I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar formasini, o’quvchilarning o’quv qurollari bilan ta’minlanganliklarini va sinf tozaligini kuzatish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Baqaning ko`rish va eshitish organlari qanday tuzilgan?
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar tuxumlari qanday urug`lanadi?
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday rivojlanadi?
Suvda hamda quruqlikda yashovchilaming ko`payishi va rivojlanishining qaysi xususiyatlari baliqlarga o`xshaydi?
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday turkumlarga ajratiladi?
Suvda hamda quruqlikda yashovchilar qanday ahamiyatga ega?
III. Yangi mavzu bayoni:
a) yangi mavzuning nomlanishi: Sudralib yuruvchilarning tashqi tuzilishi hamda xilma-xilligini o‘rganish
b) yangi mavzu rejasi:
1) Sudralib yuruvchilarning tashqi tuzilishi va ekologiyasi.
2) Tangachalilar, toshbaqalar, timsohlar turkumlari.
d) yangi mavzu bayon matni:
Sudralib yuruvchilar - haqiqiy quruqlikda yashovchi hayvonlar.
Terisi quruq, nafas olishda ishtirok etmayi. Tuxumini quruqlikka qo`yadi. O`pka orqali nafas oladi. Bu sinf tangachalilar, toshbaqalar, timsohlar turkumlariga ajratiladi.
Sudralib yuruvchilar ildam kaltakesak misolida o`rganiladi.
Yashash muhiti va tashqi tuzilishi. Ildam kaltakesak 0`rta Osiyoning cho`l va tog`oldi mintaqalarida tarqalgan. Terisi kulrang yoki yashil-kulrang tusda bo`lganligi tufayli uni o`tlar orasida yirtqich hayvonlar yaxshi payqamaydi. Ular juft-juft bo`lib yashaydi, turli hasharotlar bilan oziqlanadi.
Ildam kaltakesakning uzunligi dumi bilan birga 15 - 20 sm ga yetadi. Konussimon boshi harakatchan, qisqa bo`yni orqali tanasiga birikkan. Tumshug`ining uchida `Ucila burun teshigi, undan orqaroqda - boshining ikki yonida ko`zlari joylashgan. Ko`zida yuqori va pastki qovoqlari bilan birga yupqa pardaga o`xshash pirpiraydigan uchinchi qovog`i ham bo`ladi. Dam-badam ochilib va yopilib turadigan bu uchinchi qovoq kaltakesak ko`zini doimo namlab turadi. Ko`zlaridan orqaroqda joylashgan doirasimon nog`ora parda tashqi quloq hisoblanadi. Kaltakesak juda yaxshi eshitadi. Hatto hasharotlar o`rmalayotganda chiqadigan tovushni ham sezadi. Kaltakesakning tili - tuyg`u organi: u uzun ayri tilini tez-tez chiqarib, atrofidagi narsalarni bilib oladi
Kaltakesakning oyoqlarida 5 tadan panjasi bo`ladi. Oyoqlar tanaga ikki yon tomondan birikkan bo`lganidan tanasini dast ko`tarib turolmaydi. Shuning uchun harakatlanayotgan kaltakesakning qorni yerda sudraladi; dumi yurishga yordam beradi.
Kaltakesakning quruq terisi muguz tangachalar bilan qoplangan. Tangachalar kaltakesak tumshug`i va qornining ostida yirik qalqonsimon plastinkalarni, barmoqlari uchida esa o`tkir muguz tirnoqlami hosil qiladi. Bunday qalinmuguzli teri hayvonning o`sishiga xalaqit beradi. Shuning uchun barcha sudralib yuruvchilar singari kaltakesaklar ham faqat tullash davrida o`sadi. Yoz mavsumida kaltakesak 4-5 marta tullaydi. Tullaganida uning eski terisi parcha-parcha bo lib ko`chib tushib, o`rniga yangisi hosil bo`ladi. Kaltakesak tanasi yangi teri qotguncha o`saveradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |