mavzulardagi kitoblar yetkazib berish ko‘zda tutilgan. Shuningdek, axborot-kutubxona markazlarini rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash, tadbirkorlar tomonidan xalq kutubxonalari ochish ham belgilangan.
Beshinchi tashabbus bo‘yicha hududlarda tikuv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishni tashkil etish va xotin-qizlar bandligini ta’minlash chora-tadbirlari dasturi loyihasi tayyorlangan. 2019−2020 yillarda har bir tumanda yengil konstruksiyali tikuv-trikotaj korxonalarini qurish va ayollarni band etish ko‘zda tutilmoqda.

Mavzuning dolzarbligi.


Nargisnamolar qabilasi vakillari hozirda endem tur bo’lganligi uchun va soni kamayib borayotganligi uchun bu qabilaga mansub oila vakillari O’zbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan. Bu qabila vakillari dorivorligi bilan ham alohida ahamiyatga ega. Shuningdek bu qabilaga mansub bo’lgan piyozdoshlar oilasi vakillari sabzavot o’simligi sifatida ko’plab ekib o’stiriladi, ovqatga ishlatiladi va dorivor o’simlik sifatida keng foydalaniladi. Piyozlarning xalq xo’jaligidagi ahamiyati nihoyatda katta. Bosh piyoz bakteriyalarni o’ldiruvchi modda – fitonsidlarga juda boy. Nargizdoshlar oilasi vakillari ko’pchilik turlari tropik va subtropik mintaqalarda turli ekologik sharoitlarda o’sishga moslashgan. Bu oila vakillari manzarali o’simlik sifatida xonadonlarda, istirohat bog’larida va boshqa joylarda ekib o’stiriladi. Ba’zi turlarining gullarida xushbo’y efir moyi, piyozboshida alkaloidlar mavjud. Lekin hozirda bu o’simliklarning judayam ko’plab turlari piyozlarining kavlab olininsh, chorva mollari uchun yem-hashak sifatida foydalanilishi bu o’simliklarning sonini kamayishiga, faqat tog’larda va odam qadami yetmaydigan joylarda o’sishiga olib keldi.
O`zbekiston xududida 4300 ga yaqin o`simlik turlari tabiiy sharoitda
yovvoyi holda uchraydi. Ulardan 120 ga yaqin turlar rasmiy ravishda
farmakologiya ro`yhatidan o`tgan turlar hisoblanadi. Olimlarning
ma‘lumotlariga ko`ra, O`zbekiston florasidagi 2000 ga yaqin o`simlik turlari
halq tabobatida turli darajada ishlatiladi, xalos. Qolgan o`simlik turlarining
foydalilik xususiyatlari yoki ularni kundalik turmushda ishlatilishi borasidagi
ma‘lumotlar yetarli darajada emas
Muqaddima. Serquyosh O‗zbekistonimiz o‗simliklar olamiga juda boy zamindir. Atrofimizni xilma-xil va ajoyib o‗simliklar o‗rab turganligini ko‗rish mumkin. O‗lkada asrlar davomida shakllangan o‗simliklar dunyosi va unda mavjud o‗simlik turlari ekologik muhit bilan o‗zaro bog‗liq bir butun, mutloq o‗zgarmas sistemadan iborat. Uning ma‘lum bir bo‗lagi yoki elementi (turi)ning buzilishi, butun sistemani buzilishiga olib kelishi mumkin. Insoniyat qadim zamonlardanoq o‗z tevarak atrofi bilan uyg‗unlashib, kelmoqda. Vaqt o‗tishi bilan sanoatning rivojlanishi, inson ehtiyojlarining ortishi natijasida ona tabiatga bo‗lgan munosabat ham o‗zgardi. Buning natijasi so‗nggi asrlarda inson va tabiat orasidagi muvozanatning buzilishi, tabiatdagi ayrim o‗simlik turlarining yo‗qolib ketishiga sabab bo‗lmoqda. Tabiatda mavjud ekosistemalarning muvozanati va ularda sodir bo‗ladigan tabiiy jarayonlarni buzilishi haqida qator ma‘lumot va faktlar mavjud bo‗lib, bu faktlarning universal turlaridan biri sanoat, transport va qishloq xo‗jaligini tez sur‘atlar bilan rivojlanayotganligida. Gap shundaki, bu tashkilot va muassasalar tashqi muhitga hisobsiz darajada ko‗p tashlandiq moddalarni chiqarib, tabiiy muhit va unda mavjud o‗simliklar va hayvonot olamiga zararli ta‘sir ko‗rsatib kelmoqda. Shu singari tabiatga zararli ta‘sir omillardan yana biri insonning tabiiy resurslarga befarq bo‗lishi, undan nooqilona foydalanish, ayrim hollarda ularga yirtqichlarcha munosabatda bo‗lish xolatlari kuzatiladi. Bu hol tabiiy o‗simlik zararlanishi natijasida kamayib, hatto yo‗qolib ketishiga sabab bo‗ladi. Insonning o‗simliklar olamiga zararli ta‘sir omillaridan yana biri rekratsion jarayon. Tabiat qo‗ynida insonning ommaviy ravishda dam olishidir. Chetdan qaraganda inson tabiat qo‗ynida dam oladi, rohatlanadi. Ammo dam oluvchilar tabiiy holda tarqalgan yovvoyi o‗simliklardan guldastalar tayyorlaydi, ayrimlarini uzadi, poymol qiladi va hokazolardan kamayishiga, yo‗q bo‗lishiga sabab bo‗ladi. Shunday o‗simliklar orasida nodir, kamyob turlar borki, ularga insonni zararli ta‘siri kuzatiladi. Hozirgi kunda respublikamizda o‗simliklar xalq xo‗jaligining barcha sohalarini xom-ashyo maxsulotlari bilan ta‘minlaydigan asosiy baza hisoblanadi. Hozirgi kunda kishilik jamiyati, farmatsevtika sanoati, oziq-ovqat, qurilish, kiyim-kechak, parfimeriya va hokazo sanoat va qishloq xo‗jaligining xomashyoga bo‗lgan barcha talablarini o‗simliklardan olinadigan xom-ashyo hisobiga to‗ldiradi. Ularning orasida respublikamiz hududida ma‘lum sharoitlardagina uchraydigan, yer sharining boshqa joylarida o‗smaydigan, fanda endem tur deb yuritiladigan 390 turi bo‗lib, ular mamlakatimizning bebaho boyligidir. Bu esa ularni butunlay yo‗qolib ketish xavfidan saqlash lozimligini ko‗rsatadi. Ilmiy tibbiyotda ishlatiladigan dorivor preparatlarning qariyb 50 foizi o‗simliklardan ajratib olinadi yoki ulardan tayyorlanadi. Tabobatda ahamiyatli bo‗lgan alkaloidlar, saponinlar, efir moylari va boshqa moddalar ham o‗simliklardan olinadi. Bundan tashqari, o‗simliklardan turli dorilar, preparatlar va vitaminlarga boy konsentratlar tayyorlanadi. Shuningdek, o‗simliklardan turli oshlovchi, bo‗yoqbop va boshqa sanoat mahsulotlari olinadi.
Kurs ishining maqsadi. O`zbekistonda tarqalgan Nargisnamolar qabilasiga mansub o`simliklarining zamonaviy holati, o`simlik jamoalarining xilma-xilligi, tur tarkibi, turlar morfologiyasi, tarqalish mintaqalari, hayotiy shakllari, xalq xo`jaligi va xalq tabobati hamda ilmiy meditsinada qo`llanilish usullarini o`rganish.
Kurs ishining vazifalari:
─ Nargisnamolar qabilasiga umumiy tavsif;
─Nargisnamolar qabilasining zamonaviy holatini o`rganish;
─Nargisnamolar qabilasining turlar tarkibini aniqlash, kamyob va endem turlarning kamyoblik maqomini o`rganish
─ ayrim vakillarining morfologiyasini, bioekologik xususiyatlarini o’rganish;
─ taksonomik tahlil;
─ hayotiy shakllari va tarqalish mintaqalarini yoritib berish;
─ xalq xo`jaligi va tabobatda ahamiyatini o`rganish;
Kurs ishining ob`ekti: O`zbekistonda tarqalgan Nargisnamolar qabilasi vakillari;
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Nargisnamolar qabilasi ayrim vakillarining morfologiyasi, bioekologik xususiyatlari va ahamiyati ilmiy adabiyot manbalari asosida o`rganildi:
O`zbekiston florasidagi Nargisdoshlar oilasi dorivor o`simliklarining 30 tur, 250 turkumdan iborat bolgan zamonaviy konspekti tuzildi;
dala tadqiqotlari va gerbariy namunalarini organish orqali Nargisdoshlar oilasining istiqbolli dorivor o`simliklari taksonomik tarkibi va alohida turlarning tarqalishi haqidagi malumotlar aniqlandi va toldirildi;
O`zbekiston florasidagi Nargisdoshlar oilasining istiqbolli dorivor o`simliklari hayotiy shaklining turli guruhchalari ortasidagi nisbatlari organildi;
Nargisdoshlar oilasining istiqbolli dorivor o`simliklarining endemizm korsatkichi aniqlandi, ular Nargisdoshlar oilasining 29% dan koprogini tashkil qilishi aniqlandi;
Natijalarining amaliy ahamiyati shundan iboratki, olingan natijalar Nargisdoshlar oilasining istiqbolli dorivor osimliklar dunyosidan oqilona foydalanish va uni saqlash tizimini ishlab chiqish uchun asos sifatida xizmat qiladi. Shu bilan bir qatorda, u kamyob va yoqolib borayotgan dorivor osimlik turlarining davlat kadastrini tuzish uchun, yovvoyi dorivor o`simliklarni madaniylashtirishga doir otkaziladigan izlanishlar uchun ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.
Kurs ishi quyidagi metodlar asosida amalga oshirildi:
Klassik floristik, solishtirma-morfologik, floristikaning solishtirma-geografik usullari, O`zbekiston florasi, O`rta Osiyo o`simliklari aniqlagichi, Ozbekiston Respublikasi «Qizil kitobi»ni tahlil qilish va kuzatishlarimizga asoslangan.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi va hajmi: Kurs ishi kirish, 3 bob, 4 bo`lim, umumiy xulosa va tavsiyalar, 4 ta rasm, 6 ta jadval, adabiyotlar ro`yhatidan iborat. Umumiy hajmi 50 sahifa kompyuter matnidan tashkil topgan.

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish