Ilmiy xabardorlik kompetensiyasi (B1+): biologik ob’ekt, hodisa va jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlarini biladi; biologik ob’ekt, hodisa va jarayonlarning mohiyatini tushunadi; biologik ob’ekt, hodisa va jarayonlarni taqqoslaydi, tahlil qiladi, umumlashtiradi, klassifikatsiyalaydi.
Darsning blok sxemasi
№
|
Darsning qismlari
|
Ajratilgan vaqt
|
1.
|
Tashkiliy qism
|
5 daqiqa
|
2.
|
O’tilgan mavzuni takrorlash
|
15 daqiqa
|
3.
|
Yangi mavzu bayoni
|
40 daqiqa
|
4.
|
Yangi mavzuni mustahkamlash
|
10 daqiqa
|
5.
|
O’quvchilar bilimini baholash
|
7 daqiqa
|
6.
|
Uyga vazifa
|
3 daqiqa
|
I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar formasini, o’quvchilarning o’quv qurollari bilan ta’minlanganliklarini va sinf tozaligini kuzatish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
1.Poya bargli yo`sinlarning qancha turi bor?, ularga misollar keltiring.
2.Funariya yo`sini necha uyli o`simlik hisoblanadi?
3.Qirqquloqlarning yer yuzida qancha turi bor?
4.Qirqbo`g`imlarning yer yuzida qancha turi bor?
5.Qirqquloq va qirqbo`g`imlarning o`xshashlik va farqlarini sanang.
Do'stlaringiz bilan baham: |