Kurs: I guruh(lar): Fan


Sut emizuvchilarning odam faoliyatidagi ahamiyati



Download 1,04 Mb.
bet173/233
Sana14.02.2022
Hajmi1,04 Mb.
#448947
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   233
Bog'liq
1-bosqich biologiya dars reja 61-90

Sut emizuvchilarning odam faoliyatidagi ahamiyati. Insoniyat tarixi­da sut emizuvchilar asosiy oziq manbai sifatida katta ahamiyatga ega bo'lgan. Odam sut emizuvchilarni qadim-qadimdan boshlab go'shti, terisi vа mo'ynasi uchun ovlagan, ularni qo'lga o'rgatgan vа sutidan foydalangan. Sut emizuychilarning odam hayotidagi ahamiyati kun sayin ornib bor­moqda. Ulardan yovvoyi cho'chqalar, tyulenlar, ayrim kitsimonlar go'shti uchun ovlanadi. Olmaxon sayg'oq, sobol, tulki, ondatra, krot, quyon, suvsar, ayrim dengiz hayvonlari (dengiz qunduzi, dengiz mushuklari) dan qimmatbaho mо'уnа olinadi.Sut emizuvchilar orasida zararkunanda turlari ham ko'p. Kalamush­lar vа sichqonlar omborlarda saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlarini уеb zarar keltirsa, yumronqoziqlar, qo'shoyoqlar, dala sichqonlari dasht­lardagi ekinlarni уеb katta ziyon keltiradi. Bundan tashqari bir qancha kemiruvchilar: yumronqoziqlar, kalamushlar, qumsichqonlar odam­larga o'lat vа leyshmanioz kabi kasalliklarni yuqtiradi. Yirtqich hayvon­lar orqali odamga qutirish kasalligi vа har хil gijjalar yuqishi mumkin.Sut emizuvchilar sinfiga mansub chorva mollari. Sut emizиvchilar­ning qimmatli oziq-ovqat manbai sifatida ahamiyati kun sayin oshib bormoqda. Oqsillarga bоу bo'lgan go'shtlarni iste'mol qilish odamning jismoniy vа aqliy rivojlanishi uchun zarur. Odamlar sut emizuvchilami go'sht, jиn, mо'уnа olish maqsadida qo'lga o'rgatgan, ularni duragay­lash vа suniy tanlash orqali qoramollarning yangi zotlarini yaratgan. Anаshu tariqa chorvachilik kelib chiqqan. Hozirda chorvachilikni sut emi­zuvchilarni boqish vа ulardan mahsulot olish bilan shug'ullanadigan qoramolchilik, qo'ychilik, yilqichilik, mo'ynachilik, cho'chqachilik kabi sohalari borQoramolchilik. Hozirgi qoramollar qadimgi Osiyo vа Уеуroра dasht­larida keng tarqalgan, XVI asrda batamom qirilib ketgan turdan kelib chiqqan. Tur miloddan 7000 yil avval qadimgi Gretsiyada xonakilash­tirilgan. Uzoq davom etgan sun'iy tanlash ta'sirida turning gavda tuzilishi vа turq-atvori o'zgarib borgan. Hozirgi qoramollarning jun rangi, mah­suldorligi, gavda o'lchami, mahalliy sharoitga moslanishi jihatidan bir-­biridan farq qiladigan juda ko'p zotlari mavjud. Sigirlarning tug'ilgan bolasi buzoq deyiladi. Voyaga yetgan bir yoshdan oshgan urg'ochi bиzoq­lar g'unajin, bolalagan g'unajin esa sigir, erkak qoramol esa buqa уоki ho'kiz deyiladi. Sigirlar qadimgi turdan yuvoshligi, sermahsulligi, junrangining xilma-xilligi, o'z egasini tanishi bilan farq qiladi.Qoramollar xo'jalikda foydalanish xususiyatiga binoan sut, go'sht vа sut-go'sht uchun boqiladigan zotlarga ajratiladi. Sersиt zotlar qoramol­larning asosiy qismini tashkil etadi. O'zbekistonda boqiladigan qizil dasht, Bushuyev, qora-ola, Shvits zotli sigirlar yiliga 3000-6000 kg sut beradiGo'shtdor zotlar asosan sifatli go'sht yetishtirish maqsadida boqi­ladi. Ular ko'p sut bermaydi, lekin tez yetiladi. Go'sht uchun boqiladi­gan sigirlardan shortgom, qozog'istoп oqboshi, saпta-gertruda, gereford zotlari boqiladi. Shortgoт zotli sigirlarning o'rtacha vazni 650 kg, bu­qalarniki esa 1000 kg dan ortadi. Yosh buqalar bir kunda 1 kg gacha semiradi, ularning vazni 1,5-2,0 yoshda 450-500 kg ga yetadi.Sut-go'sht uchun boqiladigan sigirlar ko'p sut berishi bilan birga, go'shti ham sifatli bo'ladi. Shvetsariyaning Siттeпtal vа Rossiyaning Kostroтa zotlari аnа shи maqsadda boqiladi. Simmental zotli sigirlardan yiliga 4000 kg gacha sиt sog'ib olinishi mиmkiп. Ular buqalarining vazni 850 kg, sigirlari 550-650 kg keladi.Qoramollardan teri ham olinadi. Ular terisidan charm poyabzallar, teri-galantereya buyumlari tikiladi. Qushxonalardagi chiqindilaridan tib­biyotda foydalaniladigan turli preparatlar, уеlim, sovun vа boshqa mah­sulotlar tayyorlanadi. Janubiy Osiyodagi ayrim mamlakatlarda buqalar­dan ish hayvoni sifatida omoch bilan yer haydashda vа aravaga qo'shib yuk tashishda foydalaniladi.Qo'ychilik-chorvachilikning qo'y vа echki boqish bilan shиg'ullana­digan sohasi. Qo'ylar yengil sanoat uchun qimmatbaho xomashyo (jип, teri, mо'уnа) vа oziq-ovqat mahsulotlari (go'sht, sut, yog') beradi. Qo'y junidan gazmol, trikotaj buyumlar, gilam, terisidan po'stin, mo'ynasidan kiyim-kechak, sutidan pishloq, brinza tayyorlanadi. Bиtun dunyoda 1 milliard boshdan ortiq qo'y boqiladi.Qo'ylar bundan 8 ming уil ilgari xonakilashtirilgan muflon vа ar­xardan kelib chiqqan. Ularning yosh urg'ochisi sovliq, erkagi qo'chqor, tug'ilgan bolasi qo'zi deyiladi. Qo'chqorlar har doim shoxli, sovliqlar esa shoxsiz yoki shoxi kichik bo'ladi. Qo'ylar 14-15 yil yashaydi, 5-7 oyligida jinsiy yetiladi. Odatda qo'ylardan 8-10 уil foydalaniladi. Olinadigan mahsulotiga qarab qo'ylar jun, po'stinbop teri, qorako'l teri, go'sht-yog' olish maqsadida boqiladigan zotlarga ajratiladi. Jun oli­nadigan qo'ylarni ham o'z navbatida mayin junli, chala mayin junli, dag'al junli zotlarga ajratiladi. Mayin junli qo'ylar juni ingichka vа uzun (8-10sm) tivitdan iborat bo'ladi. Mayin jun (runo )dan nafis gazlama­lar to'qiladi. Mayin junli qo'ylarning тeriпos zotidan bir yilda 10-12 kg jun qirqib olinadi. Merinos qo'ylari Shimoliy Kavkaz, Volgabo'yi vа Qozog'istonning janиbida boqiladi. Dag'al junli qo'ylaming juni qil, tivit vа har xil junlardan iborat. Dag'al junli qo'ylar ham o'z navbatida po'stinbop terili, qorako'l terili, go'sht-yog'li, go'sht-junli zotlarga ajratiladi. Rossiyaning Markaziy nо­qoratuproq mintaqasida va Uralda tarqalgan Roтaпov zoti eng yaxshi po'stinbop teri beradi. Qorako'l- 3 kunlik qorako'l qo'zilarining terisi hisoblanadi. Qorako’l terisi ko'proq qora rangli bo'ladi. Qorako'l qo'ylarining ko'k, jigarrang, sur va boshqa xillari ham bo'ladi. Qorako'l terisining havorang va tillarang­lari juda qimmatbaho hisoblanadi. Qorako'l qo'ylarining asl vatani Ви­xorodir. O'zbekistonda go'sht-yog' o1ish maqsadida Hisor qo'yi boqi1adi. Вu zotlaming vazni 150 kg, dumbasining vazni 25 kggacha keladi.Yi1qichilik-chorvachi1ikning otlarni boqib urchitish va ulardan fоу­dalanish bilan shug'ullanadigan sohasi. Otlar miloddan 4000 уil avval xonakilashtirila bosblangan, Yevropa va Osiyo dashtlarida keng tarqal­gan, bundan 200 уil avval qirilib ketgan tarpandan kelib chiqqan. Qadim-­qadimdan odamlar otlardan yuk tashish, minish, yer haydash, g'alla yanchish va juvoz haydashda foydalanganlar. Yaqin yillargacha otliq askar­lar armiyada asosiy jangovar kuch hisoblangan. Hozir ham chekka tog'lik joylarda otlardan transport vositasi va yordamchi ishchi kuchi sifatida foydalaniladi. Otlar go'shti va suti hamda sport musobaqalari uchun ham boqiladi. bundan tashqari otlar sutidan shifobaxsh qimiz tayyorlanadi, qonidan shifobaxsh zardob tayyorlashda foydalaniladi.Otlarning yangi tug'ilgan bolasi toychoq yoki quluп, erkagini ayg'ir, urg'ochisi baytal yoki biyaуа, ikki yoshli ot toy, uch yosh1isi g'o 'поп, to'rt yosh1isi duпoп deb ataladi. Foydala­nishga binoan otlarni egarlab salt miniladigan (Аrаb oti, Turkmanis­tonning Axaltaka va Yovтut otlaп) arava yoki chanaga qo'shiladigan yo'rg'a (Rossiyaning Don va Orlov zotlari, Tojikistonning Laqay, O'zbekiston­ning Qorabayir otlari), og'ir yuk tortadigan (V/adiтir, Ardeппa, Вга­baпd otlaп) zotlarga ajratiladi.Hozir yi1qichilik naslchilik, ishchi otlar yetishtirish, mahsuldor yilqichilik, sport yilqichi1igi yo'nalishida rivojlanmoqda. Sut emizuvchilarni mubofaza qilish. Odamning xo'jalik faoliyati nati­jasida keyingi yillarda bir qancha sut emizuvchilar soni keskin kamayib, ayrim turlari yo'q bo’lib ketdi. Faqat keyingi 300 уil davomida yer yuzi­dan sut emizuvchilaming 60 dan ortiq turi yo'q bo’lib ketgan. O'zbekiston faunasi tarkibidan ham o'tgan asrning ikkinchi yarmida tиron yo'lbarsi, orol baqra balig'i butunlay yo'qolib ketdi. Ayrim turlari, masalan, Вихоro bug’usi, Pljevalskiy oti, jayron, zubr vа boshqalar faqat tutqunlikda vа yarim tutqunlikda saqlanib qolgan. Sut emizuvchilar sonining kamayib ketishi sabablari ko'plab оу­lash, ekinlar vа hayvonlarni muhofaza qilish maqsadida ularni ko'plab qirib tashlanishi, hayvonlar yashaydigan muhitning buzilishi, ular uchun oziq bo'ladigan jonivorlar vа o'simliklarning kamayib ketishi, uу hayvon­lari vа introduksiya qilingan hayvonlar sonining ko'payishi bilan konkurensiyaning oshishidan iborat. Sиt emizuvchilar turlari sonini oshi­rishda ayrim tadbirlar kamyob turlami ovlashni taqiqlash, ular yashay­digan muhitni buzmasdan saqlab qolish, qo'riqxonalar, buyurtma­xonalar, ovchilik xo'jaliklari tashkil etish, hayvonlarni tutqunlikda ko'paytirib, so'ngra tabiiy muhitga qo'yib yuborishdan iborat. O'zbekiston respublikasi Qizil kitobiga sиt emizuvchilaming 24 turi kiritilgan.
Sut emizuvchilar sinfi tuxum qo'yuvchilar, xaltalilar vа yo'ldoshlilar kenja sinflariga ajratiladi. Вu uchta kenja sinf vakillari tuzilishi, ko'payishi vа hayot kechirishiga ko'ra bir-biridan yaxshi farq qiladi.Тuxum qo'yuvchilar-qadimgi tuban tuzilgan sut emizuvchilar. Ular bola tug'masdan tuxum qo'yib ko'payadi; qushlar vа sudralib yuruvchi­lar singari kloakasi bor. Ularga Avstraliya vа uning yaqinidagi orollar: Tasmaniya vа Yangi Gvineyada tarqalgan (o’rdakburuп, yexidпa рroуе­хidпa) kiradi.Тuхum qo'yuvchilar qo'ygan tuxumini bosadi (o'rdakburun) yoki tuxumlarini teri burmalaridan hosil bo'lgan xaltasida оlib yurib, bola ochiradi (yexidna, proyexidna). Tuxumdan chiqqan bolalarini sutga o'xshash suyuqlik bilan boqadi. Вu suyuqlik hayvonning qorin qismida joylashgan tuban tuzilgan sut bezlaridan ajralib chiqadi. Sut bezlarining so'rg'ichlari bo'lmaydi; bolalari bezlardan ajralib, jun ustiga oqib chiqqan suyuqlikni yalaydi. Sut bezlarining naysimon tuzilishi ularning ter bez­laridan kelib chiqqanligini ko'rsatadi. Voyaga yetgan tuxum qo'yuvchilarning tishlari bo'lmaydi, tumshug'i muguz bilan qoplangan. Kloаkаning bo'lishi - ularning sudralib yuruv­сhi ajdodlaridan qolgan belgi hisoblanadi. Bosh miya yarim sharlari po'stlog'i kuchsiz rivojlangan. Yelka kamari korakoid suyagi mustaqil. Termoregulatsiya xususiyati mukammal emasligi sababli tana harorati 250С dan 370С gacha o'zgarib turadi. Hozirgi tuxum qo'yuvchilarning uch turi: o'rdakburun, yexidna, proyexidna ma'lum.

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   233




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish