I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar formasini, o’quvchilarning o’quv qurollari bilan ta’minlanganliklarini va sinf tozaligini kuzatish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
Mustaqil bajarish uchun topshiriqlar. Jadvalni to‘ldiring.
Quyosh spektrining tarkibiy qismlari
|
Hayvonlar uchun
ahamiyati
|
0‘simliklar uchun
ahamiyati
|
Ultrabinafsha nurlar
|
|
|
Ko‘rinadigan nurlar
|
|
|
Infraqizil nurlar
|
|
|
III. Yangi mavzu bayoni:
a) yangi mavzuning nomlanishi: Organizmlarning boshqarilishi. O‘simliklarning ta’sirlanishi. Taksis, tropizm, nastiya. O‘simliklarning o‘z-o‘zini idora etishi. Fotoperiodizm.
b) yangi mavzu rejasi:
1) Organizmlarning boshqarilishi. O‘simliklarning ta’sirlanishi. Taksis, tropizm, nastiya.
2) O‘simliklarning o‘z-o‘zini idora etishi. Fotoperiodizm.
d) yangi mavzu bayon matni:
0‘simliklar yorug‘lik ta’sirida organlaming fazoda joylashuvini o‘zgartirish xususiyatini, ya’ni fototropizm va fotonastiya hodisalarini namoyon qiladi.
yorug‘lik tomonga o‘sish orqali amalga oshadigan harakatlari sanaladi. Masalan, o‘simlik novdasi yorug‘lik tushadigan tomonga burilib o‘sadi.
Fotonastiya - sutkaning yorug‘ va qorong‘i vaqtining almashinishi bilan bog‘liq harakatlar ko‘rinishida namoyon boiadi. Masalan, ba’zi o‘simliklaming gullari yorug‘da ochiladi, kun botganda esa yopiladi (lola, qoqio‘t), boshqa bir o‘simliklaming gullari esa aksincha, kun botganda ochiladi, tongda yopiladi (namozshomgul).
Erkin harakatlanadigan sodda hayvonlar, bir hujayrali tuban o‘simliklaming yorug‘lik ta’siri yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanishi fototaksis deyiladi.
Hayvonlar uchun yorug‘lik ahamiyatga ega. Kunduzgi hayvonlar ko‘rinadigan nurlar yordamida oziq izlaydi, yashash uchun qulay joy axtaradi. Ko‘pchilik hayvonlar yorug‘lik spektri tarkibini farqlaydi, ya’ni rangli ko‘rish xususiyatiga ega. Masalan, gullaming yorqin rangi ulami changlatadigan hasharotlami o‘ziga jalb qiladi. Tungi hayvonlar (boyqush, ukki) qorong‘ida ham bemalol harakatlanadi, ov qiladi. Tuproqda, g‘orlarda, dengiz va okeanlar tubida yashovchi hayvonlar hayotiy faoliyati uchun yorug‘lik muhim omil hisoblanmaydi. Bunday hayvonlar yorug‘lik yetarli bo‘lmagan muhitda yashashga moslashgan. Qushlaming qishlash joylariga migratsiyasi uchun ham kun uzunligining qisqarishi signal bo‘lib xizmat qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |