II BOB. O’ZBEKISTONDA TARQALGAN NARGISNAMOLAR QABILASIGA MANSUB O’SIMLIKLAR SISTEMATIKASI HAQIDA
PIYOZDOSHLAR OILASI
Nargisnamolar - Amarillidoles qabilasi Qabila 15 ta oilani o‘z ichiga oladi. Piyozdoshlar oilasi - Alliaceae. Oila 30 turkum, 250 tumi birlashtiradi. 0 ‘zbekistonda 100 dan ortiq turi o‘sadi. Bu oilaga piyozchali yoki ildizpoyali ko‘p yillik o‘simliklar kiradi. Ulaning barglari nashtarsimon yoki qalamli, bandsiz. To‘pgullari oddiy yoki murakkab soyabonda o‘mashgan. O'simliklaming piyozi o‘tkir hidli yoki sarimsoq hidi va ta'mi bor. 0 ‘zbekistonda yowoyi holda o'sadigan piyozlaming ko‘pchiligi " 0 ‘zbekiston Respublikasi Qizil kitobi”ga kiritilgan. Oddiy piyoz - Allium сера. Piyozboshli, ekiladigan o‘simlik. Bo‘yi 100 sm gacha yetadi. Piyozboshi sharsimon, tuxumsimon bo‘lib, oq qizg‘ish, to‘q sariq rangli po‘st bilan qoplangan. Poyasi yo‘g onSashgan, ichi bo‘sh, o‘rta qismidan pasti shishgan. Bargi suvli, naychasimon. ustki qismi ingichkalashgan, yashi! rangli. Gullari soyabonsimon to‘pgulda yig‘ilgan. Guiqo'rg'oni gultojbargsimon, oq rangli. Changchilari - 6 ta. Urug‘chisi - 1 ta, mevasi - ko‘sakcha. Piyoz eng ko‘p iste’mol qilinadigan asosiy o‘simliklardan biridir.
Bu oilaga piyozli va ildizpoyali ko`p yillik o`t o`simliklar kiradi. Ko`pchilik turlari o`tkir hidli. Barglari yassi, tasmasimon yoki naychasimon, ildiz bo`g`zidan chiqadi. Gulpoyasi bargsiz, shoxlanmagan, uchida pardasimon ikkita gulyonbargehaning qo`shilishidan hosil bo`lgan qin bilan o`ralgan soyabonsimon to`pgul joylashgan. Gulqo`rg`on bargchalari qo`shilmagan yoki asosi biroz qo`shilgan bo`ladi. Gulqo`rg`on bargchalari va changchilari 6 tadan, 228 urug`chisi 1 ta, tugunchasi ustki, 3 uyali. Gul formulasi: P3+3A3+3G(3). Mevasi ko`sakcha. Ko`pchilik turlarining to`pgullarida piyozchalar hosil bo`ladi. Bu oilaga 32 ta turkum va 750 taga yaqin turlar kiradi. Ikkala yarimsharda ham keng tarqalgan, lekin tropik hududlarda, Avstraliya va Yangi Zelandiyada uchramaydi. Ayniqsa, Shimoliy yarimsharda keng tarqalgan. O`rta Osiyoda va O`zbekistonda faqat bitta Piyoz – Allium (87- rasm) turkumi uchraydi. O`rta Osiyoda uning 191 ta, O`zbekistonda 100 dan ortiq turi o`sadi. Bu turkum vakillari inson hayotida juda muhim ahamiyatga ega. Ular antibiotiklarga juda boy, qimmatbaho dorivor va vilaminli sabzavot o`simliklar hisoblanadi. Osh piyoz - Allium sepa ko`p yillik o`t, poyasi 45-100 sm balandlikda. Bargining ichi kovak, naysimon. Barglari silindrsimon, yo`g`onligi 8-15 mm. To`pguli sharsimon. Gulbargchalari oq, yashil tomirli. May-iyul oylarida gullab, iyulda urug` beradi. Sabzavot o`simligi sifatida ckilib, ho`Iligida va pishirilib iste`mol qilinadi. Piyozboshi tarkibida efir moyi, qand, vitamin C, vitamin B1 , karotin, flavonoidlar bo`ladi. Piyoz bargida vitamin C, vitamin B2 , karotin, efir moyi, limon va olma kislotalari bor. Piyozning efir moyi tarkibida oltingugurtli birikmalar uchraydi. Piyoz o`simligining dorivor preparatlari ichak atoniyasi, kolit, arterioskleroz, gipertoniya kasalligining sklerotik formasini va avitaminoz kasalliklarini davolash uchun ishlatiladi. Bu preparatlar rinit kasalligida burun shilliq qavatlariga surtiladi va ginekologiyada trixomonada kolpitini davolashda ham qo`llaniladi. Piyoz o`simligining preparatlari bakteritsid xossasiga ega. Maydalangan piyozboshidan qiyinlik bilan bitadigan va yiringli yaralarni davolashda ham foydalaniladi. Xalq tabobatida piyoz siydik haydovchi va singa kasalligini davolovchi dori sifatida ishlatiladi. Sarimsoq piyoz - Allium sativum ko`p yillik, piyozboshli, bo`yi 20- 70 (ba`zan 100) sm ga etadigan o`t o`simlik. Poyasi tik o`suvchi, silindrsimon bo`lib, taxminan yarmisigacha barg qini bilan o`ralgan. Bargi chiziqsimon, yassi yoki tarnovsimon, o`tkir uchli. Sarimsoq piyozning ba`zi navlarini barg qo`ltig`ida piyozchalari bo`ladi. Gullari oddiy soyabonga to`plangan. Soyabon tushib ketadigan bitta bargli qinga o`ralgan. Gul bandlarining oralig`ida mayda piyozchalar bor. Gulqo`rg`oni oddiy, 6 ta oq rangli tojbargdan tashkil topgan. Otaligi 6 229 ta, onalik tuguni uch xonali, yuqoriga joylashgan. Mevasi-ko`p urug`li ko`sak. Ko`pincha meva tugmaydi. Vatani Janubiy Osiyo. Sarimsoq piyoz tarkibida alliin, efir moyi, vitamin C, fitonsidlar, fitosterinlar, yog`, oz miqdorda yod va boshqa moddalar bo`ladi. Efir moyi allilpropilsulfid, diallildisulfid, dialliltrisulfid va boshqa polisulfidlar aralashmasidan tashkil topgan. Alliin kristall holidagi birikma bo`lib, allinaza fermenti ta`sirida allitsinga, pirouzum kislotaga va ammiakka parchalanadi. Allitsin rangsiz, yog`simon suyuqlik bo`lib, sarimsoq hidiga ega. Suvda yomon, organik erituvchilarda yaxshi eriydi, ishqorlar ta`sirida parchalanib ketadi. Allitsin kuchli bakteritsid xossaga ega. Sarimsoq o`simligining dorivor preparatlari arterioskleroz, gipertoniya, kolit, o`pka sili kasalliklarida ishlatiladi; ginekologiyada trixomonada kolpitida qo`llaniladi hamda ostritsalarni o`ldirish uchun klizma qilinadi. Mahsulot preparatlari va maydalangan piyozboshi yiringli yaralarni davolashda ham qo`llaniladi. Sarimsoq piyozboshisi bakteritsid, fungitsid, prostistotsid xossasiga va gijjalarni haydash ta`siriga ega. Pskom piyozi, tog` piyozi - Allium pskemense ko`p yillik o`t, bo`yi 40-150 sm. Barglari 3-6 ta, silindrsimon, eni 2-3 sm, uchi ingichkalashgan. Gullari mayda, oq. Iyun oyida gullab, mevasi avgust oyida yetiladi. Mevasi-ko`sakcha. Faqat Toshkent viloyatidagi tog`larda toshli yerlarda, qoyatoshlar yoriqlarida o`sadi. Anzur piyozi - Allium stipitatum ko`p yillik o`t, bo`yi 60 - 150 sm. Barglari tasmasimon, eni 2-3 sm, yaprog`i butun, bargining ichi kovak emas. Gulbargchalari och binafsha rangli. Piyozi deyarli sharsimon, po`sti qoramtir. Mevasi-ko`sakcha. May-iyun oylarida gullab, mevasi iyulda yetiladi. Ikkala tur ham O`zbekiston “Qizil kitob” iga kiritilgan edi. Lekin tabiatda ko`payganligi tufayli anzur piyoz “Qizil kitob” dan chiqarildi.Bu oila vakillari Yer yuzida keng tarqalgan, faqat Avstraliyada uchramaydi. Oila 32 turkumga mansub 750 turni o'z ichiga oladi. Ular ko'p yillik piyozboshli o'simliklardan iborat. Barglari shishgan yoki yassi nashtarsimon, ipsimon, qalami, keng qalami, tasmasimon, ellipssimon, yaprog'i butun yoki qirqilgan, bandsiz, pastki qismi novsimon. To'pguli yoshligida qobiq bilan o'ralgan. To'pguli (soyabonsimon), asosan sharsimon va yarimsharsimon, ko'p gulli. Gullari ikki jinsli. Gulqo'rg'oni oddiy, to'g'ri gultojsimon.O'zbekistonda keng tarqalgan boshpiyoz (osh piyoz) bilan tanishamiz. Bosh piyoz piyozboshli ko'p yillik o't. Piyozboshi asosan tuxumsimon va yumaloq shakllarda bo'ladi. Qobig'i qattiq, butun, qo'ng'ir, oqish va qizg'ish rangli. Poyasi 100 sm gacha yetadi, qalin, yarmidan pastki qismi shishgan. Barglari ham shishgan. To'pguli (soyaboni) sharsimon, zich, ko'p gulli. Gulbandi gulqo'rg'onidan bir necha marta uzun. Gulqo'rg'oni yulduzsimon oqish-yashil rangli. Changchisi 3 ta. Bosh piyoz may-iyunda gullab, mevasi iyulda pishadi. Bosh piyozning juda ko'p navlari bor. Piyozlarning xalq xo'jaligidagi ahamiyati nihoyatda katta. Ular bevosita iste'mol qilinishidan tashqari turli oziq-ovqat maxsulotlari tayyorlashda ishlatiladi. Bosh piyoz fitonsidlarga juda boy. Shuning uchun undan dorivor o'simlik sifatida turli kasalliklarni davolashda foydalaniladi. Foydali, ayniqsa dorivorlik xususiyatlariga ko'ra sarimsoq piyoz bosh piyoz bilan yonma-yon turadi. Tabiiy holda o'sadigan turlari orasida iste'mol qilinadiganlari ham ko'p.Bularga Pskom piyozi, Oshanin piyozi, mador piyoz (matur), qum piyoz, anzur piyoz kabilar kiradi. Bulardan tashqari tabiatda barglari va to'pgullari nihoyatda chiroyli turlarni ko'plab uchratish mumkin. Gul piyoz, cho'chqaquloq piyoz, suvorov piyozi, nor piyoz va qo'shbarg piyozlar xushmanzara turlardan hisoblanadi. Piyozlardan 10 tasi O'zbekiston Respublikasi «Qizil kitob»iga kiritilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |