I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar formasini, o’quvchilarning o’quv qurollari bilan ta’minlanganliklarini va sinf tozaligini kuzatish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
1.Poya bargli yo`sinlarning qancha turi bor?, ularga misollar keltiring.
2.Funariya yo`sini necha uyli o`simlik hisoblanadi?
3.Qirqquloqlarning yer yuzida qancha turi bor?
4.Qirqbo`g`imlarning yer yuzida qancha turi bor?
5.Qirqquloq va qirqbo`g`imlarning o`xshashlik va farqlarini sanang.
III. Yangi mavzu bayoni:
a) yangi mavzuning nomlanishi: Yo‘sin, qirqbo‘g‘im va qirqquloqlar va ochiq urug‘li o‘simliklarning xilma-xilligi, tuzilishi va hayot siklini o‘rganish.
b) yangi mavzu rejasi:
1) Ochiq urug`lilarga xos xususiyatlar
2) Sporali o`simliklarga xos asosiy belgilar.
d) yangi mavzu bayon matni:
Funariya yo`sinining ko`payish usuli ancha murakkab. Poyasining uchidagi ko`p hujayrali jinsiy a`zolarda — anteridiylarda ko`p miqdorda ikki xivchinli harakatchan jinsiy hujayralar (spermatozoidlar) hosil boiadi.
Urg`ochisin ng jinsiy a`zolari -arxegoniylarkolba shaklida boiadi. Har bir arxegoniyda bittadan tuxum hujayra hosil boiadi. Bahorgi yog`ingarchilik paytida, yo`sinlaming ustini suv bosib, anteridiy va arxegoniylarning uchi ochiladi Spermatozoidlar anteridiydan suvga chiqadi, xivchinlari orqali harakat qilib, arxegoniylar ichiga kiradi va ularning ichidagi tuxum hujayra bilan qo`shilib zigotahosil qiladi. Oradan ozgina vaqt o`tgach, zigota o`sib qisqa bandli, ichida sporalar hosil bo`ladigan ko`sakcha - sporangiyga aylanadi. Sporalar yetilgandan so`ng to`kiladi va tarqaladi.
Nam tuproqqa tushgan spora o`sib, ko`p hujayrali, shox-langan, ingichka yashil iplarni beradi. Ip shoxlarida kurtaklar paydo bo`ladi. Har bir kurtakdan esa yangi funariya yo`sini o`sib chiqadi.
Funariya turkumiga 200 ga yaqin tur kiradi. Funariya jinssiz va jinsi:y bo`g`inlarning gallanishi yo`li bilan ко`payadi. Shunday qilib, zigotadan jinssiz bo`g`in boshlanadi. U sporangiy bandi, sporangiy va uning ichidagi sporalardan iborat. Yo`smlar yuksak o`simliklanrng tubani hisoblanadi.
Dala qirqbo`g`imi ildizpoyali ko`p yillik o`t boiib, daryo, kanal va ariqlar bo`yidagi semam yerlarda, zovurlar yoqasida, buloqlar atrofida, marzalarda o`sadi. Uning poyasi, shoxlari serqirra va bo`g`imlarga bo`lingan. Shuning uchun ham unga qirqbo`g`im deb nom berilgan. Bo`g`im oraliqlan ning ichi kovak. Uning shoxlari faqat poya bo`g`imlaridan chiqadi va bo`gimlarda halqa hosil qilib joylashadi. Barglari mayda bo`lib, poya va shoxlardagi bo`g`imlarda halqa hosil qilib o`rnashgan. Dala qirqbo`g`im poyasi va shoxlarining uchida spora beruvchi boshoq hosil boiadi. Ularda sporofillar (shakli o`zgargan barg) halqa hosil qilib o`mashadi. Sporafillaming ostki tomonida 6—8 ta sporangiy joylashgan. Sporangiyda esa sporalar yetiladi. Erta bahorda dala qirqbo`g`imining ildizpoyasidagi kurtaklardan poya o`sib chiqadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |