II. BOB YOZUVGA O’RGATISHNING AMALIY ASOSLARI
2.1 Husnixatga o’rgatishdan asosiy maqsadi
Kichik yoshdagi o’quvchilarga yozishdek murakkab jarayonni o’rgatish orqali, ularning chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirishdan iboratdir. O’quv fani sifatida husnixatning oldiga bir qator vazifalar qo’yiladi. Bu vazifalar ko’p qirrali bo’lib o’quvchilarni aqliy rivojlantirishga, ularning atrof-muhit haqidagi bilimlarini kengaytirishga, axloqiy va estetik didini tarbiyalashga, ongli o’qish va yozish malakalarini hamda yozuv daftarlari bilan ishlash ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat. Mazkur vazifalarning barchasi o’zaro bog’liq holda amalga oshiriladi. Ularni hal qilish zaruriy yozuv malakalarini egallashga darslikda berilgan o’quvchilar saviyasiga mos nazariy va amaliy materiallar uyg’unlashtirilib, o’zlashtirish ustida ishlashni maqsadga muvofiq uyushtirish, shuningdek, matnlar sifatini, topshiriqlar xususiyatini va bolalar aqliy faoliyatining oziga xos tomonlarini belgilaydigan qator usuliy shart-sharoitlarga bog’liq.
Bola kamolotining shakllanishi ko’p jihatdan chiroyli yozuvga bog’liq. Chiroyli yozish orqali bolalar boshqa fanlarni muvaffaqiyatli o’zlashtirish imkoniga ega bo’ladilar.
Inson hayotida yozuv muhim o’rin tutadi, chunki u har kuni turli-tuman qog’ozlar va hujjatlardan foydalanadi. Bularning hammasi chiroyli va bexato yozishni taqozo etadi. Ammo qisqa muddat ichida kichik yoshdagi o’quvchilarda chiroyli, tez va bexato yozish malakalarini o’stirish mumkin emas, buning uchun bir necha yil talab etiladi. Chiroyli yozuvga o’rgatish uchun bolalarning maktabga qadam qo’ygan kunlaridan boshlab izchil mashqlar asosida olib borish zarur.
Husnixat malakasini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini to’g’ri tasavvur etishga, bir xil qiyalikda yozishga, so’zlarda harflarni to’g’ri bog’lashga, so’zlarni qatorlar bo’ylab to’g’ri joylashtirishga o’rgatiladi. Daftar chiziqlari birin-ketin almashuvi davomida harflarning qiyaligini va ular o’rtasidagi masofani to’g’ri saqlash, kichik va bosh harflarning nisbatini to’g’ri chamalab yozishga o’rgatish juda muhimdir. Husnixat darslarida ma’lum guruhga oid harflarni yozishga o’rgatish o’quvchilarda uchraydigan ayrim tipik xatolarning oldini olish va tuzatish ustida ham ish olib borish lozim. Yozuv tezligi oshishi bilan ayrim bir-biriga o’xshash harflarning shaklini buzib yozish hollari uchraganda esa, ularni qayta mashq qildirish kerak. Chiroyli yozuvga o’rgatishda daftardan to’g’ri foydalanishga alohida e’tibor berish zarur. Ikki chiziqli daftardan bir chiziqli daftarga o’tganda, o’quvchilar oldiga qator vazifalar qo’yiladi. Chiroyli yozuvga o’rgatish umumdidaktik qoidalar bilan birga, yozuv malakasini shakllantiruvchi o’ziga xos qoidalarni ham o’z ichiga oladi.
“Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari” kursining vazifasi. Talabalarga yozuv, chiroyli yozuv, yozuvning ahamiyati haqida; o’z dasxati ustida ishlash usullari haqida; boshlang’ich ta’lim o’quvchilarining husnixatga o’rgatishning shartlari, qoidalari, metodlari, tamoyillari, harflarni guruhlash usullari, husnixat darslarini rejalashtirish, husnixat darslarining tuzilishi, uni tashkil qilish, grafik xatolarni aniqlash va bartaraf etish, o’quvchilar yozuvini baholashga o’rgatish haqida nazariy ma’lumot berish, amaliy malaka hosil qilishdir.
Husnixatning asosiy qonuniyatlarini tushunish va o’zlashtirish boshlang’ich ta’lim o’qituvchilari uchun muvaffaqiyatli amaliy faoliyat shartlaridir. Husnixat yuzasidan tushuncha, bilim, malaka va ko’nikmalarga ega bo’lgan o’qituvchigina kichik yoshdagi o’quvchilarni husnixatga o’rgata oladi.
“Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari” kursining boshqa fanlar bilan aloqasi. “Husnixatga o’rgatishning amaliy asoslari” kursi bir qator fanlar bilan chambarchas bog’liq. U pedagogika, psixologiya, estetika, fiziologiya, gigiyena, tilshunoslik, psixolingvistika, didaktika kabi fanlarning yutuqlari va tavsiyalariga tayanadi. «Husnixat va uni o’qitish usuliyoti» fanining estetika bilan bog’liqlik jihati shundaki, avvalo, estetika o’quvchilarning go’zallikka bo’lgan qiziqishlarini oshiradi, go’zallikni his etish hamda qadrlash sifatlarini shakllantiradi. Unutmaslik kerakki, chiroyli yozish ham go’zallikning bir ko’rinishidir. Sharq mutafakkirlaridan biri shunday degan ekan: “Chiroyli yozgan kishi chiroyli fikrlay oladi”.
Husnixat fanining fiziologiya fani bilan bog’liqlik tomoni shundaki, o’quvchi maktabga kelgan kunidan boshlab chiroyli yozuv malakalarini egallashga urinadi. Chiroyli yozuvga o’rgatish jarayonida bolaning nerv sistemasi, qo’l harakatlari va muskullari, ko’rish va eshitish organlari, umurtqa pog’onasi har tomonlama rivojlangan bo’lishi kerak. Agar o’quvchining biz yuqorida tilga olgan organlardan biri yaxshi taraqqiy etmagan bo’lsa, u o’quvchida chiroyli yozuv malakalari qiyinchiliklar bilan shakllanadi. Bunday holatlarning kelib chiqishi kelajakda o’z ta’sirini ko’rsatadi. O’quvchi partada o’tirib yozish jarayonida, eng avvalo yozuv qurollarini to’g’ri joylashtirishi zarur. Buning uchun birinchi navbatda o’quvchi partada to’g’ri o’tirishi kerak. Chunki o’quvchi partada to’g’ri o’tira olmasa egri o’tirsa umurtqasi noto’g’ri o’sadi va bu hol bolaning jismoniy o’sishiga salbiy ta’sir qiladi, hattoki bir umr bola nogiron bo’lib qolish holatigacha borib yetadi. Buning uchun o’qituvchi bolaning partada o’tirish, turish, daftarni ushlash va yozish qoidalarini tez-tez ta’kidlab turishi zarur. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga chiroyli yozuvni o’rgatish savodxonlikning poydevori hisoblanadi. Bolalarga chiroyli yozuvni o’rgatishdan maqsad o’quvchilarning og’zaki va yozma nutqini ravon qilish hamda ularni xar tomonlama yetuk insonlar etib tarbiyalash bilan bir qatorda go’zallikga intiluvchi uni yurakdan his qila oladigan go’zallikni yaratishga intiladigan shaxslar qilib voyaga yetkazish nazarda tutilgan. Husnixatga o’rgatishning maqsadi esa kichik yoshdagi o’quvchilarga yozishdek murakkab jarayonni o’rgatish orqali ularning chiroyli yozuv malakalarini shakllantirihdan iborat. Boshlang’ich sinf o’qituvchisining vazifalar ko’p qirrali bo’lib, u nafaqat o’qishga balkim o’quvchilarga chiroyli yozuv orqali behato va ravon yozishga va imloviy savodxonlikni oshishiga ahamiyat berishi lozim.
Inson hayotida yozuvning o’rni be’qiyosdir. Chunki yashash jarayonida har-bir kishi turli xil hujjatlardan rasmiy qog’ozlardan va shunga o’xshshash yozuv jarayonidan foydalanishi hamda muro- jat qilishi sir emas. Ularning hammasidan foydalanganda bexato va chiroyli yozish talab etiladi. Biz bo’lajak pedagoglar tez, ravon, bexato yozish usullari haqidagi tushunchani o’zimizda malaka hosil qilishga xarakat qilamiz.
Demak, boshlang’ish sinf o’qituvchisining yozuvi chiroyli va behato bo’lishi shart va zarurdir. Bunga erishish uchun esa yozuv tamoillarini, usullarini, vositalarini, uslubiyatlarini mukammal bilishga harakat qilish kerak.
Husnixat malakalarini shakllantirishda birinchi novbatda harflarni shaklini tug’ri tassavur qilishga bir xil qiyalikda yozishga, so’zlarda harflarni to’g’ri bog’lashga, so’zlarni qator bo’ylab tug’ri joylashtirishdan iborat. Umumiy didaktik qoidalari mavjud.
1. Takroriylik.
2. Ko’rgazmalilik.
3. Yosh va o’ziga xos xususiyatlarini o’ziga olish.
4. Tushunarlilik.
5. Onglilik.
Chiroyli yozuv malakalarini shakillantirishda talabalarga ozodalik talablarini tushuntirish shart. Bu talab gigyenik talab deyiladi.
Husnixatga o’rgatish genetik talab asosida amalga oshiriladi.
Har –bir yozuv mashqini aniq maqsad yo’lida oson va tushunarli olib borilishi shart. Bolalarda yozuv ko’nikmalari orqali yozuv malakalarini hosil qilar ekanmiz ularning o’ziga xos xususiyatlarini xisobga olib qo’l va barmoq muskullarini harakat tezligini markaziy nerv sestemalarini muskullarining boshqara olishini hisobga olish joiz. Buning uchun oddiydan murakkabga qarab o’rgatib boriladi. Chiroyli yozuv jarayonida harflar guruhlarga ajratiladi. 1-guruhda yozishni oson bo’lgan shakillari qolga guruhlarda esa murakkab elementli harflar o’rgatilib boriladi.
Husnixat darslari birinchi sinfda savod o`rgatish davri tugagandan so`ng, 3-chorakdan boshlab alohida olib boriladi. Ammo dastlabki husnixat malakalari o`quvchilar maktabga qadam qo`ygandan boshlab amalga oshiriladi, ya’ni yozuv darslarida husnixat malakalari o`stiriladi.
Birinchi sinfda yozuv darslari husnixat malakasini o`qitish orqali olib boriladi. Chiroyli va toza yozilgan xat yozayotgan shaxsning madaniyatini va uni o`qiydigan kishiga nisbatan hurmatini ham belgilaydi. Hozirgi kunda fan-texnika taraqqiyotining o`sishi orqali kundalik hayotimizda turli-tuman (qog`ozlardan) hujjatlardan keng foydalanamiz, har xil konspektlar, ish qog`ozlari, hisobotlar keng o`rin olmoqda. Bularning hammasi faqat chiroyli va aniq yozish bilan birga, tezlikni ham talab etadi.
Umumiy ta’lim maktabini isloh qilishning asosiy yo`nalishlarida ko`rsatilganidek, yozuv darslarida harflarni aniq, toza va chiroyli yozishni mukammal o`rgatish talab etiladi.
Ammo qisqa muddat ichida o`quvchilarda chiroyli, tez va toza yozish malakalarini o`stirish mumkin emas, buning uchun bir necha yil talab etiladi.
Chiroyli yozuvga o`rgatish uchun bolalarning maktabga qadam qo`ygan kunlaridan boshlab quyidagi vazifalarni bajarishlari talab etiladi.
1. Yozuv vaqtida partada to`g`ri o`tirish.
2. Ruchkadan to`g`ri foydalanish.
3. Daftardan to`g`ri foydalanish.
4. Yozma va bosma harflarning shakli bilan tanishtirish.
5. Yozma shakldagi harflar yordamida bo`g`in, so`z va gap tuzishga o`rgatish.
Yuqorida ko`rsatilgan malakalar shakllangandan so`ng husnixat darslarida ular mustahkamlanadi.
Husnixat malakasini shakllantirish uchun birinchi navbatda harflarning shaklini buzib yozish hollari uchraganda esa, ularni qayta mashq qildirish lozim.
Chiroyli yozuvga o`rgatish umumiy didaktik qoidalar bilan birga yozuv malakasini shakllantiruvchi o`ziga xos qoidalarni ham o`z ichiga oladi.
Umumiy didaktik qoidalar, takroriylik, ko`rgazmalilik, yosh va o`ziga xos xususiyatlarni hisobga olish, tushunarlilik, onglilik husnixat qoidalarini amalga oshirishda juda muhimdir. Ayniqsa, ko`rgazmalilik tamoiyli chiroyli yozuv malakasini singdirishda muhim rol o`ynaydi.
Har bir o`quvchi u yoki bu harfni tushunib, yozilishini, harflarning bir-biriga bog`lanishini, kichik va bosh harflarning bir-biriga nisbatini, balandligini. Qiyaligini, ruchkani ushlash va to`g`ri ko`chirish qoidalarini yaxshi bilishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |