d) yangi mavzu bayon matni:
Funariya yo`sinining ko`payish usuli ancha murakkab. Poyasining uchidagi ko`p hujayrali jinsiy a`zolarda — anteridiylarda ko`p miqdorda ikki xivchinli harakatchan jinsiy hujayralar (spermatozoidlar) hosil boiadi.
Urg`ochisin ng jinsiy a`zolari -arxegoniylarkolba shaklida boiadi. Har bir arxegoniyda bittadan tuxum hujayra hosil boiadi. Bahorgi yog`ingarchilik paytida, yo`sinlaming ustini suv bosib, anteridiy va arxegoniylarning uchi ochiladi Spermatozoidlar anteridiydan suvga chiqadi, xivchinlari orqali harakat qilib, arxegoniylar ichiga kiradi va ularning ichidagi tuxum hujayra bilan qo`shilib zigotahosil qiladi. Oradan ozgina vaqt o`tgach, zigota o`sib qisqa bandli, ichida sporalar hosil bo`ladigan ko`sakcha - sporangiyga aylanadi. Sporalar yetilgandan so`ng to`kiladi va tarqaladi.
Nam tuproqqa tushgan spora o`sib, ko`p hujayrali, shox-langan, ingichka yashil iplarni beradi. Ip shoxlarida kurtaklar paydo bo`ladi. Har bir kurtakdan esa yangi funariya yo`sini o`sib chiqadi.
Funariya turkumiga 200 ga yaqin tur kiradi. Funariya jinssiz va jinsi:y bo`g`inlarning gallanishi yo`li bilan ко`payadi. Shunday qilib, zigotadan jinssiz bo`g`in boshlanadi. U sporangiy bandi, sporangiy va uning ichidagi sporalardan iborat. Yo`smlar yuksak o`simliklanrng tubani hisoblanadi.
O`zbekistonda funariyadan boshqa o`simliklar ham bor. Masalan, Qizilqum cho`lida kampirqo`rsoq yo`sini bilab qoplangan katta-katta maydonlar uchraydi. Bunday maydonlar bahorning ikkinchi yarmidan to qishgacha xuddi kuygan yerga o`xshab qorayib yotadi. Chunki bu yerlarni qoplagan kampirqo`rsoq yilning bu fasllarida quruq va qora rangda bo`ladi. Agar yoz faslida ham qora qurib yotgan kampirqo`rsoq ustiga 3-4 kun suv sepib turilsa uning ko`kara boshlagani seziladi.
Kampirqo`rsoqning o`zi ham uning sporasi ham asosan erta bahordagi yog`inli kunlarda ko`karadi. Kampirqo`rsoq tez o`sib qalin chim hosil qiladi va o`tloqdagi oziqbob o`simliklarni bosib ularning yaxshi o`sishiga yo`l qo`ymaydi. Shuning uchun ham o`tloqlarning kampirqo`rsoq qismida mahsuldorlik juda past bo`ladi. Kampirqo`rsoq bosgan o`tloqlarning mahsuldorligini oshirish uchun cho`ponlar bunday yerlarga qo`y otlari va qoramol podalarini tez-tez haydaydi. Qo`y va qoramollarning tuyoqlari ostida kampirqorsoq hosil qilgan chim eziladi, maydalanadi va o`tloqda yem xashak o`simliklarning o`sishi uchun qulay sharoit tug`uladi.
Dala qirqbo`g`imi ildizpoyali ko`p yillik o`t boiib, daryo, kanal va ariqlar bo`yidagi semam yerlarda, zovurlar yoqasida, buloqlar atrofida, marzalarda o`sadi. Uning poyasi, shoxlari serqirra va bo`g`imlarga bo`lingan. Shuning uchun ham unga qirqbo`g`im deb nom berilgan. Bo`g`im oraliqlan ning ichi kovak. Uning shoxlari faqat poya bo`g`imlaridan chiqadi va bo`gimlarda halqa hosil qilib joylashadi. Barglari mayda bo`lib, poya va shoxlardagi bo`g`imlarda halqa hosil qilib o`rnashgan. Dala qirqbo`g`im poyasi va shoxlarining uchida spora beruvchi boshoq hosil boiadi. Ularda sporofillar (shakli o`zgargan barg) halqa hosil qilib o`mashadi. Sporafillaming ostki tomonida 6—8 ta sporangiy joylashgan. Sporangiyda esa sporalar yetiladi. Erta bahorda dala qirqbo`g`imining ildizpoyasidagi kurtaklardan poya o`sib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |