Kurs ishi bajardi: Boshlang`ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish” yo`nalishi 9-1 btums 18 guruhi talabasi Xalilova Maxliyo. Ilmiy rahbar: Olloqovа O’. Reja: kirish. I bob


Hozirgi ta’lim metodlarining asosiy turlari



Download 60,68 Kb.
bet16/26
Sana23.01.2022
Hajmi60,68 Kb.
#406683
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26
Bog'liq
kurs ishi matematika eng yangi

Hozirgi ta’lim metodlarining asosiy turlari


Hozirda amaliyotda qo’llanilayotgan ta’lim metodlari xilma- xil hamda ko’p sonli bo’lib, ularning har biri o’ziga xos xususiyatlarga, ta’lim-tarbiyaviy imkoniyatlarga ega, muayyan maqsadlarga, sharoitlarga mos ekanligi va boshqa sifatlari bilan bir-biridan farqlanadi. Bundan ko’rinib turibdiki, bu metodlarning xdr biri muayyan ta’lim-tarbiyaviy maqsadlar uchun mos bo’lib, uning o’rniga boshqa metodni qo’llash maqsadga muvofiq emas. Chunki boshqa metod ushbu maqsad uchun mos emas ekanligi ma’lum.

Shu sababli ta’lim metodlarining kaysinisidan qaysi maqsad uchun foydalanish ko’zda tutilgan samarani berishini bilish muhim ahamiyatga ega.Lekin bu masala hozirgacha to’liq o’rganilgan emas. Bu masala avvalo ta’lim metodlarini ma’lum belgilariga ko’ra turlarga ajratib olish va ularning asosiy xarakteristikalarini aniqlashni talab qiladi. Shuni hisobga olgan holda zamonaviy ta’lim metodlarini turlarga ajratish dolzarb masaladir.Buni hal qilish uchun zamonaviy ta’lim metodlarining turlarga ajratish uchun zarur bo’lgan asosiy belgilarini aniqlab olish lozim. Bu belgilar quyidagilar bo’lishi mumkin:



Bajaradigan vazifasiga, ko’zda tutiladigan natijaga, ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga, pedagogik va psixologik yo’nalishlariga, ta’lim oluvchilarning yoshiga muvofiqligiga, ayrim fanlarni (ijtimoiy, tillar, tabiiy, aniq, amaliy va boshqa fanlarni) o’qitishga, nazariy va amaliy bilim, ko’nikma va malakalarni o’rgatishga, o’zlashtirishni nazorat qilishga tegishli va boshqa belgilar.

Shu belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:

1. Bajaradigan vazifasiga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Nazariy bilim berish metodlari.

Amaliy ko’nikma va malakalarni o’rgatish metodlari.

Amaliy mashklar bajarishni o’rgatish metodlari.

Bilim, ko’nikma va malakalarni mustahkamlash metodlari.

Bilim, ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishni nazorat qilish metodlari va boshqalar.

2. Ko’zda tutiladigan natijaga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Mashg’ulot sifati va samaradorligini oshirish.

Ta’lim oluvchilarning o’zlashtirish qobiliyatlarini rivojlantirish.

Ta’lim oluvchilarning iqtidorlari yo’nalishlarini aniqlash.

Ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish.

Yuqori o’zlashtirishlariga erishish:

Bilimlarni o’zlashtirishlariga erishish.

Amaliy ko’nikma va malakalarni o’zlashtirishlariga erishish.

Faolliklarini oshirishga erishish..

Qiziqishlarini orttirishga erishish..

3. Ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Mustaqil fikrlashga o’rgatish.

Mustaqil qarorlar qabul qilishga o’rgatish.

Vazifalarni mustaqil bajarishga o’rgatish.

Ta’lim jarayoni ishtirokchilarini faollashtirish.

Tanqidiy fikrlashga o’rgatish.

4. Pedagogik va psixologik yo’nalishlariga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Har turli texnika vositalaridan foydalanish, ularni boshqarishni o’rgatishga mos metodlar.

Axborot-kommunikastiya texnologiyalaridan foydalanishni o’rgatishga mos metodlar.

Kasb-hunarlarni o’rgatishga mos metodlar va boshqalar.

8. O’zlashtirishni nazorat qilishga tegishli belgilariga ko’ra ta’lim metodlarini quyidagi turlarga ajratish mumkin:


Yozma ishlar bajarish: diktant, bayon, insho va sh.k.

Nazorat ishlarini bajarish: joriy, oraliq, yakuniy nazorat ishlari.

Mashqlar bajarish.

Masalalar echish.

Mustaqil ishlar bajarish.

Og’zaki so’rov (savol-javoblar), imtixon, sinov.

Test sinovlari va boshqalar.

Yuqorida keltirilgan ta’lim megodlarining turlari ma’lum darajada shartli bo’lib, bu esa, har bir ta’lim metodi bir vaqtda bir nechta sifat va xususiyatlarga ega ekanligi bilan bog’liq. Shu sifat va hususiyatlarning eng umumiy belgilari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:

So’zlash va tinglashga asoslangan metodlar.

So’zlash, tushuntirish va tinglashga asoslangan metodlar.


So’zlash, ko’rgazmali vositalardan foydalanib tushuntirish va ko’rish, tinglashga asoslangan metodlar.

Monologik ma’ruza metodi.
Suhbat metodi.
Savol-javoblar metodi.
Bahs, munozaralar metodi.
Ishchanlik o’yinlari metodi.
Rolli o’yinlar metodi.
Didaktik o’yinlar metodi.
Hamkorlikda ishlash metodi va boshqalar.

Ta’lim metodlarining ushbu umumiy belgilari so’zlash- tinglash, ko’rsatish-kuzatish, tushuntirish-fikrlash, mustahkamlash-takrorlash jarayonlaridan iborat bo’lib, bu belgilar aslida har bir metod uchun xosdir.Bunday umumiylik ta’lim metodlarini amalda qo’llashda birmuncha keng imkoniyatlar berishi tabiiy.Bu esa, ta’lim metodlarini ma’lum maqsad bo’yicha tanlashda hisobga olinishi zarur omildir.

Download 60,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish