Oyoqsizlar turkumi.Gavdasi chuvalchangsimon shaklda bo`lib, Janubiyva Markaziy Amerika, Afrika va Janubiy Osiyoning o`ta nam tropik mintaqalari tuprog`ida yashaydi. 170 ga yaqin turi ma`lum. Tuproqdayashashi tufayli tanasi juda o`zgargan; oyoqlari reduksiyaga uchragan;boshi konussimon shaklga ega bo`lgan. Tropik iqlimda tarqalganchervagalarning tashqi ko`rinishi yomg`ir chuvalchangiga o`xshaydi,ko`zlari teri ostida bo`ladi. Urug`lanishi ichki.
Dumsizlar turkumi.Dumsizlarga baqalar va qurbaqalar kiradi. Ularninggavdasi kalta, keng va yassilashgan bo`lib, voyaga yetgan davridadumi bo`lmaydi. Orqa oyoqlari oldingisiga nisbatan uzun va baquvvatbo`ladi. Shuning uchun ular sakrab harakatlanadi. Tuxumlari suvdaurug`lanadi. 3500 ga yaqin turi bor. Bizning mamlakatimizda 2 turi: ko`lbaqasi va yashil qurbaqa uchraydi.Baqa va qurbaqaning tashqi ko`rinishi o`xshash bo`lishiga qaramasdan,biri ikkinchisidan katta farq qiladi. Baqaning terisi silliq, shilimshiq moddabilan qoplangan, orqa oyoqlari oldingisiga nisbatan kuchli rivojlangan(uzun); yerda sakrab harakatlanadi; og`iz bo`shlig`ida mayda tishlari bo`ladi.Baqalar suv bo`yidan uzoqqa ketmaydi; kunduz kunlari va kechqurunfaol hayot kechirishadi. Ular tuxumlarini suvga to`p qilib qo`yadi.Tuxumlar suv yuzasida qalqib yuradi. Bahorda ko`payish davrida erkakbaqalar vaqillagan ovoz chiqarib sayraydi. Baqalar haqiqiy baqalaroilasiga kiradi.
Qurbaqalarning terisi birmuncha quruq va dag`alroq sirti qismanmuguzlashgan. Orqa oyoqlari baqalarnikiga nisbatan kaltaroq bo`lganidanyerda qisqa-qisqa sakrab yoki qadamlab yuradi. Qurbaqalarning og`izbo`shlig`ida tishlari bo`lmaydi. Ular qurg`oqchilikka baqalarga nisbatanchidamli. Qurbaqalar suv havzalari bilan nisbatan kam bog`langanbo`lganidan dasht va sahrolarda ham uchraydi. Ular kechasi faol hayotkechiradi, kunduz kunlari nam va salqin joylarga yashirinib oladi. Tuxumlarinioqmaydigan suvlarga marjon shodasiga o`xshash tizim qilib qo`yadi.
Yoz kunlari kechqurun va kechasi ularning cho`ziq qurillagan ovozinideyarli hamma joyda eshitish mumkin. Yashil qurbaqa terisida sassiq hidlimodda ishlab chiqaradigan bezlar bo`ladi. Havf tug`ilganida qurbaqa anashu bezlaridan sassiq hidli modda chiqaradi. Shuning uchun yirtqichhayvonlar qurbaqaga tegmaydi. Yashil qurbaqa va oddiy qurbaqaqurbaqalar oilasiga kiradi.Dumsizlar turkumi vakillari, ayniqsa qurbaqalar ekinlarga zararyetkazadigan qo`ng`izlar, shiliqqurtlarni qirib qishloq xo`jaligiga kattafoyda keltiradi.Bundan tashqari ulardan laboratoriya hayvonlari sifatidailmiy tadqiqotlarda foydalaniladi. Ayrim mamlakatlarda (Fransiya, Filippin)
baqa go`shtidan tansiq taom tayyorlanadi.