Suyakli baliqlar sinfi
Suyakli baliqlar xordalilar tipining eng yirik sinfi bo`lib, 20000 gayaqin turni o`z ichiga oladi. Ularga barcha baliqlar turining 99%i kiradi.Ular ma`lum suv havzalarida tarqalgan.
Tashqi tuzilishi. Ko`pchilik suyakli baliqlar suvda tez suzadi, shuninguchun tanasi ham akulalarnikiga o`xshash cho`ziq torpedasimonbo`ladi. Sekin harakatlanadigan baliqlar tanasi kalta va balandroq bo`ladi(masalan, ko`pchilik karpsimonlar), suv tubida kam harakat qiladiganbaliqlar (kambalalar)ning tana shakli skatlarniki singari yapaloq bo`ladi.
Suyakli baliqlar terisi mayda yupqa suyak tangachalar bilan qoplangan.Tangachalar cherepitsa singari bir-biri ustiga taxlanib, baliq tanasinijarohatlanishdan saqlaydi va egiluvchanligini ta`minlaydi.Sovuq tushganida baliqlar va tangachalarning o`sishi sekinlashadiyoki butunlay to`xtaydi. Tangachalardagi yillik halqalarni sanash orqalibaliq yoshini aniqlash mumkin. Birqancha baliqlar terisida tangachalarbo`lmaydi. Baliqlar terisidagi bezlari ishlab chiqaradigan shilimshiq modda suzayotgan baliq tanasini suvda ishqalanishini kamaytiradi, terini kasalliktug`diruvchi mikroorganizmlardan himoya qiladi. Epidermis ostidajoylashgan pigment hujayralar baliq terisiga rang beradi. Baliq rangiodatda atrof muhit rangiga moslashgan bo`ladi.
Osetrsimonlar, ya'ni suyak-tog'ayli baliqlar turkumi. Ko'pchilikturlari yirik: beluganing uzunligi 4-5 m gacha, rus osetri 2-3 m, sterlyadbirmuncha kalta bo'lib, bo'yi 40-60 sm ga teng. Tanasining qorintomoni yassilashgan. Qorin tomoni, tanasining ikki yoni va orqa tomonibo'ylab, 5 qator rombsimon suyak plastinkalar o'tadi. Bu plastinkalarganoid tangachalardan hosil bo'ladi. Boshi tumshuqqa o'xshash cho'ziqrostrumni hosil qiladi. Og'zi boshining ostki tomonida joylashgan. Dumsuzgichi geteroserkal, ustki bo'lagi ostkisiga nisbatan yirik. Juft suzgichlarigorizontal joylashgan.
Skeleti asosan tog'aydan iborat, lekin bosh skeleti yassi suyaklarbilan qoplangan. Ko'krak suzgichlari skeleti ham suyakdan tashkil topgan.O'q skeleti hayoti davomida saqlanib qoladigan xordadan, umurtqalariyuqori va pastki tog'ay yoylardan iborat. Umurtqalar tanasi bo'lmaydi.Ichagida spiral burmalar, yuragida arterial konus bo'ladi. Shunday qilib,osetrsimonlarda tog'ayli baliqlar uchun xos bir qancha belgilar saqlanibqoladi.uyak-tog'ayli baliqlarga bitta turkum — osetrsimonlar kiradi. Yirikosetrsimonlar (osetr, beluga) yirtqich bo'lib, boshqa baliqlar bilanoziqlanadi. Boshqa turlari (kurakburun, sevryuga, sterlyad) maydaumurtqasizlar bilan oziqlanadi. Ko'pchilik osetrsimonlar dengizlardayashaydi; daryolarga uvildiriq tashlaydi. Kurakburun, sterlyadlarni faqatdaryo va ko'llarda uchratish mumkin. Amudaryo va Sirdaryoda soxtakurakburunlilardan katta qilquyruq, kichik qilquyruq va filbo'yin (Sirdaryoqilquyrug'i) uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |