d) yangi mavzu bayon matni:
Zamburug`larning vegetativ tanasi ildiz, poya va barglaiga bo`linmagan. Ular ham sporalar bilan ko`payadi. Zamburug` hujayralarida plastidalar va xlorofill bo`lmaydi. Ularning hujayrasi qobiq, protoplazma va mag`izdan iborat. Zamburug`lar xuddi bakteriyalarga o`xshash tayyor organik moddalar bilan saprofit yoki parazit holda oziqlanadi.
Po`panak zamburug`i oziqlanish usuli jihatidan xuddi bakteriyalar singari, saprofit oziqlanadi. Shuning uchun ham uning hayoti uchun yorug`likning hojati yo`q. U qorong`ida ham yashay oladi, lekin namlik va issiqlik bo`lmasa yashay olmaydi.
Mahsulotlar mog`orlamasligi uchun sovutgichlarda saqlanadi.
Mog`or zamburug`lari orasida foydalilari ham bor. Ulaming ba`zilaridan (masalan, penitsill zamburug`idan) qimmatli dori — penitsillin olinadi. Boshqa mog`or zamburug`larida o`simlik va hayvonlarning o`sishini tezlatishga, chorva mollarining mahsuldorligini oshirishga yordam beradigan moddalar bor. Ana shu moddalar mol va parranda ovqatiga qo`shib berilsa, buzoqlar va jo`jalar tez o`sadi.
Shunday qilib, zamburug`laming o`sishi uchun harorat, namlik va oziq zarur. Qulay sharoitda ular vegetativ (jinssiz) yo`l bilan ko`payadi
Lishayniklar zamburug`lar bilan suvo`tlarning o`zaro birgalashib (simbioz holda) yashashidan hosil bo`lgan organizmlardir. Ular har qanday sharoitda o`sishga moslashgan. Yer yuzida ulaming 26OOO dan ortiq turi mavjud.
Lishayniklar tabiatda juda keng tarqalgan. Chunonchi qoyalarda, toshlarda, unumsiz tuproqlarda daraxtlar po`stlog`ida, shuningdek, turli joylarda o`suvchi va yuksak o`simliklarning o`sishi uchun zamin tayyorlovchi o`sim- liklardir. Ulaming tanasi ham organlarga bo`linmagan.
Tog` va cho`llarda ko`pincha yopishqoq lishayniklar o`sadi. Agar lishaynik tanasidan kesib olingan yupqa kesma mikroskop ostiga qo`yib qaralsa, uning chigallashib ketgan plardan tashkil topganligi ko`rinadi. Bu zambumg`ning vegetativ tanasi (mitseliysi)dir. Ip chigallari orasida och-yashil sharga o`xahash hujayralar borligi ko`rinadi. Bular bir hujayrali suvo`tlardir. Shunday qilib, bitta lishaynik organizmida ikkita o`simlik: zamburug1 bilan suvo`t birgalikda yashaydi.
Lishaynikdagi zamburug mitseliysi yomg`ir paytida suvni shimib olib, uni uzoq saqlaydi. Undan tashqari, mitseliy o`zining iplari orqali toshlar yuzidagi suvda erigan mineral tuzlami ham so`rib oladi. Suvo`tlar esa zamburug4 mitseliysi yig`ib qo`ygan suvni va havodan karbonat angidrid gazini oladi, ulardan esa yorug`lik ta`sirida organik moddalar hosil bo`ladi. Bu organik moddalar bilan zamburug’ hujayralari oziqlanadi.
Lishayniklar asosan sporalar va vegetativ yo`l, ya`ni o`z tanasining bo`linishi bilan ko`payadi.
Tabiatda yopishqoq lishayniklardan tashqari yana bargsimon va shoxli (butasimon) lishayniklar ham bor.Bargsimon lishayniklaming tanasi bargga o`xshash yassi, pastki tomonining o`rtasi bilan jismga yopishgan. Shoxli lishayniklaming tanasi shoxlangan, jismdan ko`- tarilib yoki osilib turadi. Qanday lishaynik bo`lishidan qat`i nazar, ulaming tabiatda va xalq xo`jaligida ahamiyati katta.
Undan tashqari lishayniklar tuproq paydo bo`lishida ishtirok etadi, chunki ulaming faoliyati natijasida vujudga keladigan kislotalar har qanday toshlami va tog` jinslarini nuratib, maydalab tuproqqa aylantiradi. Shimolda, tundrada bug`u lishaynigi o`sadi. Shoxli (butasimon) lishayniklar qatoriga kiradigan bu kulrang lishaynik bug1 ulaming asosiy ozig`idir.
Lishayniklaming ko`p turlaridan dori-darmonlar, shu- ningdek, har xil atir va sovunlar tayyorlash uchun zamr bo`lgan xushbo`y moddalar olinadi.
Lishayniklar atmosfera havosining tozaligini ko`rsatib turadigan mezondir: shahar havosi sanoat gazlari bilan qanchalik ko`p ifloslangan bo`lsa, daraxtlaming po`stlog`ida lishayniklar shunchalik kam bo`ladi.
Shunday qilib, lishayniklar simbioz organizmlar bo`lib, tabiatda juda keng tarqalgan U tuproqning paydo bo`lish jarayonida alohida o`rinni egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |