2.Uzunchoq miya va miya ko‘prigida ovqat hazm qilish, nafas olish markazlari joylashgan: chaynash, yutinish kabi ovqat hazm qilish reflekslari hamda qusish, aksa urish, yo‘talish, yig‘lash kabi muhofaza reflekslari miyaning ana shu qismi bilan bog‘liq. Miyacha harakatni boshqaradi, u zararlanganida muskullar tonusi pasayib, harakat aniqligi yo‘qoladi, tana muvozanati buziladi, bosh, oyoq va qo‘llar qaltiraydi. O‘rta miyada skelet muskullari tonusi (tarangligi)ni boshqarish markazi bor, bu yerda tik turish va yurish reflekslari amalga oshadi. Oraliq miya ikki ko‘rish do‘mboqchasi (talamus) va do‘mboqcha osti (gipotalamus)dan iborat.Katta yoshdagi odamda katta yarim sharlar bosh miya massasini 80% tashkil etadi; miya po‘stlog‘ida 12 mlrd.dan 18 mlrd.gacha neyronlar bo‘ladi.Miya po‘stlog‘i ostida joylashgan miya oq moddasi miya po‘stlog‘ining turli qismlarini bosh miyaning boshqa bo‘limlari va orqa miya bilan bog‘laydigan nerv tolalaridan tashkil topgan.Bosh miya yarim sharlari ikkita (chap va o‘ng) qismdan iborat. Ularning kulrang moddadan iborat sirti po‘stloqni hosil qiladi. Miya po‘stlig‘ida nerv markazlari, uning ostidagi oq moddasi esa o‘tkazish yo‘llaridan iborat. Bu yo‘llar miyani bo‘limlarini yarim sharlar bilan bog‘lab turadi. Har qaysi yarim sharlar egatchalar yordamida peshona miya, chakka va ensa bo‘laklariga bo‘linadi. Eng chuqur egatcha-markaziy egatcha bo‘lib, ular peshona bo‘lagini miya bo‘lagidan ajratib turad; yon egatchalar chekka bo‘lagini chegaralab turadi. Yarim sharlar peshona, tepa, ensa, chakka bo‘limlariga bo‘linadi. Ko‘rish zonasi miya po‘stlog‘ining ensa bo‘lagida joylashgan. Ko‘z to‘r pardasidan chiqadigan impulslar shu zonaga keladi, bu zona ko‘rish ta’sirotlarini tahlil qilib, ajratadi. Miyaning ensa bo‘lagi zararlanganida odam atrofidagi narsalarni bir-biridan ajrata olmay qoladi, ko‘z bilan ko‘rib chamalash, mo‘ljal olish layoqatini yo‘qotib qo‘yadi. Miyaning chekka bo‘limida eshitish zonasi joylashgan. Shu soxa yemirilganida odam kar bo‘lib qoladi. Miya chekka bo‘limining old qismida hid va ta’m bilish, ensa bo‘limining keyingi qismida teri-muskul sezish, peshona bo‘limida harakatlanish va yozish zonalari joylashgan. Miya po‘stlog‘i turli a’zolar ishini o‘zaro muvofiqlashtirib turadi, organizm bilan tashqi muhit o‘rtasida bog‘lanishni ta’minlaydi. Har bir kishining o‘ziga xos psixik faoliyati, ya’ni hulqi, nutqi, zehni, fikrlash va hunar o‘rganish qobiliyati katta yarim sharlar po‘stlog‘i bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |