I. Tashkiliy qism: Salomlashish, davomatni aniqlash, o’quvchilar formasini, o’quvchilarning o’quv qurollari bilan ta’minlanganliklarini va sinf tozaligini kuzatish.
II. O’tilgan mavzuni takrorlash:
1.Poya bargli yo`sinlarning qancha turi bor?, ularga misollar keltiring.
2.Funariya yo`sini necha uyli o`simlik hisoblanadi?
3.Qirqquloqlarning yer yuzida qancha turi bor?
4.Qirqbo`g`imlarning yer yuzida qancha turi bor?
5.Qirqquloq va qirqbo`g`imlarning o`xshashlik va farqlarini sanang.
III. Yangi mavzu bayoni:
a) yangi mavzuning nomlanishi: Urug‘li o‘simliklar: ochiq urug‘li o‘simliklar bo‘limi va yopiq urug‘li o‘simliklar bo‘limi. O‘simliklar dunyosi filogenezi
b) yangi mavzu rejasi:
1) Ochiq urug`lilarga xos xususiyatlar
2) Gulli (yopiq urug`li) o`simliklar.Gulli o`simliklarning yer yuzida hukmronlik qilishi. Bir va ikki urug`pallaii o`simliklarga xos asosiy belgilar.
3) O’simliklar filogenezi
d) yangi mavzu bayon matni:
Yer yuzida ochiq urug‘li o‘simliklaming 700 ga yaqin turi borligi aniqlangan. Shulardan 18 turkumga mansub 40 ta turi 0‘zbekiston hududida uchraydi.
Ochiq urug‘li o‘simliklar bo‘limi daraxt va butalardan tashkil topgan. Ular urug‘laridan ko‘payadi.
Ochiq urug'li o‘simliklaming urug‘lari gulli o'simliklarnikiga o‘xshash meva ichida yopiq holda emas, balki maxsus qubbalarda ochiq holda yetishadi. Shuning uchun ham ular ochiq urug'Ii o'simliklar deyiladi. Archa bo‘yi 20 m gacha yetadigan, doimo yashil daraxtdir.Tog‘larning 3500—4500 m balandlikdagi yon- bag‘irlarida, sovuq va doimiy shamol ta’sirida archaning yer bag‘irlab o‘sishga moslashgan turlari ham uch Archaning barglari juda mayda, yashil rangli, tangachasimon.
Archa juda sekin o‘sadi. Urug‘idan unib chiqqan archaning katta daraxt bo‘lib yetishishi uchun 100 yildan ortiq vaqt kerak. Archa ming yil va hatto undan ham ortiqroq yashaydi. Archa ikki uyli o‘simlik.
Archaning urug‘chi qubbalari urug‘langandan keyin ikkinchi yoki uchinchi yilda pishadi.Archa tog‘ning yuqori qismidagi toshloq va tuproqli yonbag'irlarda, suv ayirgichlar, daralar ichida o‘sib. o‘ziga xos o‘rmonlar — archazorlar hosil qiladi. O‘rta Osiyoda archaning 7 ta yowoyi turi o‘sadi, bulardan uchtasi (Zarafshon archasi, Turkiston archasi va saur archa). U O‘zbekiston tog‘larida katta-kichik archazorlar hosil qiladi. Bundan tashqari, shahar ko‘chalarida, maydonlarida, xiyobonlarda va istirohat bog‘larida manzarali daraxt sifatida Virgin archasi ekiladi. Virgin archasining vatani Shimoliy Amerika.Manzarali o‘simliklar qatorida archadoshlar oilasiga mansub daraxtlardan yana biri Sharq sauri ekiladi. U tana va baigining tuziiishi bilan archaga o‘xshaydi, lekin yosh novdalaming o‘ziga xos shoxlanishi va pishgan qubbalarining notekis choklar orqali ochilishi bilan archalardan farq qiladi.
Qarag'ay turkumi qarag'aydoshlar oilasiga mansub bo`lib, yer yuzida turkumning 100 ga yaqin turi o‘sadi. Ular asosan Shimoliv Yarimsharda tarqalgan. Yevropa, Osivo va Anerikada katta-katta mavdonlarda qarag‘ay o‘rmonlari maviud.
О zbekistonda qarag`aylar tabiiy holda o‘smaydi. Lekin ulaming 10 ga yaqin turi O‘zbekistonda eng yaxshi xushmanzara va yog‘ochbop o'simlik sifatida ekib o‘stiriladi. Qarag‘aylardan eng keng tarqalgani oddiy qarag‘ay hisoblanadi. 0‘zbekiston sharoitida uning balandl gi 10—20 m oraIig‘ida boiadi.
Oddiy qarag‘ay bir uyli yorug‘sevar, doimo yashil daraxt. Tanasi qizgish-qo‘ng‘ir, shox-shabbasi o‘sish sharoitiga qarab turlicha boiadi. Ochiq joylarda o‘sgan tuplari juda ham sershox va salobatli boiadi.
Barglari novdalarda 2 tadan boiib o‘mashgan, uzunligi 5—7 sm, och yashil rangli. Oddiy qarag ay urug‘idan yaxsh o'sadi.
Qarag‘aylar o‘rta hisobda 200—400 yil yashaydi.
0‘zbekistonda qarag‘aylar qishloq va shaharlarimizni ko‘kalamzorlatirishda ko‘plab ekiladi. Ular tez o‘sadigan sifatli yog‘ochbop o‘simlik bo‘lishi bilan bir qatorda dorivorlik xususiyatga ham ega. Bulardan tashqari qarag‘aylardan oliy nav qog‘ozlar tayyorlashda va texnik spirtlar olishda foydalaniladi
Hozirgi vaqtda Yer sharini qoplagan o`simliklaming asosiy qismini yopiq urug`li o`simliklar tashkil qiladi.
Yopiq urug`lilar o`simliklar olamining boshqa guruhlariga qaraganda har taraflama, ancha murakkab tuzilgan. Ular gulli o`simliklardir. Haqiqiy gulesa yopiq urug`lilardan boshqa o`simlik guruhlarining hech birida bo`lmaydi. Haqiqiy gul gulqo`rg`on, changchi va urug`chidan tashkil topgan.
Yopiq urug`li o`simliklarda urugkurtak ochiq urug`lilardagiga o`xshash qubba tangachalari ustida ochiq holda emas, balki urug`chining tugunchasiichida, tuguncha devori bilan o`ralgan holda yetishadi.
Changlanish va urug`lanishdan so`ng urug`kurtakdan urug`, tugunchadan esa meva hosil bo`ladi. Demak, yopiq urug`lilaming urug`i mevaichida yetishadi. Shuning uchun ham bu o`simliklar yopiq urug`lilar deb ataladi. Tugunchalar ichida yetiladigan urug`kurtaklar va meva ichida rivojlanadigan urug`lar muhitining noqulay sharoitidan: sovuq va ortiqcha issiqdan, qurg`oqchilik va ortiqcha namlikdan, zararkunanda va kasalliklardan yaxsh-roq himoyalangan bo`ladi.
Bu bo`limga xos eng muhim belgilardan biriqo`sh urug`lanishdir.
Yopiq urug`li o`simliklar urug`ining yaxshi, sog`lom rivojlanishi, tez va oson tarqalishi va o`sish xususiyatini tez yo`qotmasligi tufayli o`simliklar olamida asta-sekin hukmronlik qila boshlagan.
Yopiq urug`li o`simliklaming ichki tuzilishi ham ancha murakkab. Masalan, ulaming ildiz, poya va barglaridagi o`tkazuvchi to`qimalari uzun, yog`ochlangan o`lik hujayralardan tashkil topgan naychalardan iborat.
Yopiq urug`li o`simliklamnig hayotiy shakllari har xil. Ular ichida bir yillik, ikki yillik, ko`p yillik, chalabutalar, buta va daraxtlar mavjud.
Hozirgi vaqtda fanga yopiq urug`li o`simliklaming 250 000 dan ortiq turi ma`lum. Bu boshqa barcha o`simlik guruhlari turlarining umumiy soniga teng demakdir.
Odamlar qadim zamonlardan beri osimliklardan yem- xashak, oziq-ovqat sifatida bo`yoqbop, dorivor va ziravor osimlik sifatida foydalanib kelganlar. O`rta Osiyo olimlari Ibn Sino va Al Beruniy bundan deyarli ming yil ilgari o`zlarining tibbiyotga doir mashhur asarlarida yopiq urug`lilarga oid juda ko`p dorivor o`simliklar haqida ma`lumot keltirganlar.
Madaniy o`simliklaming ко`pchiligi yopiq urug`li o`simliklarga kiradi.
Yopiq urug`li o`simliklar katta ikki sinfga — ikki urugpallalilar va bir urug`pallalilar sinfiga bo`linadi. Bu sinflar oLrtasidagi farq asosar quyidagi belgilar bilan aniqlanadi:
Bir va ikki urug`pallali o`simliklarning asosiy farqlari.
Ikki urug`pallalilar
Murtagi ikki urug`pallali. Unayotgan o`simlik tuproqdan ikkita urug`pallabarg bilan chiqadi.
Murtak ildizchasidan hosil bo`lgan asosiy ildiz uzoq muddat yoki o`simlik hayotining oxirigacha saqlanib qoladi.
Barg yaprog`i fomirlangan (patsimon yoki panjasimon).
Poyasi kambiyli, yo`g`onlasha oladi.
Ko pincha gulqo`rg`oni murakkab gulkosachabarg va gultojbarglari halqada 4—5 tadan o`rnashgan.
Bir urug`pallalilar
Murtagi faqat bitta urug`pallali. Unayotgan o`simlikda bitta urug`pallabarg bo`lib, u yer ostida qoladi.
Murtak ildizchasidan hosil bo`lgan asosiy ildiz tezda nobud bo`ladi, uning o`mini esa murtak poyasidan o`sib chiqqan bir to`p qo shimcha ildizlar egallaydi.
Barg yaprog`i yoysimon yoki parallel tomirlangan.
Poyasi kambiysiz, yo`g`onlasha olmaydi.
Gulqo`rg`oni oddiy, guitojbarglar halqada 3 tadan o`rnashgan.
O`zbekiston hududida 4500 ga yaqin yopiq urug`li o`simliklar o`sadi. Shulardan 3700 ga yaqini ikki urug`pallalilar sinfiga, 800 ga yaqini esa bir urug`pallalilar sinfiga kiradi.
Shunday qilib, yopiq urug`li o`simliklarga gul, meva va urug`ga ega bo`lgan o`t, yarimbuta, buta va daraxtlar kiradi. Bu bo`lim ikki urug`pallali va bir urug`pallali o`simliklar sinfiga bo`linadi.
O'simliklar filogenezi deyilganda, bir hujayrali suvo'tlaridan to gulli o'simliklarning paydo bo'lishi va tarixiy rivojlanishi tushuniladi.
O'simlik - yaxlit organizm bo'lib, u bir-biri bilan uzviy bog'langan va yaxlitlikni hosil qilib, tuzilishi va bajaradigan funksiyalari orqali o'zaro munosabatda bo'ladigan organlardan iborat. Organlar - bu organizmning muayyan tuzilish, joylashish o'rniga ega va aniq vazifani bajaradigan qismi sanaladi.
Ma'lumki, yuksak o'simliklarning organlari ikki guruh: vegetativ organlar va generativ organlarga ajratiladi. O'simliklarning o'sishi va rivojlam'shini ta'minlaydigan organlar vegetativ organlar deyiladi. Ular vegetativ ko'pa-yish uchun ham xizmat qiladi. Vegetativ organlarga ildiz, barg, novda va ularning o'zgargan shakllari misol bo'ladi. Yuksak o'simliklarning vegetativ organlari uzoq davom etgan filogenez natijasida yuqori darajadagi tuzilish va funksiyaga ega bo'lgan.
Arxey erasining oxirlarida fotosintezni amalga oshira oladigan bakteriyalar va ko'k-yashil suvo'tlarining qadimgi vakillari bo'lgan sodda organizmlar vujudga kelgan. Ko'k-yashil suvo'tlarida sodir bo'ladigan fotosintez jarayoni atrof-muhimi kislorod bilan boyitgan.
Proterozoy erasida haqiqiy o'simliklar - yashil va qizil suvo'tlari vujudga kelgan. Yashil suvo'tlarida fotosintez jarayonining yuqori sur'atda amalga oshishi natijasida o'simliklar olamida suvli muhitda hukmronlikka ega bo'ldi. Proterozoy erasida hayot faqat suvda davom etgan. Bir hujayrali suvo'tlaridan ko'p hujayrali suvo'tlarining paydo bo'lishi o'simliklar olamida yirik aromorfozlardan bin sanaladi. Ko'p hujayrali suvo'tlari rizoidlari yordamida suv tubiga o'mashadi. Ular suvli muhitda qulay sharoit (harorat, issiqlik, yorug'lik, kislorod, har bir hujayrasida xloroplast) bo'lganligi, tabiiy tanlanish va yashash uchun kurashning ta'siri kuchh' bo'hnaganligi uchun ular arealining kengayishi kuzatilgan, lekin takomillashishga unchalik ehtiyoj bo'lmagan.
Suv havzalarida suv ko'lamining kamayishi ko'pgina suvo'tlarining quruqlikka chiqib qolishiga sabab bo'lgan, qirg'oqlarda bakteriyalar va mikroorganizmlar faoliyati natijasida tuproq hosil bo'lish jarayoni boshlangan.
Yuksak o'simliklarning ajdodlari bo'lgan bu qadimgi o'simliklar tabiatning noqulay sharoitiga uchragan. Suvo'tlarining quruqlikka chiqib qolishi munosabati bilan nafas olish uchun kerak bo'ladigan kislorod, fotosintez uchun zarur bo'ladigan karbonat angidridni havodan, suv va unda erigan mineral tuzlarni esa tuproqdan o'zlashtirishga to'g'ri kelgan. Shuningdek, qadimgi suvo'tlari duch kelgan yangi muhit bir xil omillarga ega bo'lmagan. Tabiatning o'simliklarga ko'rsatgan ta'siri natijasida ularda qurib qolishdan saqlanish, tuproqdan suv shimish, mexanik tayanchga ega bo'lish, sporalarni saqlash muamniolari vujudga kelgan.
Ma'lumki, tabiatning noqulay sharoitiga moslashgan organizmlar yashab qoladi, ko'payadi va rivojlanadi, moslashmaganlari qirilib ketadi.
Suvo'tlarining quruqlikda yashab qolishi ularning pastki qismi suv va unda erigan mineral tuzlarni shimishi uchun tuproqqa birikishi, yuqori qismi fotosintez jarayonini amalga oshirish kabi moslanishlarning paydo bo'lishi bilan bog'liq. Mazkur moslanish o'simliklarda ikkita asosiy vegetativ organ: ildiz va bargli novda - poyaning shakllanishiga zamin yaratdi.
O'simlik tanasida alohida vegetativ, ya'ni o'sish va rivojlanishni ta'minlaydigan organlarning vujudga kelishi ular tanasi tuzilishining tako-millashuvi va funksiyalarning taqsimlanishi, to'qimalarning murakkablashuvi juda uzoq davom etgan o'simliklar dunyosining evolutsiyasi sanaladi.
O'simliklarda dastlab himoya vazifasini bajaradigan, ularni qurib qolishdan saqlaydigan, mexanik ta'sirlanishning oldini oladigan qoplovchi to'qima vujudga kelgan.
O'simliklarning yerosti va yerusti qismlarining tashqi muhitdan hayot faoliyati uchun zarur bo'ladigan anorganik moddalar (mineral tuzlar, suv, karbonat angidrid), fotosintezda sintezlangan organik birikmalarni barcha huj ayralarga yetkazilishini ta' minlaydigan o 'tkazuvchi to’qimaning hosi1 bo'lishi ular hayotining davomiyligini ta'minlagan.
Havo muhitidagi shamol va boshqa mexanik ta'sirlarga barham berish imkoniyatini beradigan mexanik to'qimaning shakllanishi paleozoy erasining silur davrida dastlabki quruqlik o'simligi - psilofitlarning kelib chiqishiga sabab bo'ladi. O'simliklarning suvli muhitdan quruqlikka chiqishi va tabiatning noqulay sharoitiga moslashgan psilofitlarning paydo bo'lishi o'simliklar olamidagi yirik aromorfozlarning bin sanaladi. Shu bilan bir qatorda paleozoy erasining kembriy, ordovik va silur davrida okeanlarda suvo'tlari ham takomillashib borgan.
Paleozoy erasining devon davrida yo'sinlar, plaunlar, qirqbo'g'imlar, qirqquloqlar vujudga kelgan. Yo'sinlar rizoidlar, sodda tuzilishga ega poya va barglardan iborat. Ularning barglari fotosintezni amalga oshiradigan bir qavat hujayradan iboratligi va poyasida o'tkazuvchi to'qimaning bo'lmasligi ularning sodda tuzilishga ega ekanligini ko'rsatadi.
Qadimgi qirqbo'g'imlar, masalan, kalamitlaraing bo'yi 25 metrgacha yetgan, lekin perm davridan ular yoppasiga qirila boshlagan. Hozirgi qirqbo'g'imlar ko'p yillik o't o'simliklar bo'lib, ularning vegetativ organlari ildiz, poya va barglardan iborat. Barglari mayda, poya va shoxlaridagi bo'g'imlarda halqa hosil qilib o'rnashgan. Ular sporalari orqali ko'payishdan tashqari, ildizpoyalari orqali vegetativ ko'paygan.
Muhit ancha quruq bo'igan devon davriga nisbatan toshko'mir davrida havo ancha nam va issiq bo'lganligi sababli qirqquloqlarning rivojlanishi, ulkan qirqquloqlarning vujudga kelishiga zamin yaratilgan.
Qirqquloqlar poya-bargli yuksak o'simliklar bo'lib, ularning barglari yirik, uchi o'ralgan bo'lib, ostki tomonida yoki chetida qo'ng'ir rangli soruslar joylashgan. Qirqquloqlarning qoldiqlari kislorodsiz (anaerob) muhitga tushganligi, ya'ni chirituvchi bakteriyalar uchramaganligi sababli ularning tanasi chirimagan va toshko'mirga aylangan. Toshko'mir davrida quruqlikda ulkan qirqquloqlar, suvda suvo'tlar hukmron bo'lgan, psilofitlar qirilib ketgan, urug'li qirqquloqlar paydo bo'lgan. Urug'li qirqquloqlarda urug' barg chetlarida hosil bo'lganligi vegetativ va generativ organlar orasida filogenetik bog'lanishlar mavjudligini ko'rsatadi.
Toshko'mir davrida urug'li qirqquloqlardan boshqa ochiq urug'li o'simliklar paydo bo'la boshlaydi. Urug'li o'simliklarning paydo bo'lishi o'simliklar olamidagi yirik aromorfozlardan biri sanaladi.
Paleozoy erasining perm davridagi quruq va sovuq iqlim urug'li qirqquloqlarga va ulkan qirqquloqlarga salbiy ta'sir ko'rsatadi va ular qirilib ketadi. Ochiq urug'li o'simliklarning suvni kam bug'latishga moslashgan vakillari, plaunlar, qirqbo'g'imlar, qirqquloqlarning esa o't shakllari saqlanib qoladi.
Mezozoy erasining trias davri boshlangan paytda hozirgi ochiq urug'li o'simliklar hukmronlik qila boshlaydi. Qadimgi ochiq urug'lilardan kordait, bennetit kabilar qirilib ketgan, qarag'ay, kedr, pixta, velvichiya, sagovnik, gingko biloba kabi vakillari hozirda ham saqlanib qolgan. Mezozoy erasining yura davrida dastlabki yopiq urug'li o'simliklar paydo bo'ldi. Yopiq urug'li o'simliklarda idioadaptatsiya natijasida bir yillik, ikki yillik va ko'p yillik o't o'simliklar, chala buta va buta, daraxtlar vujudga kelgan. Ular orasida umumiy degeneratsiyaga uchragan parazit o'simliklar ham bor.
Yopiq urug'li o'simliklarda tayanch, zaxira to'plash vazifasini bajaradigan ildiz, poya, fotosintezni amalga oshiradigan barg singari morfologik, anatomik va fiziologik jihatdan takomillashgan vegetativ organlar mayjud.
Bo'r davrining o'ltalariga kelib o'simliklar olamida yopiq urug'li o * simliklarning hukrnronligi boshlangan. Yopiq urug' li o(simliklarning yuqori darajadagi evolutsion moslanishga egaligi Yer yuzida keng tarqalishi va rivojlanishining asosiy sabablaridan biri sanaladi.
Ekologik va genetik omillar (aneuploidiya, poliploidiya)ga asoslangan adaptiv reaksiyalar natijasida har xil ekologik muhitga moslashgan turlar vujudga kelgan.
Barcha o'simliklar uzoq tarixiy rivojlanish natijasida vujudga kelgan va biotsenozning asosiy tarkibiy qismi bo'Iib, undagi oziq zanjirining asosini tashkil etadi va amalga oshiriladigan fotosintez jarayoni natijasida havodagi karbonat angidrid miqdori me'yorlashadi, kislorodning miqdori ortadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |