Sporalilar sinfi. 4 mingdan ortiq mikroskopik hayvonlarni o`z ichiga oladi. Harnrna turlari odam va hayvonlarda parazitlik qiladi. Tuzilishi juda soddalashgan. Harakatlanish, hazm qilish va ayirish organoidlari boimaydi. Ulardan bezgak paraziti keng tarqalgan. Bu parazitni odamga bezgak chivini yuqtiradi. Parazit qizil qon tanachalariga kirib, tez bo`linib ko`payadi. Parazit qon hujayralarini yemirib, qon plazmasiga chiqqanida odamning harorati keskin kn`tarilib, bezgak xuruj qiladi. Bu sinfga tut ipak qurti va asalari paraziti nozemci ham kiradi.
Bir hujayralilar organizmi bitta hujayradan iborat. Ular hujayrasi barcha hayotiy jarayonlami bajarishi bilan ko`p hujayralilardan farq qiladi. Hujayraning muayyan vazifani bajaruvchi qismlari organoidlar deyiladi.
Bir hujayralilaming 40 000 dan ortiq turi bor, ular soxta oyoqlilar, xivchinlilar, infuzoriyalar, sporalilar sinflariga bo`linadi.
Yashil xivchinlilar barcha bir hujayralilaming eng qadimgi ajdodi hisoblanadi. Infuzoriyalar - eng murakkab tuzilgan bir hujayralilar. Parazit yashash ta`sirida sporalilaming tuzilishi soddalashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |